12-oktabr soat 16:00 larda Toshkent metropolitenining Chilonzor yo‘nalishidagi “Pushkin” va “Buyuk Ipak Yo‘li” bekatlari oralig‘ida harakatlanayotgan harakat tarkibi nosozlik tufayli to‘xtab qolgan.
“Toshkent metropoliteni” UK matbuot xizmatining xabar berishicha, shu vaqtda yo‘lovchilar “Pushkin” bekatiga tushirilib, nosoz harakat tarkibiga yordamchi sifatida yuborilgan.
Nosoz harakat tarkibiga yordam ko‘rsatilgandan so‘ng harakat jadval asosida yo‘lga qo‘yilgan.
“Ko‘rsatilgan noqulayliklar uchun Toshkent metropoliteni ma’muriyati yo‘lovchilardan uzr so‘raydi”, — deyiladi xabarda.
Izoh (0)