• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12768.26
    • RUB162.63
    • EUR14400.04
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +19°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Dunyo

    Sharqiy Yevropa futbolidagi irqchilik qanday kelib chiqqan? Elizabet Uorren AQShning navbatdagi prezidenti bo‘ladimi? Jahon matbuoti sharhi

    “Daryo” o‘tayotgan haftada dunyo matbuotida keng yoritilgan, ko‘pchilikning qiziqishiga sabab bo‘lgan maqolalar sharhiga to‘xtalib o‘tadi.

    Iroqni qanday qutqarish mumkin?

    Iroq bosh vaziri sunniy musulmon jamoalari bilan til topisha oldi, kurdlar bilan kelishdi, ammo bu hali hammasi emas. Bosh vazir iqtisodiyotni iziga tushira olmayotgani iroqliklarning norozilik chiqishlariga sabab bo‘lmoqda, deb yozadi The New York Times nashri.

    Foto: AP

    Foto: AP

    Bir necha yildan beri boshqaruv elitasining ishsizlik ko‘lami va avj olgan korrupsion tizimlarga chora topa olmayotganidan iroqliklar sabr kosasi to‘lib, norozilik  namoyishi o‘tkazdi. Iroqda o‘tgan haftadan beri tinmayotgan norozilik namoyishlarida Bag‘dod va mamlakatning janubiy qismlarida istiqomat qiluvchi o‘n minglab odamlar namoyishlarda qatnashmoqda. Namoyishlar chog‘ida 100 dan ortiq inson halok bo‘ldi yoki hibs etildi. Televideniye va radiostansiyalarga hujumlar uyushtirildi, internet tarmog‘i uzib qo‘yildi. Iroq bosh vaziri Odil Abdul Mahdi 2014-yilda IShIDchilar Mosulni bosib olgan davrdan beri mamlakatning asosiy siyosiy bo‘hronining oldini olish siyosatida muvaffaqiyatsizlikka uchradi. Norozilik namoyish tarafdorlarining fikrlariga ko‘ra, bosh vazir bor aybni o‘z zimmasiga olib, norozilik namoyishi ishtirokchilarining o‘limiga yo‘l qo‘ygan rasmiylarning tergov qilinishini ta’minlashi kerak.

    Namoyishchilar ish o‘rinlari yaratilishini, iroqlik rasmiylarning xalq oldidagi hisobdorligi ta’minlanishini talab qilmoqda ekan, bosh vazir iroqliklarning asosli talablarini amalga oshirishga va’da berdi va Iroq muammolarini hal qilishning mo‘jizaviy yo‘li yo‘qligini ham qo‘shimcha qildi.

    Iroq xalqi nazarida, bosh vazir oylik oshirish, qashshoq oilalarga eng kam ish haqi miqdoridagi moddiy yordam to‘lanishi va uy joy uchun imtiyozli kreditlar berishni yo‘lga qo‘yish siyosatida muvaffaqiyatsizlikka uchradi.

    Sobiq vitse-prezident va moliya vaziri Abdul Mahdi hokimiyat tepasiga 2018-yil oktabr oyida keldi. Uning hokimiyat tepasiga kelishida koalitsion hukumat bir ovozdan uning nomzodini bosh vazirllikka ko‘rsatishi natijasida yuz berdi. Shia jamoalarida nufuzga ega bo‘lgan bosh vazir murosasozlik siyosati bilan mashhur va oldingi yetakchilardan dogmatizmdan yiroqligi bilan farq qiladi.

    Iroq siyosiy elitasida oxirgi 13 yil mobaynida bir diniy jamoani boshqasidan ustun qo‘yishga qaratilgan siyosat bartaraf etildi. Iroq parlamenti spikeri, sunniy jamoatining nufuzli namoyandasi Muhammad al-Holbusiyning so‘zlariga qaraganda, “bugungi Iroqda asosiy siyosiy maslak tashqi siyosat va iqtisodiyot bo‘ladi”.

    Abdul Mahdi bosh vazirligi davrida sunniy jamoalar siyosiy jarayonlarda ishtirok etishi ta’minlandi. Shuningdek, uning davrida rasmiy Bag‘dodning kurdlar bilan aloqalari tiklandi va ularga bosh vazir hukumatidan portfel egallashiga imkon berildi.

