• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12653.48
    • RUB159.75
    • EUR14871.64
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +40°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    O‘zbek tiliga munosabatimiz: muammolarni qayerdan qidirish kerak?

    “Daryo” kolumnisti, “Ipak yo‘li” xalqaro turizm universitetining birinchi prorektori Azamat Akbarov o‘zbek tiliga munosabat va tilning rivojlanishi borasidagi fikrlarini keltiradi.

    Bu O‘zbekiston Sovet Ittifoqi tarkibiga kirgan davrdan boshlanadi. O‘sha paytda ko‘p odamlar ishda va maktabda rus tilida muloqot qilishar edi. Agar ushbu muammoga global nuqtayi nazardan qaraydigan bo‘lsak, bu muammo nafaqat O‘zbekiston uchun, balki boshqa ko‘plab mamlakatlar uchun ham umumiy muammo ekanligini tushunishib yetishimiz mumkin. Bu mavzu juda muhim, chunki yaqin kelajakda biz tilimizni yo‘qotishimiz mumkin. Worldscience jurnalining 2015-yilgi ma’lumotlariga ko‘ra, bugungi kunda butun dunyo miqyosida taxminan 7 mingta til mavjud bo‘lib, ulardan bittasi har ikki haftada yo‘q bo‘lib ketar ekan.

    Lotin alifbosi va o‘zbek diasporasi

    So‘nggi paytlarda til masalalari bo‘yicha suhbatlar o‘zbek jamoatchiligini birlashtirdi. Hozirda o‘zbek tili uchun lotin alifbosining navbatdagi versiyasi (ko‘rinishi) tanishtirildi. Bu shuningdek, o‘zbek diasporasini yozma darajada birlashtirish imkoniyati sifatida ham qabul qilinadi. O‘zbek tili o‘ziga xos tovushlarga ega bo‘lgan turkiy til bo‘lib, ularning ba’zilarini turk, ozarbayjon, qozoq, qirg‘iz va turkman tillarining lotin alifbolarida ham uchratish mumkin.

    Foto: O‘zA

    Foto: O‘zA

    U O‘zbekistonning rasmiy tili bo‘lib, aholining taxminan 80 foiz o‘zbek tilida bilim olishni da’vo qiladi. Bundan tashqari, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Afg‘oniston, Tojikiston, Turkmaniston, Turkiya, AQSh va etnik o‘zbeklar yashaydigan boshqa joylarda ozchilik jamoalar o‘zbek tilida gaplashadi. Biroq hozirgi kunda o‘zbek tili uchun ishlatiladigan turli alifbolar bu jamoalarni ajratib turadi. Afg‘onistondagi etnik o‘zbeklar o‘zbek yozuvi lotin yozuviga o‘tkazilganga qadar, 1927-yilgacha Sovet Ittifoqi tarkibida O‘zbekistonda qo‘llanilgan arab yozuvida yozardi. Boshqa jamoalar o‘zbek tilini ko‘proq turk imlosiga transliteratsiya qilishadi. Bu farqlar etnik o‘zbeklarning va o‘zbek tilida so‘zlashuvchilarning turli jamoalari bir xil matnlarni o‘qiy olmaydigan yoki bir xil adabiyotlardan bahramand bo‘la olmaydigan holatni yuzaga keltiradi; har bir matn tegishli yozuv tizimiga “tarjima” qilinishi kerak.

    Shunday qilib, O‘zbekistonning lotin alifbosi loyihasi butun dunyoda ko‘p millionlab o‘zbek tilida so‘zlashuvchilar uchun birlashtiruvchi platforma bo‘lib xizmat qilish salohiyatiga ega. Shuningdek, u O‘zbekistonda va diasporada yozma adabiyot va onlayn tarmoqlar uchun umumiy makon yaratishi mumkin. Ushbu madaniy va ijtimoiy sohalarning har ikkalasi ham og‘zaki o‘zbek tilini rivojlantirish va ushbu jamoalarning barchasi o‘rtasidagi aloqalarni yanada kuchaytirish uchun tobora muhimdir. O‘zbekistonda ko‘plab o‘zbek-so‘zlashuvchilari yangi lotin alifbosini davlat tilidan foydalanishni rivojlantirish yo‘lidagi ulkan qadam sifatida qaradilar. Biroq taklif etilayotgan alifboni birinchi ko‘rinishi jamoatchilik uchun katta umidsizlik bo‘ldi.

    2010-yil boshlarida O‘zbekistonda sotilayotgan uyali telefonlarning konfiguratsiyasi tufayli xabarlarni dastlab Lotin yozuvida yozishni anglatuvchi mobil aloqaning tarqalishi ko‘plab yoshlarni rus va o‘zbek tillarida o‘z transliteratsiyasini amalga oshirishga majbur qildi. Suhbat maydonlari (Chatrooms) kabi mashhur forumlarda va 2010-yillar o‘rtalaridagi “SMS inqilobi” sharofati bilan o‘zbek va rus tillari ikkalasi ham o‘ziga xos tovushlarning turlicha takrorlanishi paydo qilgan va boshqa tillarda mavjud bo‘lmagan keng tarqalgan norasmiy transliteratsiyadan foydalanishdi.

