• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12768.26
    • RUB162.63
    • EUR14400.04
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +27°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Ilm-fan

    Mendeleyev, Gandi, Tven... Nobel ololmagan daholar

    “Nobel haftaligi oldidan” ruknidagi avvalgi maqolalarimizda muayyan xizmatlari uchun Nobel mukofotiga loyiq ko‘rilgan shaxslar haqidagina to‘xtalib o‘tgandik. 1901-yildan buyon Nobelga sazovor bo‘lgan kishilarning “ko‘rsatgan karomati”ni qarab chiqsak, ba’zi absurd ishlar va hatto xato nazariyalar uchun ham Nobel olganlarni ko‘rish mumkin. Ruknni yakunlovchi ushbu maqolamizda esa mislsiz ilmiy salohiyati va yutuqlariga qaramay Nobel ololmay o‘tgan daho shaxslar haqida so‘z yuritmoqchimiz.

    Fizika yo‘nalishi bo‘yicha Nobel haqida gap ketganda, hammaning xayoliga Xiggs bozoni, gravitatsion to‘lqinlar, kvantlar, relikt nurlanish, pulsarlar, rentgen nurlari, radioaktivlik singari o‘ta oliy ilmiy maqomga ega sohalar va ularning tadqiqotchisi bo‘lgan buyuk fiziklar keladi. Ilm-fandan yiroq oddiy odam uchun qiyinlik qiladigan ilmiy terminologik jumlalar bilan yo‘g‘rilgan fizika sohasidagi Plank, Eynshteyn, Bor, Piter Xiggs singari nobelchilar orasida go‘yoki bu mashvaratga adashib kirib kelganlar ham bor. Masalan, shvetsiyalik muhandis Nils Gustav Dalen haqida shunday deyish mumkin. U shunchaki yomon ob-havo sharoitida o‘z-o‘zidan yonadigan va havo ochilsa o‘zi o‘chadigan mayoq o‘ylab topgan. Albatta, u yashagan zamon va hudud uchun bunday qurilma juda foydali edi. Chunki hali avtomatika va elektronika bo‘lmagan davrda, aniqrog‘i 1912-yilda haqiqatan ham bandargohlarda bu singari ixtirolarga ehtiyoj katta bo‘lgan. Kechasi va havo berk yoki tumanli kunlari dengizdagi kemalarga oriyentir bo‘lishi uchun mayoqni yoqish kerak edi. Bu birinchidan, doimiy bir odam mayoqda navbatchilik qilishini taqozo etar, hamma mayoqlar ham ishchi jalb qilsa bo‘ladigan qulay joyda joylashmagani, ularning soni ko‘pligi uchun mayoqni o‘z-o‘zidan yoqib-o‘chirish mexanizmiga ehtiyoj bor edi. Biroq adolat yuzasidan aytish kerakki, nisbiylik nazariyasiga Nobel berilmagani nuqtai nazaridan qarasak, Dalenning ushbu oddiygina muhandislik yechimidan iborat bo‘lgan ishi uchun Nobel berilgani kishini ajablantirmay qo‘ymaydi.

    Bu ham mayli. Eynshteyn-ku, boshqa bir ilmiy ishi evaziga bo‘lsa ham, oxir-oqibat Nobelga sazovor bo‘ldi. Biroq biz quyida hikoya qiladigan shaxslarning va ularning ilmiy salohiyatining Nobelga loyiq topilmagani bundan-da g‘alati. Keling, ular bilan bir boshdan tanishaylik.

    Dmitriy Mendeleyev.