    Ijtimoiy barqarorlikka erishilishiga, jamiyatda yoshlar miqdorining o‘sishi, ayrim iqtisodiy o‘sish ko‘rsatkichlariga qaramasdan, Iroq hukumati oldida katta portlash xavfi turibdi. Hozirgi kunda Iroqda 30 million aholi istiqomat qiladi va bu ko‘rsatkich bir necha o‘n yillikda 50 millionga yetishi taxmin qilinmoqda. Iroq aholisining 60 foizdan ko‘pi 24 yoshga yetmaganlarni tashkil etmoqda. Har yili 700 ming ish o‘rni yaratilishiga muhtojlik sezilmoqda. Ammo Iroqda infratuzilma mavjud emas, salohiyatli davlat boshqaruvi va xususiy sektordagi muammolar iroqliklarning talabiga javob bermaydi.

    Abdul Mahdi hukumati Germaniya bilan energetika tizimini isloh qilish borasida kelishuvga erishdi va qo‘shnilar bilan yaxshi munosabatlarni qayta tikladi. Ammo, shunga qaramasdan, Iroq hukumati murakkab muammolar qarshisida qolmoqda. 1980-yildan buyon Iroqning suv ta’minoti bilan bog‘liq muammolari 30 foizga qisqargan bo‘lsa, 2025-yilga borib suv muammolarining yuzaga kelishi 60 foizga o‘sishi kutilmoqda. Bu esa, o‘z navbatida, oziq-ovqat sanoati hamda elektr energiyasi ishlab chiqarilishiga salbiy ta’sir etadi.

    Iroq ayni paytda neft eksporti daromadlari bog‘liq mamlakat bo‘lib qolmoqda. Mamlakatning ta’lim tizimi bir vaqtlar a’lo darajadaligi bilan nom qozongan bo‘lsa, hozirda ayanchli ahvolda. Hukumat ta’lim tizimiga bor-yog’i 8 foiz budjet ajratmalarini sarf etadi.

    Iroqqa yordam kerak. Ammo G‘arb Vashington va Bag‘dod o‘rtasidagi asosiy masalalardan Eronning ta’sirini muhokama qiladi. AQSh uchun og‘riqli nuqta esa Bag‘dodning Tehron ta’siri ostida qolayotganidir. Eron va Iroq o‘rtasidagi savdo aylanmasi 12 milliard dollarni tashkil qilib turgan bir vaziyatda AQSh – Iroq savdo hajmi 1,3 milliard dollardan oshmaydi.

    Muammoni hal qilishning bir yo‘li – Iroqning Eronga energetik qaramlikdan xalos qilishi lozim; bu mamlakatga energetik mustaqillikka erishish imkonini beradi.

    Bosh vazirni iste’foga chiqarish, yangi hukumatni tuzish va yangi bosh vazir hokimiyat tepasiga kelishi muammoning yechimi bo‘la olmaydi.

    Ukrainada korrupsiyani qanday tugatish mumkin?

    SSSR tarqalib ketgach, oliy ma’lumotli ish kuchi va ulkan tabiiy zaxiralarga ega bo‘lgan, sanoati rivojlangan Ukraina 28 yillik davr oralig‘ida turg‘unlik holatida qolib ketadi deb kim ham o‘ylabdi deysiz. 1991-yilda Ukrainaga nisbatan qashshoqroq bo‘lgan Polsha bu davr ichida yalpi ichki mahsulotini jon boshiga hisoblaganda uch barovarga ko‘paytirishga muvaffaq bo‘ldi, deb yozadi The Project Syndicate nashri.

    Foto: Google Photos

    Foto: Google Photos

    Ukrainlarning ko‘pchiligi buning sababini mamlakatda korrupsion sxemalar urchib yotganida deb hisoblaydi. Hech bir mamlakatda korrupsiya besabab paydo bo‘lmaydi. Ukrainadagi korrupsiyaning sababi nimada?

    Boshqa postsovet respublikalarida bo‘lgani kabi, Ukrainada hokimiyat uzoq vaqt sobiq kommunistik partiya elitasining qo‘l ostida bo‘lib keldi. Ukraina kompartiyasi Rossiya kompartiyasining siyosatini dastakladi va ukrain xalqi manfaatlariga xilof faoliyat olib bordi.

    Sobiq sovet elitasi qo‘li ostida qolgan mamlakatlarda bo‘lgani kabi, Ukrainada ham vaziyat yaxshilanmadi. Siyosiy elita va u yaratgan oligarxat bir-biri bilan hokimiyat uchun kurashdi va mamlakatni og‘ir ahvolga solib qo‘ydi.

