“O‘zavtosanoat” O‘zbekistonda eng ko‘p sotilgan avtomobil rusumini ma’lum qildi.
Berilgan ma’lumotga ko‘ra, o‘zbekistonliklar orasida eng mashhur avtomobil — Nexia 3 bo‘lib, 2019-yilning boshidan buyon 52 176 ta avtomobil sotilgan.
Avvalroq Qo‘qonda narxi 3 ming dollar bo‘lgan elektromobillar ishlab chiqarilishi, Shavkat Mirziyoyev loyiha bilan tanishgani hamda rossiyalik bloger Alan Yenileyev ishlab chiqarilishi kutilayotgan elektromobilni sinovdan o‘tkazgani xabar berilgandi.
Izoh (0)