So‘nggi yangiliklar Asosiy yangiliklar Eng ko‘p o‘qilgan
O'zb
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng

Daryo.uz Daryo.uz

  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
So‘nggi yangiliklar
    • USD 12190.01
    • RUB 126.91
    • EUR 12987.24
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +21°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter

    Daryo logo white Daryo logo dark

    • Mahalliy
      • Mehridaryo
      • Boshqalar
    • Markaziy Osiyo
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
      • Afg'oniston
    • Dunyo
    • Pul
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
      • Biznes
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
    • Kolumnistlar
    • Multimedia

    Daryo.uz Daryo.uz

    Kitob

    Umri sayohatlarda o‘tayotgan avlod qissasi. Olga Tokarchuk nega adabiyot bo‘yicha Nobel mukofotini oldi?

    21.10.2019, 11:36 46409

    2018-yil uchun adabiyot bo‘yicha Nobel mukofoti polshalik adiba Olga Tokarchukka berildi (2018-yilda bu mukofot berilmay qolgani bois g‘olib bu yil e’lon qilindi).

    Tokarchukni tanqidchilar eng original zamonaviy yozuvchilardan biri sifatida ta’riflaydi. Shunga qaramay, u o‘zbek kitobxoniga deyarli tanish emas. Bu kamchilikni to‘ldirish maqsadida “Daryo” kolumnisti Nurbek Alimov Olga Tokarchukning “Yuguruvchilar” romani bilan tanishib chiqdi. Quyida uning roman haqida mulohazalarini taqdim etamiz.

    Bu asarni o‘tgan hafta o‘qib chiqdim. Polshalik ukrain millatiga mansub yozuvchi Olga Tokarchuk haqida 2018-yilda eshitgan edim. Birorta ham asarini o‘qimagan ekanman. Adabiyot bo‘yicha Nobel mukofoti 2018-yil uchun bu yozuvchiga topshirilgach, uning ijodiga qiziqish uyg‘ondi. “Yuguruvchilar” deb nomlangan asari diqqatimni tortdi, bunga sabab esa asarning yangi janrda yozilgani bo‘ldi.

    Asar haqida

    Olga Tokarchuk – zamonaviy Polshaning eng sevimli mualliflaridan biri. “Yuguruvchilar” romani unga mamlakatdagi eng nufuzli “Nika” adabiy mukofotini olib kelgan. “Yuguruvchilar” – dunyo bo‘ylab sayohat qilishning o‘ziga xos adabiy monografiyasi bo‘lib, fantastika bilan bog‘langan va qisqa hikoyalar, insho parchalari, sayohat qaydnomalari va boshqa qisqa fikrlar yordamida asar so‘ngida bir syujetni o‘z ichiga oladi. Bu asar haqida yaqqol tushunchaga ega bo‘lishni xohlasangiz, tasavvur qiling, buyuk o‘zbek adibi O‘tkir Hoshimovning “Daftar hoshiyasidagi bitiklar” kitobi, faqat o‘sha qisqa-qisqa fikrlar yig‘indisidan asarning murakkab syujeti kelib chiqadi.

    Foto: Google Photos

    Foto: Google Photos

    Bu – zamonaviy ko‘chmanchilar haqida yangi roman. Biror inson o‘z uyini tark etishiga olib keladigan ichki tashvishlar haqida qissa. Muayyan maqsad sari intilgan insonlar va o‘sha maqsad sari eltuvchi yo‘lning o‘zi maqsad bo‘lib chiqishi haqidagi asar. Asarda juda ko‘p falsafiy fikrlar, hayotdan ma’no izlashga intilishlar mavjud:

    Safarga ketayotib, xaritalardan g‘oyib bo‘laman. Qayerdaligimni hech kim bilmaydi. Men yo‘lni boshlagan nuqtadamanmi yoki men intilgan nuqtada? Qandaydir “o‘rta” bormi? Yoki men sharqqa parvoz paytida yo‘qolgan kunga va g‘arbga parvoz paytida kirib kelgan tunga o‘xshaymanmi? Kvant fizikasini gultojini tashkil etuvchi “zarra bir vaqtning o‘zida ikkita joyda mavjud bo‘lishi mumkin” qonuni menga tegishli emasmi? Yoki bizga hali noma’lum va isbotlanmagan yana bir narsa: bir joyda biz ikki marta mavjud bo‘lolmaymizmi?
    Olga Tokarchuk nasrining ekzistensial tajribasi va mavzusi Sharqiy Yevropa intellektuallarining yarim asrlik sotsializm merosini “tomchilab chiqarib tashlash”ga urinishi emas, aksincha bu tajribadan xalos bo‘lishdir.