    Eng muhimi, ona tiliga ishonish!

    O‘zbek tili O‘zbekistonda hukmron til bo‘lib qolishiga hech ham shubha qilmayman. Boshqa yo‘l yo‘q. Ma’lumki, til yo‘qolganda davlatning o‘zi yo‘qoladi, millat yo‘qoladi. O‘ylaymanki, uning faol targ‘ibotiga uchta omil ta’sir ko‘rsatmoqda: Birinchidan, o‘zbek tilida so‘zlashadigan oilalarda tug‘ilish darajasi yuqori. Ikkinchidan, o‘zbeklarning chet eldan qaytishi. Uchinchidan, o‘zbek maktablari va bolalar bog‘chalari soni ortib borishi.

    XII asrdagi Angliyani yoki XIX asrdagi Rossiyani eslang, elitaning barcha vakillari fransuz tilida muloqot qilishni afzal ko‘rishgan. Aleksandr Pushkin bu haqda yozganidek, “Tatyana o‘z ona tilida o‘z fikrini qiyinchilik bilan ifoda eta olardi”... Bu buyuk imperiyalar o‘z ona tiliga qaytishi uchun juda ko‘p vaqt talab qilindi. O‘zbekistonga necha yil kerak bo‘ladi? Aytish qiyin. Shaxsan men o‘zbek tilining hozirgi rivojlanish sur’atlaridan hech ham mamnun emasman. Muammolarni hal qilish quyidagicha deb o‘ylayman.

    Birinchidan, o‘zbeklar o‘zlari, istisnosiz, shu jumladan, “sovet qobig‘idan” (paltosidan) chiqib ketganlar ham o‘zbek tilida gapirishlari kerak. O‘zbekiston aholisining 80foizini titul millat, ya’ni o‘zbeklar tashkil etganligi sababli, u boshqa etnik guruhlar vakillarini avtomatik ravishda o‘ziga tortib oladigan to‘g‘ri til muhitini yaratadi.

    Biroq bu ishni aniq va juda nozik tarzda bajarish kerak. Birinchidan, rus tilida so‘zlashadigan o‘zbeklarning katta yoshlilarini o‘zbek tilini faol o‘rganishga undash kerak. Shu narsa tushunarliki, manqurtlikda va xiyonatda majburlash va ayblovlar bilan biz hech narsaga erisha olmaymiz.

    Ikkinchidan, aholining ayollar qismi bilan ishlash kerak. Chunki aynan ayollarimiz farzandlarimizni tarbiyalaydi, oilalarda muhit yaratadi va umuman jamiyatimizdagi asosiy tendensiyalarni belgilaydi. Bozordagi falonchi xola, shahardagi chiroyli kiyim kiyib yuruvchi qizlar yoki oddiy uy bekasi bo‘lishidan qat’iy nazar: toki ular o‘zbek tilida gaplashmas ekan, ularning farzandlari tilni bilishmaydi. Ya’ni ayollar o‘zbek tiliga ishonishlari, uning zarurligini tushunishlari kerak.

    O‘zbek tilini o‘rganishdagi muammolar

    1-muammo: Doimiy til amaliyoti va tilni o‘rganish uchun mos muhit yo‘qligi.

    Mening fikrimcha, mustaqillikning 26 yili davomida O‘zbekistonda to‘liq faqat davlat tilidagina amal qiladigan hech qanday faoliyat sohasi paydo bo‘lmadi. Odamlar o‘zbek tilida gaplashishlari uchun, hech bo‘lmaganda, uni chuqur o‘rgana boshlashlari uchun til muhiti zarur. Til siyosati ta’siri ostida atrof-muhit odamlarning til ongiga ta’sir qilgan va tilni o‘rganishga yordam bergan hayotdan misollar keltira olaman.

    Ba’zan viloyatdan yirik shaharlardagi universitetlarga kelgan talabalar rus tilini umuman bilishmaydi. Ular dastlab rus tiliga nisbatan juda shovinistik moyilliklar bilan kelishadi. Lekin ajablanarli tomoni shundaki, to‘rtinchi kursga kelib, koridorda, foyelarda hamma o‘zaro aralash so‘zlar bilan gaplashadilar. Atrof-muhit o‘z izini qoldiradi.

    2-muammo: Jamiyatda o‘rnatilgan o‘zbek tili haqidagi stereotiplar.

    O‘zbekistonliklarning ba’zi bir qismi hali ham stereotiplar hukmronligi ostida yashashmoqda. Rag‘batlantirish (motivatsiya) kerakligiga shubha yo‘q. Ammo ko‘plab o‘zbekistonliklar hali ham hech qanday yaxshi usul yo‘q va o‘zbek bolalar bog‘chalari yaxshi emas deb o‘ylashadi, ehtimol bu to‘g‘ridir?

