• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12586.41
    • RUB160.42
    • EUR14758.82
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +34°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Ilm-fan

    Bu yil fizika sohasida Nobel mukofoti nimaga berildi?

    Avval xabar berganimizdek, Stokgolmda Shvetsiya qirollik akademiyasi tomonidan joriy yilgi fizika bo‘yicha Nobel mukofoti egalari e’lon qilindi. Unga ko‘ra, “Koinotning tadrijiy evolyutsiyasi va Yerning koinotdagi o‘rnini tushuntirib bergani uchun” ta’rifi bilan AQShning Prinston universiteti professori Jeyms Piblsga teng yarim ulush bilan, “fizik kosmologiya sohasidagi nazariy kashfiyotlari uchun” ta’rifi bilan Jeneva universiteti olimi Mishel Mayorga chorak ulush bilan hamda “Quyosh turidagi yulduz atrofida aylanayotgan ekzosayyorani kashf qilgani uchun” ta’rifi bilan Kembrij universiteti professori Didye Kelozga chorak ulushdan taqsimlab beriladigan bo‘ldi (u, shuningdek, Jeneva universiteti professori va Mishel Mayor bilan birga ishlaydi).

    Demak, bu yilgi fizika bo‘yicha Nobel egalarining barchasi astrofizika sohasidan bo‘lib, ularning ilmiy ishlari orqali koinot o‘tmishi va strukturasi nazariy tushuntirilishi hamda Quyosh sistemasidan tashqaridagi ilk ekzosayyoraning kashf qilinishi singari muhim tarixiy ilmiy yutuqlar qo‘lga kiritilgan.

    Jeyms Piblsning fizik kosmologiya borasidagi tadqiqotlari mazkur sohadagi tadqiqotlarning so‘ngi ellik yillikdagi erishgan natijalarining barchasiga aloqadordir. U orqali kosmologiya qandaydir g‘irt nazariy xomxayol bo‘lgan mujmal fikrlar jamlanmasidan iborat bo‘lgan va istalgan odam “chayqovchilik” qilishi mumkin bo‘lgan mavhum fandan aniq dalillar va ilmiy isbotlangan nazariyalarga tayanadigan zamonaviy ilmiy yo‘nalishga aylandi. Piblsning koinotning tadrijiy taraqqiyoti va strukturasiga oid 1960-yillarda o‘rtaga tashlagan nazariyalari, butun boshli zamonaviy kosmologiya fanining va koinot haqidagi bilimlarimizning asosini tashkil qiladi.

    Pibls taklif qilgan kosmologiya nazariyasi orqali bundan taxminan 14 milliard yil muqaddam sodir bo‘lgan Katta portlash hodisasidan keyingi koinotning rivojlanish modeli, uning keyingi muttasil kengayib va sovib borishi, natijada hozirgi biz bilgan ko‘rinishga kelishi jarayonlari ilmiy izchillik bilan yoritib berilgan. Unga ko‘ra, koinot o‘shandan buyon beto‘xtov, tezlanish bilan kengaymoqda va sovib bormoqda. Katta portlash sodir bo‘lgan vaqt momentida esa koinot favqulodda katta zichlikka ega bo‘lgan va favqulodda ulkan, tasavvurga sig‘mas haroratda bo‘lgan. Katta portlashdan atigi 400 ming yil o‘tib koinot shaffoflashishi va yorug‘lik nurlari fazo bo‘ylab tarqalishi boshlangan. Hatto hozir ham koinotning o‘sha 14 milliard yil muqaddam portlashidan hosil bo‘lgan nurlanishlarni yon-atrofimizda his qilishimiz mumkin. “Relikt nurlanish” deb nomlanadigan sezilar-sezilmas koinot nurlanishlari o‘sha koinot paydo bo‘lishi lahzasida hosil bo‘lgan va tarqalgan nurlanishlarning aks-sadosidir. Uning to‘lqinlarida esa koinotning yana ko‘plab sirlari kodlangan bo‘lishi mumkin va uni sirini ochish fiziklarning navbatdagi izlanishlari uchun mavzu bo‘lishi mumkin.

