“Odnoklassniki” ijtimoiy tarmog‘ida video va to‘g‘ridan-to‘g‘ri efir vaqtida yuzni tanish funksiyasi paydo bo‘ldi, deb yozadi “Kod.ru”.

Foto: “Kod.ru”

“Odnoklassniki” dagi yangi funksiya tarmoqdagi barcha yuklangan videolar va fotosuratlar orasida birinchi navbatda insonning yuzini, so‘ngra uning profilini deyarli mutlaq aniqlik bilan tanib olish imkonini beradi. Tarmoqning ichki qoidalarini buzmaslik uchun ushbu xizmat faqat foydalanuvchilarning do‘stlari o‘rtasida amal qiladi. Ya’ni endilikda foydalanuvchilar yuzni tanish uchun uzoq muddat videoni ko‘rishlari shart emas. Yangi funksiya avtomatik tarzda do‘stlarni aniqlaydi hamda dastlab ularni tasdiqlashni so‘raydi.

Videoda belgilangan barcha foydalanuvchilarga ushbu harakat haqida xabar jo‘natadi.  Videoda qayd etilgan foydalanuvchilar, agar kerak bo‘lsa, belgini olib tashlashi yoki profil sozlamalarida o‘zlarini videoda ko‘rsatishlari mumkin.

Yangi xizmatdan hozircha ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilarining bir qismigina foydalanishlari mumkin. Barcha foydalanuvchilar uchun OK ish stoli versiyasida va bir oy davomida iOS va Android mobil ilovalarida ochiladi.