Xalq ta’limi vazirligi Abdulla Avloniy nomidagi Xalq ta’limi tizimi rahbar va mutaxassis xodimlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti rektori lavozimiga tanlov e’lon qildi.
Vazirlik matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, ushbu lavozimga quyidagi malaka talablari qo‘yiladi:
- kamida magistr darajasidagi oliy pedagogik ma’lumotga ega bo‘lish;
- xorijiy tillardan birining boshlang‘ich bosqichini va axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanishni bilish;
- ilmiy daraja unvonga ega bo‘lish;
- kamida besh yillik ilmiy yoki pedagogik ish stajiga ega bo‘lish.
Izoh (0)