Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

O‘zbekiston Respublikasining “Metsenatlik to‘g‘risida”gi qonuni Prezident tomonidan imzolandi. Bu haqda “Huquqiy axborot” kanali xabar berdi.

Foto: “XS.uz”

Foto: “XS.uz”

Qonunga muvofiq, metsenatlik madaniyat va san’at, ilm-fan, ta’lim, ma’rifat hamda ushbu sohalarni rivojlantirish bilan bog‘liq boshqa faoliyat sohasida jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan amalga oshiriladigan homiylik faoliyatidir.

Jismoniy va yuridik shaxslar metsenatlik faoliyatini ixtiyoriylik hamda bu faoliyatning maqsadlarini erkin tanlash asosida moneliksiz amalga oshirishga haqlidir.

Metsenatlik faoliyati metsenat va metsenatlik ko‘magini oluvchi o‘rtasida tuziladigan shartnoma asosida amalga oshiriladi.

Shuningdek qonunga ko‘ra, davlat metsenatlarga soliq va boshqa majburiy to‘lovlar hamda tariflar bo‘yicha imtiyozlar va preferensiyalar berish kabilar orqali ushbu faoliyatni qo‘llab-quvvatlaydi.

Metsenatlik ko‘magi davlat budjeti mablag‘lari hisobidan amalga oshirilishi mumkin emas.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
O‘zbekistonda haj ziyoratiga borish uchun to‘lov miqdori e’lon qilindi
Mahalliy
O‘zbekiston va Jahon banki sheriklik dasturi 4 mlrd dollarlik loyihalarni o‘z ichiga olishi ma’lum bo‘ldi
Dunyo
Nabirasining jasadi oldida o‘tirgan bobo, o‘qqa tutilayotgan rossiyalik harbiylar, bo‘lajak to‘yini nishonlayotgan shahzoda —1-iyun suratlari