Mudofaa vazirligi markaziy apparatida “Til bor ekan, millat barhayot” nomli ma’naviy-ma’rifiy kecha bo‘lib o‘tdi. Bu haqda axborot va ommaviy kommunikatsiyalar departamenti “Daryo”ga ma’lum qildi.
Tadbirda vazirlik mas’ul ofitserlari, Qurolli Kuchlar xizmatchilari, faxriylar hamda el ardog‘idagi ziyolilar, shoir va yozuvchilar ishtirok etib, tadbir qatnashchilarini yaqinlashib kelayotgan bayram bilan samimiy tabrikladi.
Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 4-oktabr kuni O‘zbekiston Prezidenti “O‘zbekiston Respublikasining ‘Davlat tili haqida’gi qonuni qabul qilinganining o‘ttiz yilligini keng nishonlash to‘g‘risida”gi qarorni imzolagan edi.
Tadbirda ishtirok etgan O‘zbekiston xalq artisti Erkin Komilov, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan jurnalist, “Guliston” jurnali bosh muharriri Mamatqul Hazratqulov so‘zga chiqib, o‘zbek tilining kelajagi borasidagi o‘z fikr-mulohazalarini bildirdi.
Izoh (0)