Nukusda 30-sentabrdan 6-oktabrgacha O‘zbekiston va Turkmaniston o‘rtasidagi Davlat chegarasini delimitatsiya va demarkatsiya qilish bo‘yicha O‘zbekiston—Turkmaniston hukumatlararo komissiyasi ishchi guruhlarining navbatdagi uchrashuvi o‘tkazildi.
O‘zbekiston TIV matbuot xizmatining xabariga ko‘ra, uchrashuvda tomonlar demarkatsiyaning me’yoriy-texnik hujjatlarini solishtirib chiqdi va ularni O‘zbekiston va Turkmaniston o‘rtasidagi Davlat chegarasini delimitatsiya va demarkatsiya qilish bo‘yicha Qo‘shma O‘zbekiston—Turkmaniston hukumatlararo komissiyasi tomonidan tasdiqlashga kelishdi.
Uchrashuvda, shuningdek, o‘zaro chegarada aerofotosuratga olish yuzasidan fikr almashilgan.
Muzokaralar yakunida delegatsiyalar rahbarlari — O‘zbekiston Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari To‘lqin Abdullayev va Turkmaniston Mudofaa vazirligining 5-sonli korxonasi rahbari Mamed Mammedov tegishli bayonnoma imzolagan.
Izoh (0)