    Dmitriy Mendeleyev.
    Foto: Wikipedia

    Mendeleyev davriy jadvali va davriy qonunining ilm-fan uchun ahamiyati haqida alohida gap aytishning hojati yo‘q. Davriy jadvaldek muhim ilmiy kashfiyot qilgan daho rus kimyogari Dmitriy Ivanovich garchi uch marta – 1905, 1906 va 1907-yillarda Nobel mukofotiga tavsiya etilgan bo‘lsa-da, uni ololmagan. Har safar mukofot qo‘mitasida yetarlicha ovoz to‘play olmagan va hay’at a’zosi bo‘lgan unga xayrixoh kimyogarlarning umidi “Xudo xohlasa keyingi yil” degan ilinj bilan qolib ketgan. Afsuski, Mendeleyev 1907-yilda vafot etib ketdi va “keyingi yil” degan ilinj hammada so‘ndi. Chunki mukofot faqat tirik olimlarga topshiriladi. Vafot etib ketganlarga, uning ilmiy ishi har qancha olamshumul bo‘lmasin, baribir mukofot berilmaydi.

    Mendeleyevning Nobel borasidagi omadsizligini tadqiq qilgan fan tarixchilari qiziq bir faktga duch kelgan. Garchi, u uch marta Nobelga tavsiya qilingan bo‘lsa-da, har safar unga o‘z vatandoshlari, ya’ni qo‘mitadagi rossiyalik olimlarning o‘zi pand bergan ekan. Yevropalik boshqa olimlar, xususan, shvetsiyaliklarning o‘zi Mendeleyev nomzodini qo‘llab-quvvatlagan bo‘lsa hamki, ruslarning o‘zi unga xayrixohlik ko‘rsatmagani mukofot qo‘mitasi arxivlarida qayd etib qo‘yilgan.

    Mark Tven.

    Mark Tven.
    Foto: “24SMI”

    Amerikalik mashhur yozuvchi Samuel Klemens ko‘pchilik adabiyot ixlosmandlariga Mark Tven taxallusi orqali yaxshi tanish. 1949-yilgi adabiyot bo‘yicha Nobel egasi Uilyam Folkner “dastlabki haqiqiy amerikalik yozuvchi” deb aynan Mark Tvenni maqtagan edi. Ernest Xeminguey esa Amerikaning butun boshli adabiyoti aslida Mark Tvenning “Geklberri Finning sarguzashtlari” asaridan tug‘ilgan deya e’tirof etgan. Shunga qaramay, XX asrning eng buyuk yozuvchilaridan bo‘lmish Samuel Klemens Nobel ololmay o‘tdi. Uning nomzodi naq to‘qqiz marta ushbu nufuzli mukofotning adabiyot yo‘nalishiga tavsiya etilgan. Shunga qaramay, “Tom Soyyer”ning muallifiga baribir biror marta Nobel berilmadi. Tabiatan bosiq va o‘ziga xos xarakter egasi bo‘lgan yozuvchi bu narsaga ham bosiqlik bilan munosabatda bo‘lgan. U o‘zi uchun kitobxonlarning e’tirofi muhimroq ekanini ochiq aytardi. Baribir adabiyot ixlosmandi va ayniqsa “Tom Soyyerning sarguzashtlari” asaridan zavq olgan kitobxon sifatida Mark Tven Nobel ololmaganiga achinasan (Svetlana Aleksiyevich bilan solishtirsa, u qayoqda-yu, Mark Tven qayoqda).

    Maxatma Gandi.

    Maxatma Gandi.
    Foto: “24SMI”

