• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12621.29
    • RUB158.44
    • EUR14596.52
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +36°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Qashqadaryoda ichkilikka ruju qo‘ygan erkak bojasi va qaynakasi tomonidan shafqatsizlarcha o‘ldirildi (video)

    “O‘zbekiston” telekanalining “Bir jinoyat izidan” ko‘rsatuvida bojasi va qaynakasi tomonidan shafqatsizlarcha o‘ldirilgan erkak haqida hikoya qilindi.

    2019-yil 15-avgust kuni kech soat 19:00 larda Mirishkor tumani ichki ishlar bo‘limiga xabar kelib tushadi: Tumandagi “Chamanzor” mahalla fuqarolar yig‘ini hududidan oqib o‘tuvchi kanal irmog‘idan osiyo millatiga mansub shaxsi noma’lum erkak kishining murdasi topildi. Zudlik bilan tezkor tergov guruhi tuzilib, voqea joyiga yetib borildi.

    YouTube: Kadr

    YouTube: Kadr

    Tergov guruhi qotillik qurboni bo‘lgan erkakning shaxsini aniqlash maqsadida bedarak yo‘qolganlar, chet elga ishlagani ketgan odamlar va boshqa toifadagi qidiruvdagi shaxslarni birma-bir so‘rab surishtira boshladi.

    Sud-tibbiy ekspertizasi murdaning yoshi o‘rtacha 30—35 yoshlarda ekanligi, uning chap ko‘zining yuqorisi va o‘ng chakka sohasida, o‘ng ensa va quloq sohasida, burnida, jami 10 dan ortiq ezilib-yirtilish ko‘rinishidagi jarohatlar borligini aniqladi.

    “Bu holat bo‘yicha biz zudlik bilan fotosuratga olinib, surishtiruv ishlarini olib bordik. Barcha shaxsiy tarkib o‘sha yerga jalb qilinib, tegishli topshiriqlar berildi. Shaxsiy tarkib murdaning shaxsini aniqlash bo‘yicha surishtiruv ishlarini olib bordi. Barcha mahallalar, jamoatchilik vakillari jarayonga jalb qilindi. Fotosuratlar mahallalarga ko‘rsatib chiqildi. Uyidan chiqib ketganlar, tuman hududidan bedarak ketganlar bo‘yicha ham surishtiruv ishlari olib borildi. Mirishkor tumanidan bedarak chiqib ketgan fuqarolar aniqlanmagani uchun qo‘shni tumanlarga xabarnomalar jo‘natdik”, — deydi Mirishkor tuman IIB boshlig‘i Nodir Ismoilov.

    Shundan so‘ng viloyat ichki ishlar boshqarmasining shaxsga qaratilgan jinoyatlarga qarshi kurashish boshqarmasi xodimlari viloyat bo‘yicha tezkor qidiruv-surishtiruv ishlarini boshlab yubordi.

    Surishtiruv ishlari natijasida Koson tumanidagi “Regzor” mahallasida yashovchi 1983-yilda tug‘ilgan Bobur Jumayevni bedarak yo‘qolgani haqida xabar olindi.

    Izsiz yo‘qolgan erkak boshqa mahallalarda ro‘yxatlarda turib, “Paxtazor” mahallasida yashab yurganligi ma’lum bo‘ldi. Mahallada yashovchi odamlar bilan birma-bir suhbatlashildi. Lekin ulardan hech qanday ma’lumot olishning iloji bo‘lmadi.

    “Jumayev Boburning turmush o‘rtog‘i Dilnoza Shodiyeva bilan suhbat o‘tkazildi. Ayol turmush o‘rtog‘ining anchadan beri Rossiyaga ishlashga ketgan, deb o‘ylab yurganini bildirdi. Shundan so‘ng ushbu holat yuzasidan yana ham ko‘proq surishtiruv ishlari olib borganimizda Jumayev Boburning muttasil ravishda spirtli ichimlik ichishga ruju qo‘yganligi, oilasi bilan notinch ekanligi aniqlandi.

    Aniqlanishicha, Dilnoza Shodiyeva, uning akasi O‘ktam Ataqov, pochchasi Qodir Jo‘rayevlar 2019-yil 11-avgust kuni Bobur Jumayevning mast holda uyda uxlayotganidan foydalanib, uni turli to‘qmoqlar bilan boshi va boshqa a’zolariga urib, unga tan jarohati yetkazib, o‘ldirib, murdani uyda bo‘lgan mototsiklga ortib, Mirishkor tumani bosh kanaliga olib kelib, qorniga tosh bog‘lab oqizib yuborgan.

    Shundan so‘ng ular haqidagi ma’lumotlar to‘planib, tergov bo‘limiga topshirildi”, — deydi Qashqadaryo viloyati IIB shaxsga qaratilgan jinoyatlarga qarshi kurashish bo‘limi boshlig‘i Xo‘janazar Bahriyev.

    Ma’lum bo‘lishicha, qotillik qurboni bo‘lgan Bobur Jumayev 11-avgust kuni mahalladagi do‘konlardan biriga kirib, spirtli ichimlik iste’mol qiladi. Shundan so‘ng u o‘zi yashaydigan issiqxona xo‘jaligiga kelib rafiqasi Dilnoza Shodiyevani o‘lasi qilib kaltaklaydi.

