Rossiyaning Primorye o‘lkasidagi Novonejino qishlog‘ida besh qavatli turar joy binosida portlash sodir bo‘ldi, deb xabar bermoqda Rossiya FVV hududiy bosh boshqarmasi matbuot xizmati.
Oqibatda bir ayol halok bo‘lgan. Shuningdek, uyga yashagan qizcha yumshoq to‘qimalar jarohatini olgan. Uni kasalxonaga yotqizish talab etilmagan.
Hodisa oqibatida shift, to‘rtinchi va beshinchi qavat zinapoyalari qulagan. Qo‘shni uydan 19 kishi evakuatsiya qilingan. Portlash xonadonlardan biridagi hammomda suv isitgichning nosozligi oqibatida yuz bergan bo‘lishi mumkinligi taxmin qilinmoqda.
Voqea yuzasidan “Ehtiyotsizlik oqibatida yuzaga kelgan o‘lim” moddasi bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atilgan.
Izoh (0)