    Tinchlik sohasidagi Nobel mukofoti eng ko‘p e’tiroz va munozaralarga sabab bo‘ladigan yo‘nalishdir. Xususan, bu yo‘nalishda Barak Obama, Mixail Gorbachyov, Aun San Su Chji, Itshoq Rabin va Shimon Peres singarilarning mukofot olishi ko‘pchilikning ensasini qotirgan (anglaganingizdek, mukofot tinchlik sohasida bo‘lgani bilan, bu shaxslar uncha-muncha urushlarga boshchilik qilgan). Shularga qarab turib, Hindiston mustaqilligi kurashchisi, XX asrning shubhasiz eng atoqli shaxslaridan biri Maxatma Gandi nega Nobelsiz qolib ketganiga tushunmaysan. Gandi haqida, jumladan, Eynshteyn shunday degan edi: “Qo‘pollik bilan kuch ishlatish hodisasi haddan ziyod bo‘lgan zamonamizda Gandining o‘z axloqi bilan kishilar ongiga ko‘rsatgan ma’naviy ta’siri mislsizdir. Biz shunday ajoyib zamondosh bilan yashaganimiz uchun taqdirdan minnatdor bo‘lishimiz kerak...”. Gandi hatto Gitlerga maktub yozib, uni shafqatsiz urushlarni to‘xtatishga chaqirgan. Hindiston milliy ozodligi yo‘lida ham kuch ishlatmasdan, qurbonlarsiz kurashish usulini qo‘llagan. Albatta, Gandining tinchlik yo‘lidagi jonbozliklarini Nobel mukofoti hay’atidagilar ham yaxshi bilgan. Harholda u besh marta ushbu nufuzli mukofotga tavsiya etilgani buning isbotidir. Shunga qaramay, hind xalqining milliy qahramoni bo‘lmish Maxatma Gandi Nobelsiz o‘tgan buyuk shaxslardan biridir.

    Gilbert Lyuis.

    Gilbert Lyuis.
    Foto: “Person-info.com”

    Amerikalik kimyogar Gilbert Lyuisning juda ko‘plab ilmiy ishlari Nobelga munosib edi. Xususan, uning elektron kimyoviy bog‘lanish nazariyasi, yadro fizikasi, izotoplar kimyosi, kimyoviy termodinamika hamda fotokimyo sohalarida bajargan ilmiy ishlarining hammasi uchun alohida Nobel bersa arziydigan darajada bo‘lgan. Termodinamikaning uchinchi bosh qonuni formulasini aynan Lyuis birinchi bo‘lib taklif qilgan, ion bog‘lanishi va gomeopolyar kimyoviy bog‘ nazariyasini ham birinchi bo‘lib aynan uning ilmiy ishlari orqali bilib olganmiz. Kimyoviy reaksiyalarning erkin energiyalarini hisoblash usulini ishlab chiqqani hamda “foton” terminini ilmiy muomalaga kiritgani Lyuisning yana boshqa muhim xizmatlaridandir. XX asrning eng yetuk fizik-kimyogarlaridan bo‘lmish Gilbert Lyuis 30 martadan ziyod Nobel mukofotiga tavsiya qilingan. Biroq qo‘mita biror marta unga yon bosmadi va shunday yirik olim Nobelsiz o‘tib ketdi.

    Emil Ru.

    Emil Ru.
    Foto: Wikipedia

    Tibbiyot va fiziologiya sohasida ham bu kabi fiasko sodir bo‘lgan. Fransiyalik bakteriolog olim Emil Ru 83 marta Nobelga tavsiya etilgan. Biroq har safar qo‘mita uning nomzodini inkor qilavergan. Ru insoniyatga ko‘rsatgan xizmatlari sirasiga, masalan, uning sa’y-harakatlari orqali difteriya kasalligi ustida g‘alaba qozonilgani kiradi. Shuningdek, kuydirgi kasalligini (Sibir yarasi) davosini topishda ham Emil Runing ilmiy tadqiqotlari juda katta ahamiyat kasb etgan. Shunga qaramay, 1853–1933-yillarda yashab o‘tgan bu olim qo‘lga kiritgan eng ko‘zga ko‘rinarli e’tirof Kopli medali bo‘lgan xolos (u London qirollik jamiyati tomonidan beriladi).