    Raqobatchi klanlarning fraksiyalari ustunlik qilishi tufayli Ukraina “o‘ta faol” deb ataladigan institutlar asiriga aylanib qoldi. Bu “o‘ta faol” shunday mexanizmki, ular jamiyatning o‘ta tor bir qismi hokimiyatini ta’minlab, qolgan barchani siyosiy ovozdan mahrum qiladi. Iqtisodiy o‘yin maydonini buzib, barqaror o‘sish uchun zarur bo‘lgan innovatsiya va investitsiyalarni rag‘batsizlantiradi.

    Buning oldini olmasdan turib korrupsiyani tushunib bo‘lmaydi. Ukrainada amaldorlar hokimiyatni suiiste’mol qilishini va korrupsiyani tugatishga imkon bo‘lganda ham, mamlakat iqtisodiy o‘sishiga “o‘ta faol” institutlar baribir to‘sqinlik qilaveradi. Kubada ham Ukrainadagi vaziyat yuzaga kelgan: o‘sha kezlarda Fidel Kastro hokimiyatni qo‘lga olib, sobiq rejim korrupsiyasiga barham bergan edi. Ammo Kastro ham yangicha tipdagi “o‘ta faol” tizim yuzaga kelishiga zamin yaratib berdi. Qaytalagan yuqumli kasallik singari, poraxo‘rlik “o‘ta faol” tizimni qisqa fursatda zararlantiradi.

    Hozirgi zamon jamiyati nizolarni hal qilish, zaxiralarni taqsimlash va bozorlarni boshqarish borasida murakkab institutlarga tayanadi. Jamiyatning ishonchi yo‘qligi bois bu kabi muassasalar o‘z ishlarinini samarali darajada tartibga qo‘ya olmaydi. Oddiy fuqarolar muvaffaqiyatga shaxsiy aloqalar, tanish-bilish va pora orqali erishiladi, deb  hisoblay boshlaydi. Iqtisodiyotda tarafkashlik, sudlarda kelishuvchilik, siyosatda mansablar sotiladigan jamiyat vujudga keladi. Vaqt o‘tishi bilan jamiyat ongiga “korrupsion madaniyat” singib ketadi. Ukrainada hozirda ta’lim ham korrupsiyalashgan. Ilmiy darajalar sotiladi va sotib olinadi. Bu esa millatning inqirozi bilan tugaydi.

    Kimdir kuchli davlatda korrupsiyani tugatish mumkin deb hisoblashi mumkin. Ammo Xitoy misolida olib qaraydigan bo‘lsak, kuchli hokimiyatning mavjudligi korrupsiyaga barham bera olmayapti. Xitoydagi korrupsiyaga qarshi kampaniya mansabdorlar jinoyatlariga qarshi to‘liq kurash o‘rniga hukumat raqiblariga qarshi kurash harakatiga aylanib ketdi.

    Korrupsiyaga qarshi samarali kurashish uchun fuqarolik jamiyati faolligi kerak. Sud tizimining shaffof va adolatliligi va oddiy fuqarolarga poraxo‘r amaldorlardan xalos bo‘lish imkoniyati berilishi korrupsiyaga qarshi kurashda samara beradi.

    Ukrainada butun jamiyatni korrupsiyaga qarshi safarbar qilish imkoni bormi? Ha. Ukrainada yosh, siyosiy faol aholi mavjud. Ukrain xalqi korrupsiyaga barham berish shartligini yaxshi anglaydi. Zelenskiy saylovoldi kampaniyasida korrupsiyani tugatish dasturini e’lon qilgan, bu yog‘iga ana shu dasturni ishga tushirish lozim.

    Sharqiy Yevropa futbolidagi irqchilik ildizlari qayerga borib taqaladi?

    Sofiyada o‘tkazilgan Angliya – Bolgariya futbol uchrashuvida bolgar futbol ishqibozlarining ingliz milliy terma jamoasi tarkibidagi qora tanli futbolchilarni tahqirlashi asosida The Times nashri Sharqiy Yevropa futbolidagi irqchilik kayfiyati ildizlari qayerga borib taqalishi borasida maqola chop etdi. Maqolada Sharqiy Yevropa futbolidagi irqchilik ildizlari Angliya, Italiya va Ispaniya futbolidan izlash lozimligi ochiqlanadi.

