Bosh prokuratura huzuridagi departamentning Toshkent shahar boshqarmasi tovlamachilik yo‘li bilan 50 ming AQSh dollarini ishlab olishga uringan bir guruh shaxslarni qo‘lga oldi. Bu haqda departament matbuot xizmati “Daryo”ga ma’lum qildi.
Ma’lum bo‘lishicha, bir guruh shaxslar B.S. ismli fuqaroning bir ayol bilan ishqiy munosabatda bo‘lgan holatini videoga olishga muvaffaq bo‘lgan. Ular B.S.dan bu video tarqab ketmasligi uchun 50 ming AQSh dollari talab qilgan.
Jabrlanuvchi tomonidan tovlamachilarga belgilangan summa topshirilayotgan vaqtda ular ashyoviy dalillar bilan qo‘lga olingan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 165-moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Tergov harakatlari olib borilmoqda.
Izoh (0)