Hukumat qarori bilan Bosit Tohirov Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarni rivojlantirish agentligi direktorining o‘rinbosari etib tayinlandi. Bu haqda Adliya vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.
Eslatib o‘tamiz, mazkur agentlik Prezidentning 2019-yil 9-sentabrdagi farmoni bilan tashkil etilgan.
Shu kungacha O‘zbekiston xalq ta’limi vaziri o‘rinbosari sifatida ishlab kelgan Sarvar Boboxo‘jayev ushbu agentlik direktori, Nozima Fayziboyeva uning birinchi o‘rinbosari etib tayinlangandi.
Izoh (0)