    Jeyms Pibls o‘zi ishlab chiqqan nazariy yondashuv vositalari hamda hisob-kitoblar orqali koinotning ilk paydo bo‘lgan chaqaloq davri hamda uning keyingi tadrijiy rivojlanish bosqichlarini izchil ketma-ketlik bilan tushuntirib berdi va ular orqali fan uchun inqilobiy bo‘lgan, yechilishi lozim bo‘lgan yangi fizik masalalarni yuzaga olib chiqdi. Xususan, uning ilmiy ishlari orqali biz kundalik ko‘rib, bilib turgan, ushlab ko‘rishimiz va his qilishimiz mumkin bo‘lgan oddiy materiya – aslida koinotning juda-juda kam ulushini – atigi taxminan 5 foiz qismini tashkil qilar ekan xolos. Qolgan 95 foiz koinot esa bizga noma’lum va mavhum bo‘lgan, na o‘zimiz birorta sezgi a’zolarimiz orqali sezolmaydigan, na yasagan asbob-uskunalarimiz orqali payqash mumkin bo‘lmagan mavhum materiya va energiyadan iborat ekan. Bu esa zamonaviy fizika fanida markaziy masalaga aylanib ulgurdi va jahonning minglab ilmiy laboratoriyalarida yetuk fiziklar endi o‘sha mavhum materiya va mavhum energiyani payqash, uning nima ekanligini aniqlash ustida izlanmoqdalar. Shubhasizki, mavhum materiya va mavhum energiya borasida ilk kashfiyotlarni qilgan olimlar ham qachonlardir fizika bo‘yicha Nobelga erishishi tayin.

    Foto: Nobel qo‘mitasi

    Foto: Nobel qo‘mitasi

    1995-yilning oktabr oyida olimlar Mishel Mayor va Didye Keloz tarixda ilk bor Quyosh sistemasidan tashqarida, boshqa yulduzlar atrofida ham sayyoralar mavjudligini aniqlagan. O‘sha yillari ular o‘z galaktikamiz bo‘lmish Somon yo‘lida joylashgan va fizik parametrlariga ko‘ra Quyoshga o‘xshash bo‘lgan yulduzlar yaqinidan sayyoralarni izlash bilan mashg‘ul bo‘lgan edi. Fransiya janubidagi Yuqori Provans rasadxonasida olimlar 1995-yilning oktabrida maxsus tayyorlangan ilmiy uskunalar vositasida Pegas yulduzi yaqinida birinchi ekzosayyorani kuzatishga muvaffaq bo‘lgan. Hozirda ular kashf qilgan o‘sha ilk ekzosayyora 51Pegasi b deb nomlanadi. Sayyora o‘lchamlariga ko‘ra Quyosh sistemasining eng yirik sayyorasi – Yupiterga o‘xshashdir.

    Foto: Nobel qo‘mitasi

    Foto: Nobel qo‘mitasi

    O‘sha kashfiyotdan keyin o‘tgan 15 yilga yaqin vaqt ichida Somon yo‘li galaktikasining o‘zida 4 mingdan ziyod ekzosayyora aniqlandi. Ochilayotgan yangi ekzosayyoralar o‘lchamlari va orbitasining ajablanarli shakllari bilan astronomlarni hayratga solishda davom etmoqda. Natijada astronomlar sayyoralarning paydo bo‘lishi va shakllanishiga oid eski nazariyalarini qaytadan ko‘rib chiqishiga to‘g‘ri kelmoqda. Boz ustiga, ushbu yo‘nalishdagi tadqiqotlar oxir-oqibat biz uchun juda muhim bo‘lgan fundamental savolga javob topilishiga ko‘mak berishi lozim. Bu “Yerdan boshqa sayyoralarda ham hayot bormi?” degan savol bo‘lib, yaqin orada bu borada ham inqilobiy yangiliklar bo‘lib qolishi mumkin.

    Joriy yilgi laureatlar bizning koinot haqidagi tasavvurlarimizni yanada boyitdi. Jeyms Piblsning nazariy kashfiyotlari koinotning Katta portlashdan keyingi tadrijiy rivojlanishi jarayonlarini asoslab bergan bo‘lsa, Mishel Mayor va Didye Keloz galaktikamiz qa’ridan biznikiga o‘xshash sayyoralardan bir necha mingtasini topib berdi. Bu kashfiyotlar tufayli insoniyatning olam tuzilishi haqidagi tasavvurlari butunlay o‘zgarib ketdi.