    Foto: Google Photos

    Foto: Google Photos

    Sovet Ittifoqining yemirilishi va kommunistik g‘oyalar inkor qilinishidan kelib chiqqan millatchilikning o‘sishi o‘ta o‘ng kayfiyatdagi mutaassib tashkilotlarning vujudga kelishiga olib keldi. Irqchilik – ekstremistik mafkuraning mantiqiy oqibati.

    Mohiyatan ular o‘tgan asrning 80-yillaridagi ingliz fanatlarining xulq-atvorini o‘zlashtirib oldi. Tribunada svastika va Reyx bayroqlarining hilpirashi Sharqiy yevropalik futbol ishqibozlari aynan ularning stadionlarida ko‘rgan edi. So‘ng ulardan o‘rnak ola boshlashdi.

    Bolgariya poytaxti Sofiyaning “Levski” futbol jamoasining neonatsist fanatlari ayniqsa eng radikal hisoblanadi. Ular Italiyaning “Latsio” jamoasi fanatlari bilan norasmiy birodarlik o‘rnatgan. Fan-klub a’zolari o‘ng kayfiyatdagi radikal fanatlar bilan to‘lib ketgan. Umuman olganda, Yevropa futbolida o‘ng kayfiyatdagi radikallar turli klublarga ishqibozlik qilsa-da, ular orasidagi aloqalar ancha yaxshi.

    Italiya misolida olib qaralsa, “Yuventus”dek yirik jamoa o‘zining eng radikal ishqibozlari bilan apoq-chapoq bo‘lishdan tortinmaydi. “Yuventus”dagi holat shunday ekanmi, demak, stadionlari kamtarroq, muxlislari kamroq bo‘lgan klublardagi o‘ng radikallar katta ta’sirga ega ekanligidan ajablanmasa ham bo‘laveradi.

    Klublarga yuzlarcha qo‘riqchilar kerak bo‘lib qolganda, ular sinalgan odamlarga murojaat etadi. Sofiyada o‘tkazilgan Bolgariya – Angliya uchrashuvida aynan shunday vaziyat yuz berdi. O‘yin guvohlarining aytishicha, yigirmatacha odam navbatchilik bog‘ichlarini yechib, irqchilik shiorlari bilan qichqirayotgan olomonga aralashib ketdi.

    O‘ta o‘ng siyosiy partiyalar butun Yevropa mamlakatlari bo‘ylab kuchayib bormoqda, siyosiy hayot tobora qutblashib, radikal kuchlarning nufuzi ortib bormoqda. Migratsiya inqirozi tufayli Bolgariyaning o‘zida neonatsist guruhlar o‘z mudofaa tizimlarini tashkil qilib olgan. Harbiylashgan guruhlar Bolgariya chegaralarida Turkiyadan kelayotgan migrantlarni va qochoqlarni mamlakat ichkarisiga qo‘ymaslik uchun qo‘riqchilik qilmoqda. Lo‘lilarga qarshi qaratilgan hujumlar ham qayd etilgan holatlar ma’lum. Iyun oylarida Bolgariya – Chexiya uchrashuvida Sofiyadagi o‘yin xavfli tus olishi ma’lum qilingan. O‘yin paytida esa stadionda neonatsist bayroqlari hilpirab, UEFA Bolgariya terma jamoasiga nisbatan chora ko‘rishga majbur bo‘lgan edi.

    Bu safargi o‘yinga barcha choralar ko‘rilganiga qaramasdan, bo‘lgan voqea barchani larzaga soldi. Qora tanli o‘yinchilarga yog‘ilgan haqoratlar go‘yoki o‘zining yomon obro‘larini saqlab qolishga harakat qilayotgandek tasavvur uyg‘otdi.

    AQShda saylovoldi kampaniyasi avjida. Kim yetakchi?

    15-oktabr sanasida Ogayo shtatidagi Vestervilda demokratik partiyaning prezidentlikka da’vogarlari o‘rtasida debatlar bo‘lib o‘tdi. Bu debatlarga tarixdagi eng ko‘p sonli tomoshabinlar yig‘ildi, deb yozadi The Fox News nashri. Mazkur debatlar nimasi bilan esda qolarli bo‘ldi?