    Shunday olim Nobel ololmasa-yu, Yoxannes Fibirger singarilarga hali isbotlanmagan xom nazariyasi uchun Nobel berib yuborilsa, biroz g‘alati va achinarli ko‘rinadi. Fibirger 1926-yilda tibbiyot yo‘nalishida Nobel olgan. U go‘yoki o‘z tadqiqotlarida ilmiy nomi spiroptera bo‘lgan qurt (chuvalchang) turi tufayli tirik organizmlarda saraton kelib chiqishini isbotlagan edi. Hatto sichqonlarda o‘tkazilgan tajribalar go‘yoki Fibirger haq ekanini ko‘rsatib berdi... Biroq keyinchalik ma’lum bo‘lishicha, aslida Fibirgerning gistologiyadan bilimlari yetarli bo‘lmagan va tajriba aslida boshqa omil tufayli sichqonlarda saraton keltirib chiqargan. Xususan, sichqonlar aynan shu qurtni iste’mol qilgani uchun saratonga yo‘liqmagan, balki ularga boshqa narsa bermay, muttasil shu qurt bilan boqilgani uchun vitamin A yetishmasligidan saratonga chalingan ekan. Boz ustiga, u urg‘ochi o‘simta emas, balki erkak o‘simta (ya’ni, yaxshi sifatli o‘simta) hosil qilar ekan. Hozirda Nobel qo‘mitasi, xususan, uning tibbiyot va fiziologiya bo‘yicha nomzodlarni saralaydigan hay’ati Fibirgerga Nobel berilganini qo‘mitaning eng katta xatosi deb hisoblaydi.

    Emil Ru.

    Emil Ru.
    Foto: Wikipedia

    Biroq Nobel ololmay o‘tgan olimlar ichida eng achinarlisi Arnold Zommerfeld bo‘lsa kerak. Uning juda ko‘plab shogirdlari va izdoshlari Nobelga sazovor bo‘lgan. Xususan, Verner Geyzenberg, Volfgang Pauli, Debay, Xans Byote, Laynus Poling, Isidor Rabi, Maks fon Laue singarilari Zommerfeldning shogirdlaridir. Nima qilsinki, Arnold Zommerfeld juda kuchli raqobat va ilmiy daholar zamonasida yashagan. U mukofotga tavsiya etilgan paytda Albert Eynshteyn, Maks Plank, Nils Bor, Ernest Rezerford, Jeyms Frank singari yirik va nufuzli olimlar ham ushbu mukofotga da’vogar edi. Lo‘nda qilib aytganda, har qancha taniqli olim bo‘lmasin, Zommerfeld har safar ilm osmonida o‘zidan-da yorqin yulduz bo‘lgan boshqa olimning soyasida qolib ketgan.

    Yuqorida Mark Tven hamda Gilbert Lyuis o‘zlariga Nobel berilmaganini unchalik ham katta omadsizlik deb qabul qilmaganini eslatishni unutibmiz. Lekin Zommerfeld haqida bunday deb bo‘lmaydi. U o‘ziga Nobel berilishini juda intiqlik bilan ko‘p yillar kutar va har safar laureatlar orasida o‘z ismi-sharifini ko‘rmay, qattiq xafa bo‘lar edi. Axir uni oz emas, ko‘p emas, naq 81 marta mukofotga tavsiya etishgandi-da! Shunga qaramay, Zommerfeld biror marta Stokgolmga chaqirilmadi va shved qirolidan medal ololmadi. Zommerfeldning o‘zi 1923-yilda aniq Nobel olishim kerak edi deb hisoblagan. Biroq unga asosan mukofot qo‘mitasidagilarning qaysarligi, chunonchi, Karl Ozen ismli hay’at a’zosining salbiy taqrizlari to‘sqinlik qilgan.

    Muzaffar Qosimov tayyorladi.

    Nobel haftaligi oldidan nimalarni bilish kerak?

