8-oktabr kuni O‘zbekistonning Buyuk Britaniya va Shimoliy Irlandiyadagi favqulodda va muxtor elchisi etib tayinlangan Said Rustamov Toshkentdan Londonga jo‘nab ketdi. Bu haqda Tashqi ishlar vazirligi xabar berdi.
Said Rustamov bunga qadar O‘zbekistonning Isroildagi elchisi bo‘lib ishlagan.
Unga qadar esa Tashqi ishlar vazirligining Amerika mamlakatlari bilan hamkorlik boshqarmasi boshlig‘i va O‘zbekistonning AQShdagi elchixonasida maslahatchi bo‘lib ishlagan.
2017-yil iyul oyidan beri Alisher Shayxov O‘zbekistonning Buyuk Britaniyadagi elchisi bo‘lib ishlab kelayotgandi.
Izoh (0)