    “Erim 11-avgust kuni kech soat 19:00 larda uyga keldi. U oyoqda tura olmaydigan ahvolda edi. Hayit kuni edi o‘shanda. Uyda na non, na boshqa mahsulot, hech narsa yo‘q. Bolam bilan men kuni bilan uyda och o‘tirdim. Kechki payt darvoza eshigi taqilladi. Erimning ovozini eshitishim bilan eshikni ochdim, ochishim bilan qo‘limdan bolani olib, issiqxona tomonga qaratib otib yubordi va meni urib ketdi. Keyin uyga kirib ketdi va pichoq olib chiqib, menga tashlanmoqchi bo‘ldi. Men ko‘chaga qochib chiqdim hamda qo‘shnimning telefonidan akamga qo‘ng‘iroq qildim. ‘Aka, tez keling, meni uryapti, shunaqa qilyapti’, dedim. Keyin akam bilan kuyovim yetib keldi. Shunda akamlar kelib uni urdi, u joyida o‘ldi. O‘ldirib qo‘yganidan keyin olib chiqib ketdi, men o‘sha yerda qoldim”, — deydi Dilnoza Shodiyeva.

    14.10.2019, 15:54   Izoh (0)   175270
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    O‘zbekistonda ilk vaqf mehmonxonasi ochildi (foto)

    14.10.2019, 15:28

    Adliya vazirligida Family day loyihasi doirasida bolajonlar uchun “Ochiq eshiklar kuni” o‘tkazildi (foto)

    14.10.2019, 14:42

    O‘zbekistonda to‘qqiz oyda nechta korxona va tashkilot tashkil etilgani ma’lum qilindi

    14.10.2019, 14:10

    Toshkent shahrida tadbirkorlik uchun yer olish auksion orqali amalga oshiriladigan bo‘ldi

    14.10.2019, 13:53

    O‘zbekistonda telekommunikatsiya xizmatlari sifatini baholash boshlandi

    14.10.2019, 13:06

    O‘zbekiston Fitch Ratings agentligi reytingida o‘zining suveren kredit darajasida saqlab qoldi

    14.10.2019, 12:20
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    ZARMED Universiteti: 200 ta grant sizni kutmoqda


    Ellipse International School – farzandingiz kelajagi boshlanadigan joy!


    BYD rasmiy dileri Beni Motors Samarqandda BYD Sealion 7 flagman krossoverini taqdim qildi


    Avvallari xufiyona iqtisodiyotda faoliyat yuritgan eshitish va gapirishda muammosi bor insonlar endi rasmiy sektorga qo’shilib, Poytaxt Parking jamoasining bir qismiga aylandi


    SonetUzStyle tanlovida ishtirok etish uchun arizalar qabuli 15-avgustgacha uzaytirildi


    Toshkent Farmatsevtika Instituti — Farmatsiya sohasida xalqaro darajadagi sifatli ta’lim


    Aqlli diversifikatsiya: nima uchun kerak va kapitalni qanday taqsimlash lozim?


    STEM va biznes yo‘nalishidagi qizlar uchun TBC Bank’dan ta’lim grantlari — O‘zbekistonda gender tafovutini kamaytirish yo‘lida yangi qadam


    BI Group biznes-toifa xonadon yutuqli o‘yini:Toshkentdagi mavsumning asosiy tadbiri qanday o‘tdi


    Chery O‘zbekistonda sotuvlar bo‘yicha mutlaq rekord o‘rnatmoqda


    AVO bank aloqa markazi: innovatsiyalar va yangi xizmat darajasi 


    OKMKda mahalliy dumpkarlardan foydalaniladi 


    Qo‘ng‘iroqlardan mobil internetga: Toshkent mobil aloqadan foydalanish modelini qanday o‘zgartirmoqda


    BYD SEALION 7: Flagman elektr SUV — shahar ko‘chalarida yangi yetakchi 


    Hayot Bank “Yashil yurak” nomli keng ko‘lamli ekologik tashabbusni e’lon qildi. Avgust oyidan boshlab O‘zbekiston bo‘ylab Hayot Bankning har bir yangi omonatchisi uchun bitta daraxt ekiladi

     

    Tavsiya etamiz

    Pora, neft va terrorchilik: nega Qatar amiri shov-shuvlar markazidan tushmayapti?

    5 avgust, 11:20

    Trampning Falastinga nisbatan noxolis siyosati: AQSH YUNESKO a’zoligidan nega chiqyapti?

    2 avgust, 18:35

    Kamchatkadagi hodisa yagona emas: so‘nggi 120 yilda ro‘y bergan eng kuchli megazilzilalar

    1 avgust, 18:20

    Tramp uchun xavotirlar: AQSH prezidenti taniqli shaxslarga yosh qizlarni sotgan Jeffri Epshteynning mijozi bo‘lganmi?

    29 iyul, 17:19
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Bir-biriga egizakdek o‘xshaydigan mashhur ona va qizlar (foto)

    Shou-biznes | 5 avgust, 17:55

    Eron yadrochi olimlari Rossiyaga maxfiy tarzda borgani ma’lum bo‘ldi

    Dunyo | 5 avgust, 17:50

    Abbosbek Fayzullayevning Yevropa Konferensiyalar Ligasidagi debyuti kechikadigan bo‘ldi

    Sport | 5 avgust, 17:45

    Toshkentda soxta DXX xodimi ushlandi

    O‘zbekiston | 5 avgust, 17:35

    Xitoyda chivin orqali yuqadigan kasallik avj olmoqda: bemorlar soni 7 mingga yetdi

    Dunyo | 5 avgust, 17:25

    Geroin va fentanildan ham kuchli: dunyoda yangi narkotik tarqalmoqda

    Dunyo | 5 avgust, 17:15

    Shavkat Mirziyoyev Turkmanistonda Gruziya bosh vazirini qabul qildi

    O‘zbekiston | 5 avgust, 17:04

    Kamroq ishlab, ko‘proq natijaga erishish: yulduzlar surunkali charchoq bilan qanday kurashadi?

    Shou-biznes | 5 avgust, 16:55
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.