    3-muammo: Tilning obro‘si yo‘qligi.

    Menimcha, davlat tilining obro‘sini oshirish kerak va bu esa ta’lim sifatini yaxshilashga bevosita bog‘liqdir. Tilning nufuzi ko‘tarilgach, ko‘pchilik o‘zbek tilini o‘rganish istagini namoyon etadi, ammo agar munosib ta’lim darajasi bo‘lmasa, hech narsa ish bermaydi deb hisoblayman.

    4-muammo: O‘zbek tilini o‘qitishning “oqsoq” metodikasi.

    O‘ylashimcha, O‘zbekistonda birinchi navbatda o‘zbek tilini o‘qitish metodikasi oqsamoqda. Ingliz tilini bir yil, ikki yil davomida o‘rganib, unda o‘z fikrlarini osongina ifoda etadigan ammo o‘zbek tilini o‘rgana olmaydiganlar ham bor. Bizning mashhur uslubchilarimiz qayerda? Ular ko‘plab darsliklarni ishlab chiqishgan, ammo barcha mehnat-u zahmatlar behuda.

    Muallif fikri tahririyat nuqtai nazaridan farq qilishi mumkin.

    08.10.2019, 08:41   Izoh (0)   33804
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Vaqt sinovidan o‘tgan tarmoq: 33-yillik faoliyat, 12 million foydalanuvchi tanlovi va mobil aloqaning yangi arxitekturasi


    Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi magistratura dasturlariga qabul jarayonlari davom etayotganini ma’lum qiladi


    O‘zbekistonda tibbiy sug‘urta nima uchun zarur: shifokor qarashi va Neo Insurance tajribasi


    “Biznesni rivojlantirish banki” BMT Taraqqiyot Dasturi bilan hamkorlik qiladi


    “O‘zbekinvest” sug‘urta kompaniyasi 2025-yilning I yarim yilligi yakunlarini eʼlon qildi


    Sug‘urta sohasidagi uzoq kutilgan islohotlar: manfaatlar qonun himoyasida 


    Visa Kapitalbank bilan Xitoyga: WeChat Pay va Alipay orqali naqd pulsiz to‘lovlar – erkin, oson va xavfsiz


    Mobiuz — 8 milliondan ortiq abonentlar tanlovi 


    Yandex Music’da jazirama kayfiyat uchun maxsus “Chilla” bo‘limi paydo bo‘ldi


    OKMKda yangi sulfat kislota sexi qurilmoqda


    Navoiy innovatsiyalar universiteti 2 milliard so‘mlik grant dasturini e’lon qildi 


    “Euromoney” talqinida “O‘zsanoatqurilishbank” O‘zbekistonning eng yaxshi banki deb e’tirof etildi


    “Biznesni rivojlantirish banki” 2025 yilda 138 mingdan ortiq fuqaro bandligini ta’minladi


    Mirzo Ulug‘bek tumanida joylashgan yirik ko‘chmas mulk auksionga qo‘yildi


    Kia Sonet va ADM Global: O‘zbekiston avtomobil klasterini mahalliylashtirilishiga qariyb 260 mln AQSH dollari miqdorida sarmoya

     

    Tavsiya etamiz

    Audio Icon

    Andijoncha hotamtoylik: “Dunyo sadolari”ga sarflanayotgan milliardlar va shubhali shartnomalar

    24 iyul, 21:25

    “Rossiya allaqachon katta og‘alik maqomini yo‘qotib bo‘ldi”. Ukraina urushi postsovet hududida nimalarni o‘zgartirdi?

    24 iyul, 15:15

    Nildan Frot daryosigacha: maxfiylikdan tobora reallikka aylanib borayotgan “Katta Isroil” konsepsiyasi

    22 iyul, 12:22

    KGB soxtalashtirgan jinoyat – SSSR parchalanishi arafasida o‘lim jazosi berilgan qariya kim edi?

    21 iyul, 21:06
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Tadbirkorning taklifi yoki buyurtma asosida bosh rejaga o‘zgartirish kiritilmaydi — Qurilish vazirligi

    O‘zbekiston | 26 iyul, 13:39

    “Real” Vinisius o‘rniga to‘purar hujumchi olib keladi — Cadena Ser

    Sport | 26 iyul, 13:35

    Issiqda ehtiyotkorlik bilan iching: qahva yozda organizmga qanday ta’sir qiladi?

    Layfstayl | 26 iyul, 13:25

    Tailand Kambodja bilan chegaradagi bahsli cho‘qqini nazoratga oldi

    Dunyo | 26 iyul, 13:05

    Butunjahon hojatxonalar tashkiloti O‘zbekiston bilan hamkorlikka tayyor ekanligini bildirdi

    O‘zbekiston | 26 iyul, 12:40

    “Manchester Yunayted” “Real” darvozaboniga qiziqish bildirmoqda

    Sport | 26 iyul, 12:30

    Aydan Shenerdan Hande Erchelgacha: jahonga mashhur turk aktrisalari

    Kino | 26 iyul, 12:20
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.