Kataloniyada Ispaniya Oliy sudining qarori sababli yuzaga kelgan hukumatga qarshi namoyishlar ikki kundan buyon davom etmoqda. “Interfaks” namoyishlar aks etgan fotoreportajni taqdim etdi.
Kataloniya ayirmachilik harakatining yetakchilari to‘qqiz yildan 13 yilgacha bo‘lgan qamoq jazosiga hukm qilingan. Sudlanuvchilar 2017-yilning kuzida yuz bergan hodisalar bilan bog‘liq jinoyatlarda ayblangan. O‘shanda Kataloniyada mustaqillik bo‘yicha referendum o‘tkazilgan edi, Ispaniya hukumati esa referendum natijalarini noqonuniy deb tan olgan.
Namoyishchilar avtomobil yo‘llarini to‘smoqda, poyezdlarning jo‘nashiga xalaqit bermoqda. Barselonaning “El-Prat” xalqaro aeroportida 45 ta reys bekor qillingan.
Izoh (0)