    Asar syujeti juda murakkab bo‘lgani sababli uni qisqa syujeti haqida yozish mumkin emas, 116 ta fragmentdan iborat qisqa fikrlarda o‘quvchining o‘zi markaziy syujetni bilib oladi.

    Tahlil

    Asarning tuzilishi kitobning nomini ham, uning “dunyo xaritasi va vaqt oqimida doimiy harakatlanish” degan asosiy g‘oyasini ham birdek juda yaxshi ochib beradi. Biz butun syujetning parchalarini o‘qiymiz, uzoq vaqt davomida xuddi yugurib ketayotgan odam kabi syujetga chuqur kirib borish uchun uni o‘qishdan to‘xtamaymiz.

    Bu asar kaleydoskop kabi, hattoki uning o‘rtasini, keyin boshini, keyin oxirini yoki fragmentlarni tanlab o‘qisangiz ham o‘sha qisqa fikrlardan go‘zallik paydo bo‘laveradi va undan olam-olam zavq olishingiz mumkin. Bu – muallifning sayyoradagi va vaqt aro uch o‘lchovdagi sayohati.

    Kitob – hayotda doimo yugurib yuruvchilar haqida. Asar qahramoni Kunitskiyning xotini kabi, Annushka yoki kema harakati tufayli jarohatlardan vafot etgan 80 yoshli professor kabi yugurib yuruvchi insonlar haqida. Umuman olganda, muallif ta’kidlaganidek, agar siz betartib yurib ketayotgan olomonning oyoqlari harakatiga uzoq vaqt qarab tursangiz, bizning hayotimiz shunchaki yerdagi changni toptashdan iboratga o‘xshaydi, degan xulosaga kelasiz.

    Aslida bu kitob muallifning o‘z sayohatlari haqidagi xotiralari natijasidir. Mehmonxonalar va ularning mehmonlari, doimiy o‘zgarib turadigan “aholi”ga ega bo‘lgan aeroportlar, barchamiz haqidagi yozuvlardan iboratdir. Bu asarda hatto yashash joyi butun Yer sayyorasi bo‘lgan, zamonaviy hayot manbai – plastik paketlar uchun ham joy bor. Muallif natijasini har doim ham oldindan aytib bo‘lmaydigan xotiralarini biz bilan baham ko‘radi.

    Olga Tokarchuk go‘yoki vaqtni to‘xtatib qo‘yib, fikrlarni qog‘ozga tushirib borishni istaydigan odamday ko‘rinadi. Odam tug‘ilganidan keyinoq yuguruvchiga aylanadi. Qo‘lyozmalar yonmasa ham, odam tanasi osongina yo‘q bo‘lib ketishi mumkin. Lekin u o‘z hayoti davomida yugurib-yelib, o‘zidan faqatgina quruq tana qoldirmasligi kerak...

    Asardagi birinchi juda kichik hikoya o‘qilishi bilanoq o‘qish oson va qiziqarli bo‘lishi aniq bo‘ladi. Ushbu roman turli uzunlikdagi ko‘plab hikoyalardan va fikrlardan iborat, ularni tasodifiy tanlab, sayohat va hayot, aeroportlar va mehmonxonalar haqida yangi va qiziqarli narsalarni o‘rganishingiz mumkin. Ammo bir-biriga begona tuyulgan hikoyalarni bitta katta romanga yaxlit va jozibali qo‘shilishini kuzatib, ketma-ket o‘qigan ma’qul. Albatta, bu hikoyalardagi hamma narsa quvonchli va beg‘ubor emas, inson o‘lik tanasini yorib ko‘rilishining ta’riflari va inson a’zolarining ko‘rgazmasi ham mavjud, ammo bularning barchasi hikoyaga shunchalik uyg‘unlashganki, kitobni kechiktirish yoki bu hikoyalarni o‘qimaslik uchun sabab bo‘lmaydi.

    Foto: Google Photos

    Foto: Google Photos

    Bundan tashqari, kitobning o‘ziga xos stilistikasi alohida e’tibor talab etadi. Asar tili juda chiroyli, boy, taqqoslash va sinonimlarga boy. O‘qish nihoyatda yoqimli. Haqiqiy filologik hayajon. Agar siz diqqat bilan qarasangiz, kitob bir necha kishining hikoyasi emas, balki uning barcha qo‘rquvlari, yo‘qotishlari, kashfiyotlari va zavqlari bilan deyarli har qanday zamonaviy odamning portreti bo‘lib, uning asosiy maqsadi qanchalik g‘alati va hayratlanarli bo‘lmasin, harakatdir.

