Rio—2016 Olimpiadasi chempioni Hasanboy Do‘stmatov professional boksda debyut jangini o‘tkazadi.
Olamsport ma’lumotiga ko‘ra, Hasanboy 10-noyabr kuni Xitoyda debyut qiladi. Ushbu jangda Do‘stmatovga xitoylik De Bin Jou raqiblik qiladi.
Ta’kidlanishicha, Jou shu kunga qadar prof boksda beshta jang o‘tkazib, ularning uchtasida g‘alaba qozongan. Bitta jangda mag‘lub bo‘lgan bo‘lsa, yana bittasida durang qayd etilgan.
Bundan tashqari, Do‘stmatovning prof boksdagi ikkinchi jangi sanasi ham ma’lum — 30-noyabr. Mazkur jang esa Monako (Fransiya) da bo‘ladi. Hozircha ushbu jangda Hasanboyga kim raqib bo‘lishi aniq emas.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)