Professional boksning yarim o‘rta (-66,68 kg) vazn toifasida ringga chiqayotgan Qudratillo Abduqahhorov (17-0, 9 KO) o‘zining navbatdagi jangida ham g‘alaba qozondi, deb yozadi GoSport.
18-oktabr kuni AQShning Filadelfiya shahida joylashgan “Liacouras Center” arenasida tashkil etilgan jangda o‘zbekistonlik bokschi Qudratillo Abduqahhorov ham ringga ko‘tarildi.
Shu kuni Abduqahhorovga sobiq Jahon chempioni amerikalik Luis Kollazo (39-8, 20 KO) raqibliq qildi. Jang 10 raunddan iborat bo‘lishi ko‘zda tutilgandi. 10- raundda raqibning qoshi yorildi va jang tugashiga 38 soniya qolganida shifokorlar jangni to‘xtatdi. Natijada hakamlar muddatidan oldin texnik ochkolar hisob kitobini taqdim etishdi. 99-91, 98-92, 97-93 hisoblari bilan Abduqahhorovning bir ovozdan g‘alabasi e’lon qilindi va Abduqahhorov o‘zining 17-g‘alabasini qo‘lga kiritdi.
Eslatib o‘tamiz, Qudratillo Abduqahhorov IBF chempionlik kamari uchun majburiy da’vogar sanaladi. U 2019 yilning 30 mart kuni Filadelfiyada o‘tkazilgan boks oqshomida yaponiyalik Keita Obarani (21-4-1, 19 KO) mag‘lub etib da’vogarlik maqomini qo‘lga kiritgandi.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)