Xorazm viloyati turizmni rivojlantirish departamenti, O‘zbekiston ekologik partiyasi Xorazm viloyat kengashi, Urganch davlat universiteti hamda Xorazm viloyat Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasi hamkorligida “Ekologik muammoni sayyohlik orqali yengamiz” shiori ostida yoshlar o‘rtasida “Eng yaxshi ekologik turpaket ishlab chiqish tanlovi”ga start berildi. Bu haqda viloyat turizmni rivojlantirish departamenti matbuot xizmati ma’lum qildi.
Tanlov davomida 30 nafar ishtirokchiga Ekopartiya viloyat kengashi tomonidan Qoraqalpog‘iston bo‘ylab ikki kunlik sayohat tashkil qilinadi. Tanlov g‘olibiga aylanadigan 10 kishiga tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash maqsadida bir qator qimmatbaho sovg‘alar taqdim etiladi.
Tanlov O‘zbekiston prezidentining “Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish sohasida davlat boshqaruvi tizimini takomillashtirish to‘g‘risida” 2017-yil 21-apreldagi PF-5024-son farmoni hamda boshqa hujjatlar ijrosini ta’minlash maqsadida tashkil qilindi.
Izoh (0)