• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12831.81
    • RUB163.75
    • EUR14606.45
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +23°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Qo‘shrabotda o‘qituvchi uch aka-uka tomonidan o‘lasi qilib kaltaklandi

    “Daryo” tahririyatiga Samarqand viloyatining Qo‘shrabot tumani, “Qovunchi” MFY, O‘rozmat qishlog‘ida yashovchi nafaqadagi muallim Rahmiddin Do‘smonov murojaat qilib, joriy yil 26-avgust kuni o‘g‘li, 42-umumta’lim maktabi o‘qituvchisi Dilmurod Do‘smonovni uch aka-uka kaltaklaganini bayon qilgan.

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    Mazkur holat yuzasidan “Daryo” muxbiri Farhod Norbo‘tayev jurnalistik surishtiruv olib bordi.Ma’lum bo‘lishicha, 2019-yil 26-avgust kuni soat taxminan 17:30 atrofida O‘rozmat qishlog‘ida qo‘shnisining uyida hasharda bo‘lgan 42-maktab o‘qituvchisi Dilmurod Do‘smonovni ushbu qishloqda yashovchi, hech qayerda ishlamaydigan aka-uka Samandar, Sharifjon va Maxsud Do‘stqulovlar qishloqdan 6 kilometr uzoqlikda yashovchi Shirin Do‘stqulovning uyiga olib borib, kaltaklagan.

    — Aslida o‘g‘limni urganlar o‘zimning qarindoshim. O‘g‘lim qarindoshimning qiziga uylangan. Oilasidagi ozgina kelishmovchilik sababli shunday noxush holat ro‘y berdi, — deydi Rahmiddin Do‘smonov. — Bu holat bir-ikki marta bo‘lgani yo‘q. Ko‘p bora sodir bo‘ldi. Men bilganim beshinchi marotaba bu. Ular hech qayerda ishlamaydi. Qozog‘iston va Rossiyaga borib ishlab keladigan bu yigitlar sababli qishlog‘imizning hamma to‘y-ma’rakalarida janjal bo‘ladi. Ular qachongacha mahallamizda g‘urbat bo‘lib yuradi?

    Jabrlanuvchi Dilmurod Do‘smonovning aytishicha, u tuman tibbiyot birlashmasida 26-avgustdan 17-sentabrgacha, 22 kun davomida davolangan. Ammo ekspertiza xulosasida “15 kun davolandi” deb qayd etilgan.

    — Kasalxonada 22 kun davolanganman. Biroq ekspertiza xulosasida “15 kun davolandi” deb yozilgan. Bunga ham oydinlik kiritilishini istayman. Bu yerda ham tushunmovchilik bo‘lyapti. Ekspertiza holatni noto‘g‘ri ko‘rsatyapti, — deydi Dilmurod Do‘smonov.

    Jurnalistik surishtiruv davomida ma’lum bo‘lishicha, janjalning kelib chiqishiga uch aka-uka Dilmurod Do‘smonovning oilaviy ishiga aralashgani sabab bo‘lgan.

    — Bir o‘g‘il, bir qizim bor. O‘zim maktabda ishlayman. Ayni paytda oilam bilan ajrashish arafasidaman, — deydi Dilmurod Do‘smonov.

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    Dilmurod Do‘smonov kaltaklanmasdan avval ushbu oilani saqlab qolish imkoni bo‘lgan. Ammo mahalladagi mas’ullar va tuman mutasaddilarining e’tiborsizligi, vaziyatga o‘z vaqtida to‘g‘ri baho bermaganligi sabab muammo chuqur ildiz otavergan.

    — Janjal bo‘lishidan ikki oycha oldin mahalla raisi, maslahatchilardan ularni yarashtirib qo‘yishlarini so‘radim. Ular “Shoshmanglar, bir oz kutaylik” dedi. Kutib nima bo‘ldi? Mana, oxiri janjal bo‘ldi. Birovni mayib qildi. O‘sha vaqtda yarashish imkoniyati bor edi. Endi kelin qanday yuz bilan bizning uyimizga kela oladi, — deydi Rahmiddin Do‘smonov. — Nevaralarimga ichim achyapti. Ularni ko‘rgim keladi. Men ham oilasi buzilmasligini istadim. Shu ishlar bo‘lmasin deb qancha yugurdim. Tuman rahbariyatigacha bordim. “Shoshmay tur” deyishdi. Oxiri shu ish bo‘ldi. Mahalla hech nima qilmadi. Janjal bo‘lganidan so‘ng tuman xotin-qizlar qo‘mitasidan kelib bizni do‘qlab ketyapti. Axir xotin-qizlar qo‘mitasi janjalning oldini olish kerak-ku?

    Qo‘shrabot tuman Ichki ishlar bo‘limining ma’lum qilishicha, sodir bo‘lgan holat o‘rganilib, aka-uka Samandar, Sharifjon va Mahsud Do‘stqulovlarning xatti-harakatida jinoyat alomatlari borligi aniqlangan. Ularga nisbatan tuman IIB Tergov bo‘limi tomonidan Jinoyat Kodeksining 109-moddasi, 2-qismi bilan 24-sentabr kun jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Hozirgi kunda holat yuzasidan dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

    Ammo jabrlanuvchining otasi Rahmiddin Do‘smonov tuman IIB tomonidan qo‘zg‘atilgan jinoyat ishidan norozi ekanligini bildirdi.