    Foto: NBC News

    Foto: NBC News

    Senator Elizabet Uorren bu debatlarda asosiy g‘olibga aylandi. Vermontlik senator Berni Sanders va Saut Bend meri Pit Butijichlarning chiqishi ham esda qolarli bo‘ldi.

    Uch soat davom etgan debatlarda sobiq vitse-prezident Jo Bayden va yana sakkiz nafar nomzod mag‘lubiyatga uchradi.

    Uorrenning kuchli chiqishi uning prezidentlikka nomzod sifatidagi mavqeini ancha mustahkamladi. U ziyraklik, hushyorlik borasida boshqa nomzodlarning verbal hujumlarini qaytarishda yaxshi tayyorgarlikdan o‘tganini namoyish etdi. Hattoki sog‘liqni saqlash va boylikka soliq solish bo‘yicha og‘riqli savollarga ham o‘ta zukkolik bilan javob berdi va o‘ziga qarshi hujumlarga munosib javob qaytardi. Uning boylikka soliq solishga qaratilgan javobini tanqid qilgan nomzodlarga Uorren xonim “Nima uchun amerikaliklarga sarmoya kiritmasdan, milliarderlarni himoya qilishni muhim deb hisoblaysizlar?” deya savol tashladi.

    Debatlar paytida Uorren xonimning boshqa nomzodlardan ko‘proq gapirgani va ko‘pchilikning diqqatini o‘ziga torta olgani debatlarning muhim qismi bo‘ldi.

    AQShda o‘tkazilgan so‘rovlar natijasiga ko‘ra, Uorren xonim yetakchi o‘rinda va saylov kampaniyasiga ko‘proq mablag‘ to‘play oldi.

    Berni Sanders yaqinda boshidan o‘tkazgan yurak xuruji uning debatlardagi ishtirokiga biroz ta’sir ko‘rsatdi. Ammo debatlarning so‘ng daqiqalarida Sanders kuchli chiqish irod qilib, Uorren xonimdan keyingi ikkinchi o‘rinni egalladi. Lekin qariya Sanders Elizabet Uorrenni quvib o‘ta olishi amri mahol. Yana kim biladi deysiz.

    Mer Butijich yosh so‘l markazchilarni nomzodi sifatida o‘zini yaxshi ko‘rsata oldi. Butijich Trampning Suriya shimolidan amerikalik harbiylarni olib chiqishini tanqid qilishi gulduros qarsaklar yog‘ilishini ta’minladi. Bu esa uning mo‘tadil saylovchilar ichidagi obro‘si va reytingdagi o‘rni oshishiga olib keladi.

    Jo Bayden, ko‘pchilik kutganidek, demokratlar ishonchini oqlay olmadi va uning chiqishi kutilgan natijani bermadi. Tabiiyki, Baydenga navbatdagi turda qiyin bo‘ladi, uning reytingi pasayishda davom etmoqda.

    Emi Klobushar o‘zi uchun nihoyatda zarur bo‘lgan reytingni oshirishga erisha olmadi va mag‘lubiyatga uchradi.

    Kaliforniyalik senator Kamala Harris ham debatlarda 5 foiz ovoz to‘play oldi xolos. U endi o‘z reytingini yaxshilay oladimi? Murakkab savol.

    Gabbard, Kastro, Steyyer, Buker, O’Rurk, Yang kabi nomzodlar, garchi saylovchilar ularga Trampni yengishga yetarli darajada ishonch bildirgan bo‘lsa-da, o‘tgan debatlarda ayanchli mag‘lubiyatga uchradi.

    2020-yilgi prezidentlik poygasi esa qizigandan qizimoqda. Voqealarni kuzatamiz.

    Jahongir Ergashev tayyorladi.

    19.10.2019, 14:27   Izoh (0)   48354
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Rossiyaning Krasnoyarsk o‘lkasida damba o‘pirildi. 12 kishi halok bo‘ldi, 10 dan ortiq odam bedarak yo‘qolgan (video)

    19.10.2019, 13:26

    Fransiya milliy majlisi deputatlari Turkiyani NATO a’zoligidan chiqarishni taklif qildi

    19.10.2019, 12:14

    Kataloniyadagi norozilik namoyishlari davomida qariyb 90 kishi jarohatlandi

    19.10.2019, 10:12

    Afg‘onistonda masjiddagi portlashlar natijasida 60 dan ortiq odam halok bo‘ldi

    19.10.2019, 08:15

    Londondagi qirollik sudi Nazarboyevning nevarasiga hukm o‘qidi

    19.10.2019, 03:17

    Video: Qozog‘istonda ota o‘z jonini qurbon qilib, o‘g‘lini avtobus ostidan qutqarib qoldi

