Parijda politsiya prefekturasiga hujumning oldi olindi. Bu haqda Fransiya ichki ishlar vaziri Kristof Kastaner ma’lum qildi, deya xabar bermoqda “Korrespondent.net”.
“Bu Fransiyadagi 2013-yildan beri oldi olingan oltmishinchi hujum bo‘ldi. Qo‘lga olingan shaxs AQShda 2001-yil 11-sentabrda terrorchilar uyushtirgan hujumdan andaza olgan. U samolyot olib qochishni rejalashtirgandi”, — dedi Kastaner.
Vazirga ko‘ra, hujumni amalga oshirishni mo‘ljallagan jinoyatchi sentabr oyi oxirida, qurol sotib olishga uringanida qo‘lga olingan.
Izoh (0)