    Skrinshot: “Daryo”

    Skrinshot: “Daryo”

    — Tuman IIB tomonidan jinoyatchilarga JK 109-moddasi, 2-qismi asosida jinoyat ishi ochilganiga norozilik bildiraman. Ular yengil jazo olishi uchun shu modda qo‘llanilgan. Qolaversa, ular yetkazilgan moddiy va ma’naviy zararni qoplab berishini talab qilaman. Tuman IIB tomonidan “Tergov natijasi yuzasidan Qo‘shrabot tuman prokuraturasiga murojaat qilishingiz mumkin”, degan xat kelgan. Chora ko‘rilmasa, men yana yuqori tashkilotlarga murojaat qilaman, — deydi Rahmiddin Do‘smonov.

    16.10.2019, 08:28   Izoh (0)   59164
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    O‘zbekistonning yangi Mehnat kodeksiga qanday o‘zgarishlar kiritilmoqda?

    16.10.2019, 07:43

    Markaziy bank O‘zbekistonda zaxira aktivlari 27,9 mlrd dollarni tashkil qilishi kutilayotganini ma’lum qildi

    16.10.2019, 06:37

    O‘zbekistonda mahsulot taqsimoti haqidagi kelishuv parlament tomonidan tasdiqlanishi mumkin

    16.10.2019, 01:32

    Shavkat Mirziyoyev Bokudan Toshkentga qaytib keldi

    15.10.2019, 23:27

    Farg‘onadan Moskvaga parvoz payti yo‘lovchilardan biri o‘zini yomon his qilgani uchun samolyot Samarada favqulodda qo‘ndi

    15.10.2019, 23:12

    O‘zbekistonda siyosiy partiyalarga saylovlarda qatnashishiga ijozat berildi

    15.10.2019, 22:57
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Kapitalbank va Visa O‘zbekiston terma jamoasining JCH-2026 saralash o‘yinini BAAda tantanali ravishda ochishdi


     ADM Jizzakh Jizzaxda joylashgan 5-ixtisoslashtirilgan muassasa tarbiyalanuvchilari ehtiyoji uchun avtobus taqdim qildi


    Sello Ecosystem Farg‘ona, Andijon va Namanganda Sello Summer Fest yorqin festivalini o‘tkazdi


    Suv — bebaho neʼmat: Agrobankdan fermerlar uchun yangi metodik to‘plam


    AVO’dan yangi omonat: yillik 25% gacha — 6 oyda orzuingizni amalga oshiring


    UZTELECOM "Muruvvat" tarifini taqdim etadi: Atigi 25 000 so‘m evaziga g‘amxo‘rlik va e’tibor bilan boyitilgan aloqa


    Toshkentda xalqaro fintex-hodisa — Visa Cashless Forum 2025 bo‘lib o‘tdi 


     Coca-Cola jamg‘armasi va Global atrof-muhit va texnologiyalar jamg‘armasi (GETF) “Aylanma iqtisodiyot kelajagi uchun hamkorlik bitimi (PACT)” ni e’lon qilganligi haqida ma’lum qildi


    Yangi ufqlar: Centrum Air haftasiga ikki marta Toshkentdan Bishkekka parvozlarni amalga oshiradi


    UCMG Amsterdamda bo‘lib o‘tayotgan Money 20/20 Europe xalqaro fintech ko‘rgazmasida O‘zbekiston nomidan ishtirok etadi


    O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi mahsulotlari Yevropaga yo‘l olmoqda


    Tenge Bank Tenge24 ilovasida yangi raqamli avtokreditini e’lon qildi


    Zamonaviy Haval Jolion endi 0% muddatli to‘lov shartida 


    Mobiuz "Mehribon" imtiyozli tarif rejasini taqdim etdi


    Navoiy innovatsiyalar universiteti — kelajagingizni kafolatlaydigan zamonaviy ta’lim maskani! 

     

    Tavsiya etamiz

    Chumchuqlarga yem bo‘lgan burgutlar. “O‘rgimchak to‘ri” operatsiyasi Rossiya uchun qanchaga tushadi?

    4 iyun, 18:49
    Audio Icon

    Qurib qolgan ko‘chatlar, millionlar shamolga uchdimi?

    4 iyun, 15:03

    Feldmarshalga almashtirilmagan Stalinning zurriyoti — “dohiy” nega o‘g‘lini urushga yuborgan edi?

    3 iyun, 21:10

    Ko‘zi o‘tkir, qulog‘i sezgir temir qushchalar. Razvedkachi dronlarning “katta akalari”

    3 iyun, 20:40
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Hindistonda dunyodagi eng baland temiryo‘l ko‘prigi ochildi (video)

    Dunyo | 6 iyun, 23:00

    Qozog‘iston harbiylarini Buyuk Britaniyada o‘qitadi

    Dunyo | 6 iyun, 22:00

    Superliga. Qoldirilgan bahsda “Xorazm” “Qizilqum”ni yirik hisobda mag‘lub etdi

    Sport | 6 iyun, 21:10

    Rossiyada IELTS topshirganlar qamalishi mumkin

    Dunyo | 6 iyun, 21:00

    Shavkat Mirziyoyevni Qurbon hayiti bilan kimlar tabrikladi?

    O‘zbekiston | 6 iyun, 19:57

    Ukraina “O‘rgimchak to‘ri”ga o‘xshash yangi operatsiyalarga tayyorlanmoqda — The Washington Post

    Dunyo | 6 iyun, 19:30

    Germaniya yuzlab migrantlarni mamlakatga kiritmadi

    Dunyo | 6 iyun, 18:50

    Ukrainalik bolalar dam olish va reabilitatsiya uchun Toshkentga keldi (foto)

    O‘zbekiston | 6 iyun, 17:46
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.