    Xulosa

    Adabiyot bo‘yicha Nobel mukofotini olgan Olga Tokarchuk Buker xalqaro mukofotiga nomzodlar ro‘yxatiga kiritilgan paytdan boshlab G‘arb o‘quvchilarining e’tiborini tortdi. Shuningdek, Tokarchuk kosmopolitligi, millatchilikka qarshi qarashlari bilan tanilgan va ba’zan shuning uchun haqoratlanadigan faol psixolog va aktivistdir. Uning keng doiradagi qiziqishlari bu asarida yaqqol namoyon bo‘ladi.

    Umuman olganda, asar fazo va vaqt orqali sayohat g‘oyasi bilan chambarchas bog‘liq. Bir joydan ikkinchisiga, bir fikrdan boshqasiga o‘tish bu diskursiv matnning diqqat markazini ham, uslubini ham aniqlaydi. Kunitskiy ismli odamning hikoyalaridan birida xotini va bolasi ta’tilda g‘oyib bo‘lib, birdan paydo bo‘ladi.

    Dastlabki hikoya qiluvchi harakatini birma-bir eslab, harakat orqali o‘ziga xos xotirani taklif etadi. Tokarchuk, shuningdek, sayohat va mustamlakachilikning “ekzotik” amaliyotlar bilan bog‘liqligini o‘rganadi. Irkutskdan Moskvaga parvoz qilganidagi meditatsiya kabi falsafiy fikrlar mavjud.

    Tokarchuk ajoyib yumor hissiga ham ega. Xullas, bu kitob klassik romanlarni o‘qib-o‘rgangan insonlarga yangilik, toza havoday tuyuladi. Nahotki romanni shunday janrda ham chiroyli qilib yozish mumkin deb o‘ylab qoladi odam. Men bu kitobni barcha yangilikka intiluvchi insonlarga o‘qib chiqishni tavsiya etaman. Badiiy kitoblar o‘qishda konservator bo‘lgan insonlarga yoqmasligi mumkinligini ham eslatib o‘taman.

    Iqtiboslar

    Silliqlik, harakatchanlik, xayolparastlik – madaniyatli odam bo‘lish degani. Varvarlar sayohat qilmaydi, ular faqat maqsadli yoki talonchilik qilish uchun boradi;

    Harakatni to‘xtatgan odam qotib qoladi, to‘xtagan odamni hasharot kabi yanchib tashlashadi, yuragi yog‘och va igna bilan teshiladi, qo‘llari va oyoqlarini teshib, ostonaga va peshtoqqa qoqib qo‘yishadi;

    Ishonchim komilki, biz borliqning boshqa tomonida ilohiy harakatlar orqali yaratilgan taqdirimizni tushunishimiz mumkin emas. Bu bizlarga, odamlar uchun qora va oq rangda ko‘rinadi. Xudo esa chap qo‘li bilan ko‘zgudagi aksda ko‘rinadigan qo‘lda va biz tushunmaydigan tilda yozadi;

    Tan olib istig‘for aytilgan gunoh kechirildi. Hikoya qilib aytib berilgan hayot behuda yashash degani emas. Gapirishni o‘rganmagan kishi esa abadiy tuzoqqa tushadi;

    Meni chet ellarda vatandoshlar bilan uchrashuv mamnun qilmaydi. Men o‘zimni o‘z ona tilimni tushunmayotganday tutaman. Anonimlikni xohlayman.

    Qiziqarli faktlar

    - Olga Tokarchuk polyak yozuvchilari ichida Nobel mukofotini olgan beshinchi yozuvchi bo‘ldi;

    - Olga Tokarchuk “Yashillar” partiyasining azosi va “Siyosiy tanqid” jurnalining muharrirlar kengashida faoliyat yuritadi;

    - Adibaning kasbi – psixoterapevt.

    Muallif fikri tahririyat nuqtai nazaridan farq qilishi mumkin.

    Mavzuga doir:

    “Ariqdagi suv qanday mazali! Barchasi rahbarimizning dono rahbarligi tufayli”. “Molxona” asari haqida

    Real fojiaga asoslangan shedevr. “Amerika fojiasi” haqida

    Jinoyat huquqi haqida o‘ylar. “Jinoyat va jazo” romani haqida

    Matonat – muvaffaqiyatga erishishning yagona yo‘li. “Martin Iden” romani haqida

    “Usta va Margarita” XX asrning eng buyuk romanimi?

