Hindistonning eng yirik kinokompaniyalaridan biri hisoblangan Panorama Studios O‘zbekistonda “Khuda Haafiz” nomli romantik jangari filmni suratga olish ishlarini boshladi. Bu haqda Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi xabar berdi.
Film rejissori sifatida Faruk Kabir ishtirok etmoqda. “Khuda Haafiz” filmini suratga olishda qatnashish uchun Hindistondan 130 kishi hamda AQSh, Rossiya va qator Yevropa mamlakatlaridan 30 kishi O‘zbekistonga kelgan.
Shu bilan birga, ijodiy jarayonda O‘zbekistondan ham 1000 dan ziyod kishi — aktyorlar, texnik xodimlar jalb qilinmoqda. O‘zbekistondagi suratga olish ishlari budjeti bir million dollarga yaqinni tashkil qilishi kutilmoqda. Film Toshkent va Xiva shaharlarida suratga olinadi. Shundan so‘ng ijodiy guruh o‘z ishini Hindistonda davom ettiradi.
Izoh (0)