    19.10.2019, 01:23
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Abadiy ishonchlilik va xavfsizlik: GWM sohaning yangi standartlarini joriy etmoqda


    ANORBANK va BS/2 O‘zbekistonda banklarda o‘z-o‘ziga xizmat ko‘rsatish tarmog‘ini kengaytirmoqda


    Octobank bankomatlarni BS/2 bilan birga “aqlliroq” qiladi


    MKBANK xalqaro moliya bozorida: Qozog‘iston banklaridan 15 million dollar jalb qilindi


    So‘zlar ahamiyatga ega: TBC Bank 8-mart tabriklarini pullarga aylantirib, ayollar tadbirkorligini qo‘llab-quvvatladi


    Chery gazga o‘tmoqda: kafolat to'liq saqlanib qolinadi, o‘rnatish esa 31 maygacha bepul! 


    “Akkermann sement” xalqaro forumi: qurilish materiallari sohasidagi muammolar keng tahlil qilindi


    InfinBANK Visa Direct orqali xalqaro pul o‘tkazmalariga qo‘yilgan limitlarni oshirdi 


    2025-yilning 5 oyi davomida Mobiuz minglab tayanch stansiyalarini ishga tushirdi va texnik infratuzilmani zamonaviylashtirdi


    Sistit — bu uyat emas!


    UZTELECOM 10 Gbit/s tezlikdagi uy internetini foydalanuvchilarga taqdim etdi


    “O‘zbekinvest” IUA aʼzosiga aylandi va Londonning global sug‘urta bozorida o‘z mavqeini mustahkamladi


    Centrum Air yangi Airbus A320neo — aviaparkidagi to‘qqizinchi samolyotni qabul qilib oldi 


    Ipoteka Bank OTP Group o‘zini o‘zi band qilganlarga yangi ipoteka dasturini ishga tushirdi: hujjatlarsiz, asabbuzarliksiz, samarali natijalar bilan


    “Biznesni rivojlantirish banki” biznes uchun qulay innovatsion bank bo‘lishga intilmoqda

     

    Tavsiya etamiz

    “Ikki xonali uy uchun 715 mln so‘mdan”. “Daryo”dagi maqoladan so‘ng poytaxt hokimligi uysiz qolgan aholiga xonadon sotib olish uchun mablag‘ ajratdi

    28 may, 21:15

    Budapesht fasadlari: sanʼat ko‘chada yashaydi (foto)

    27 may, 10:00

    Gestapo va KGB xizmatida bo‘lgan buxorolik “Shtirlits”

    26 may, 19:00

    Ayol ovchilardan ilg‘or samolyotlarga qadar — Ukraina rus Shahed’larini qanday ovlaydi?

    19 may, 20:10
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Rossiyada Putinni Gitlerga o‘xshatib mem qilganlar jazolanadi

    Dunyo | 30 may, 23:55

    Zarafshon daryosidan noqonuniy ravishda qum-shag‘al qazib olgan shaxsga chora ko‘rildi

    O‘zbekiston | 30 may, 23:40

    “O‘zbekiston qo‘shni davlatlar bilan urushga kirishishi mumkin edi” – Abdulaziz Komilov

    O‘zbekiston | 30 may, 23:30

    AQSH Oliy sudi Trampga 500 ming muhojirni mamlakatdan chiqarib yuborishga ruxsat berdi

    Dunyo | 30 may, 23:25

    Nepalda o‘n minglab namoyishchilar monarxiyani tiklashni talab qilmoqda

    Dunyo | 30 may, 23:10

    “Daryo” dayjesti: 30-mayning eng muhim xabarlari

    O‘zbekiston | 30 may, 22:55

    Toshkent viloyatida svetoforning taqiqlovchi ishorasiga amal qilmagan haydovchining mashinasidan giyohvand modda topildi

    O‘zbekiston | 30 may, 22:40

    Surxondaryodagi 5 ta “dom”da 1,5 mlrd so‘mlik gazdan o‘g‘rincha foydalanilgani aniqlandi

    O‘zbekiston | 30 may, 22:30

    Fransiya prezidenti Isroilga qarshi siyosat yuritishda ayblandi

    Dunyo | 30 may, 22:20
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.