    • Mukofot kimga va nimaga beriladi?
    • Nobel medallari haqida
    • Nobel medallari qanday tayyorlanadi? (fotogalereya)
    • Nega Eynshteynga nisbiylik nazariyasi uchun Nobel berilmagan?
    • Nobelning eng yosh sohiblari haqida

    06.10.2019, 12:06   Izoh (0)   32968
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Octobank bankomatlarni BS/2 bilan birga “aqlliroq” qiladi


    Abadiy ishonchlilik va xavfsizlik: GWM sohaning yangi standartlarini joriy etmoqda


    ANORBANK va BS/2 O‘zbekistonda banklarda o‘z-o‘ziga xizmat ko‘rsatish tarmog‘ini kengaytirmoqda


    2025-yilning 5 oyi davomida Mobiuz minglab tayanch stansiyalarini ishga tushirdi va texnik infratuzilmani zamonaviylashtirdi


    Centrum Air yangi Airbus A320neo — aviaparkidagi to‘qqizinchi samolyotni qabul qilib oldi 


    UZTELECOM 10 Gbit/s tezlikdagi uy internetini foydalanuvchilarga taqdim etdi


    MKBANK xalqaro moliya bozorida: Qozog‘iston banklaridan 15 million dollar jalb qilindi


    LUKOIL: yosh iste’dodlar ovozi katta sahnada yangradi


    So‘zlar ahamiyatga ega: TBC Bank 8-mart tabriklarini pullarga aylantirib, ayollar tadbirkorligini qo‘llab-quvvatladi


    Xon Saroy tomonidan an’anaviy “Mening orzuyimdagi uy” rasmlar tanlovi boshlandi 


    Ipoteka Bank OTP Group o‘zini o‘zi band qilganlarga yangi ipoteka dasturini ishga tushirdi: hujjatlarsiz, asabbuzarliksiz, samarali natijalar bilan


    “Biznesni rivojlantirish banki” biznes uchun qulay innovatsion bank bo‘lishga intilmoqda


    Chery gazga o‘tmoqda: kafolat to'liq saqlanib qolinadi, o‘rnatish esa 31 maygacha bepul! 


    Sistit — bu uyat emas!


    “O‘zbekinvest” IUA aʼzosiga aylandi va Londonning global sug‘urta bozorida o‘z mavqeini mustahkamladi

     

    Tavsiya etamiz

    Gitlerdan so‘ng eng mashhur natsist – dorga osilgan Ribbentropning ayanchli taqdiri

    31 may, 19:25

    “Ikki xonali uy uchun 715 mln so‘mdan”. “Daryo”dagi maqoladan so‘ng poytaxt hokimligi uysiz qolgan aholiga xonadon sotib olish uchun mablag‘ ajratdi

    28 may, 21:15

    Budapesht fasadlari: sanʼat ko‘chada yashaydi (foto)

    27 may, 10:00

    Gestapo va KGB xizmatida bo‘lgan buxorolik “Shtirlits”

    26 may, 19:00
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Mayda oylik inflyatsiya keskin oshdi. Qaysi hududlarda narxlar tez o‘smoqda?

    Iqtisodiyot | 1 iyun, 20:13

    Ukraina Rossiya harbiy aerodromlariga hujumga 1,5 yil tayyorgarlik ko‘rgan — OAV (foto)

    Dunyo | 1 iyun, 20:05

    Zinedin Zidan 100 mln yevrolik taklifni rad etdi

    Sport | 1 iyun, 19:40

    Pentagon rahbari Xitoyning Tayvanga hujumiga tayyorlanishga chaqirdi

    Dunyo | 1 iyun, 19:20

    Pokiston va Afg‘oniston chegarasida ISHID yetakchisidan biri ushlandi

    Dunyo | 1 iyun, 18:25

    Rossiyaning yadroviy qurol tashiydigan samolyotlari saqlanayotgan aerodromlar yalpi hujumga uchradi

    Dunyo | 1 iyun, 17:41

    Fransiyada “PSJ” g‘alabasidan keyingi tartibsizliklarda ikki kishi halok bo‘ldi (video)

    Dunyo | 1 iyun, 17:30

    “Manchester Siti” “PSJ” futbolchisi uchun da’vogarlik qilmoqda

    Sport | 1 iyun, 17:10
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.