    “Nihoyat u dengizda hech qachon yolg‘iz qolmasligini tushundi…” “Chol va dengiz” romani haqida

    “Davlat va vatan bitta narsa emas”. “G‘arbiy frontda o‘zgarish yo‘q” romani haqida

    Buyuk yozuvchining iqrori. “Iqrornoma” romani haqida

    Odamlar, bo‘rilar va gunohlar. “Qiyomat” romani haqida

    So‘zlar odamga o‘z fikrlarini yashirish uchun beriladi. “Qizil va qora” romani haqida

    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Namangan viloyatida bolalar zaharlangani yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

    Bugun, 11:48

    “Bolalar haqqiga qilinayotgan xiyonat”. Samarqanddagi bog‘chada bolalar ovqatidan go‘sht kam chiqqani aks etgan video bo‘yicha munosabat bildirildi

    Bugun, 11:12

    O‘zbekistonda 25-sentabr kuni qanday ob-havo bo‘ladi?

    Bugun, 10:27

    Toshkentda poyezd ustida selfi qilmoqchi bo‘lgan 18 yoshli yigitni tok urdi

    Bugun, 09:42

    Central Asian University (sobiq Akfa) universitetida mojaro yuz berdi

    Bugun, 09:03

    APL. “Manchester Siti” o‘zida “Nottingem Forest”ni mag‘lub etdi, “Manchester Yunayted” safarda minimal hisobda g‘alaba qozondi (video)

    Bugun, 02:15

    A Seriya. “Milan” Verona klubi ustidan minimal hisobda g‘alaba qozondi, “Yuventus” 6 ta gol urilgan o‘yinda mag‘lubiyatga uchradi (video)

    Bugun, 01:23

    Bundesliga. “Bavariya” raqib darvozasiga javobsiz 7 ta gol urdi, “Borussiya D” Roysning yagona goli evaziga “Volfsburg”ni mag‘lub etdi (video)

    Bugun, 01:06

    La Liga. “Barselona” “Selta”ga qarshi bahsda superkambek amalga oshirib, g‘alabani ilib ketdi (video)

    Kecha, 23:29

    Afg‘oniston Turkmaniston bilan yangi chegara postini qurmoqchi

    Kecha, 22:33

    Tavsiya etamiz

    “Birinchi raqamli davlat dushmani”: Atlantika uzra yolg‘iz parvoz, o‘lgan o‘g‘il uchun to‘lov va natsistlar qaramog‘iga tushgan afsonaviy uchuvchi — Charlz Lindber...

    22:00 / 23.09.2023

    “Kasallangan bolalarning 143 nafari tuzalgan”. Vazir o‘rinbosari Namangandagi zaharlangan bolalar soniga aniqlik kiritdi

    15:00 / 23.09.2023

    Bosh vazir iste’fosini talab qilayotganlar, sotuvga chiqqan iPhone 15, AQSHga kelayotgan rekord darajadagi migrantlar — 22-sentabr suratlari

    22:00 / 22.09.2023

    “Dok-1 Maks” ishi: 33 ming dollar oldi-berdisida vositachilik qilgani aytilgan ayblanuvchiga qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llandi

    15:00 / 22.09.2023

    MOLIYA

    Pul

    “Oltin vasvasasi”: Nima uchun Markaziy Osiyo davlatlari oltinga pul tikmoqda?

    17:00 / 22.09.2023

    Oltinga investitsiya kiritish ishonchlimi?

    20:00 / 21.09.2023

    O‘zbekiston uran qazib olish bo‘yicha dunyoda 5-o‘rinda. Asosiy ko‘rsatkichlar

    16:00 / 15.09.2023

    Mehnat daftarchasi yo‘qolsa, qanday qilib pensiyaga chiqish mumkinligi tushuntirildi

    14:00 / 09.09.2023

    Ko‘p o‘qilganlar

    O‘zbekistonliklar Germaniyaga 6 ta soha bo‘yicha ishga taklif qilinmoqda. Maosh — 2,4 ming yevro

    22:00 / 23.09.2023

    “Dori vositalari yoki ovqatdan zaharlanish emas” — Elmira Bositxonova Chustdagi voqea haqida

    13:00 / 23.09.2023

    Turkiyada o‘zbekistonlik ayol bo‘g‘izlab o‘ldirildi (video)

    12:00 / 23.09.2023

    Gretsiyada qo‘ylar 100 kilogramm nashani yeb qo‘ydi

    17:00 / 23.09.2023

    Saudiya Professional Ligasi. “An-Nassr” 7 ta gol urilgan o‘yinda “Al-Ahli” ustidan g‘alaba qozondi, Ronaldudan dubl (video)

    01:00 / 23.09.2023
    About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2023

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    Nimani qidiramiz?