    Laureatlar haqida qisqacha ma’lumot:

    Jeyms Pibls 1935-yilda Kanadaning Vinnipeg shahrida tug‘ilgan. 1962-yilda AQShning Prinston universitetida PhD darajasini qo‘lga kiritgan. Hozirda ushbu universitetda Albert Eynshteyn ilm professori sanaladi;

    Mishel Mayor 1942-yilda Lozannada tug‘ilgan. PhD darajasini 1971-yilda Jeneva universitetida egallagan. Hozirda Jeneva universiteti professori;

    Didye Keloz 1966-yilda tug‘ilgan. 1995-yilda Jeneva universitetini tamomlagan. Hozirda ushbu universitet professori bo‘lib, shuningdek, Kembrij universiteti professori maqomiga ham ega.

    Muzaffar Qosimov tayyorladi.

    09.10.2019, 08:25   Izoh (0)   31730
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Market Yandex Go Samarqandda ishga tushdi


    Toshkentda Sting brendi homiyligida "Formula-1" filmining premyerasi bo‘lib o‘tdi


    Qayerga investitsiya kiritish mumkin? Qanday aktiv turlari mavjud? 


    Yoz osmonning o‘zidayoq boshlanadi: Silk Avia Toshkentdan Issiqko‘lga kunlik aviaqatnovlarni yo‘lga qo‘ymoqda


    BYD Astana Motors rasmiy dilerlik tarmog‘i Toshkentdagi barcha beshta dilerlik markazida "Best Buy Day" tadbirini o‘tkazadi


    “Wyndham Garden Charvak” kurort majmuasi qurilishi qanday kechayotganini ko‘rsatdi


    American University of Technology (AUT) 28-iyun - Ochiq eshiklar kuniga taklif etadi


    Toshkent va Bangkok o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri aviaqatnov: Centrum Air yangi xalqaro yo‘nalishni ishga tushiradi 


    Oqtepa Lavash “Kalmar o‘yini” asosida Dalgona Boksini chiqardi


    Savdo, fintex va “yashil” loyihalar: Octobank Xitoy bilan hamkorlikni qanday yo‘lga qo‘ymoqda


    “Kia Go!”: Kia Sonet egalarining uchrashuvi – yil davomida birga


     Navoiy innovatsiyalar universiteti: zamonaviy bilim sari ishonchli qadam 


    “S&P” O‘zbekiston Milliy Bankining rеyting prognozini “ijobiy”ga ko‘tardi 


    Qashqadaryoning Chimyoni – Miraki haqida siz bilmagan faktlar


    BI Group va Asakabank O‘zbekistonda tijorat ko‘chmas mulki uchun biznes ipotekasini ishga tushirdi

     

    Tavsiya etamiz

    NATO tarixi – dunyodagi eng qudratli harbiy tashkilotning obro‘si pasaymoqdami?

    26 iyun, 20:31
    Audio Icon

    Joy hammaga yetardi: Jeyms Kemeronga ko‘ra, “Titanik” yo‘lovchilarining omon qolish imkoniyati bo‘lgan

    25 iyun, 23:50

    “Trampning Titanigi to‘xtaydi” — Eron elchisi

    25 iyun, 13:39

    AQSHning Yaqin Sharqdagi harbiy bazalari soni nechta va qayerda joylashgan?

    24 iyun, 19:05
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    “Kanada bilan savdo muzokaralari to‘xtatiladi” — Tramp (video)

    Dunyo | 28 iyun, 18:35

    Toshkent–Tel-Aviv–Toshkent yo‘nalishidagi reyslar qachondan tiklanishi maʼlum qilindi

    O‘zbekiston | 28 iyun, 18:15

    Eronda Isroil bilan urushda halok bo‘lgan harbiylarning dafn marosimi bo‘lib o‘tdi (video)

    Dunyo | 28 iyun, 17:55

    O‘zbekistonda 29-iyun kuni ob-havo qanday bo‘lishi maʼlum qilindi

    O‘zbekiston | 28 iyun, 17:35

    Qozog‘istonda ayol avtobus bekatida farzand ko‘rdi

    Dunyo | 28 iyun, 17:15

    Pokistonda portlash tufayli kamida 16 kishi halok bo‘ldi

    Dunyo | 28 iyun, 16:55

    Klopp klublar o‘rtasidagi JCH haqida: “Bu kabi turnirlar futbolchilar salomatligi hisobiga o‘tkazilmasligi kerak”

    Sport | 28 iyun, 16:53
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.