Futbol bo‘yicha Angliya Premyer ligasining 8-turi doirasida 5-oktabr, shanba kuni Maurisio Pochettino qo‘l ostidagi Londonning “Tottenhem” klubi safarda “Brayton”ga qarshi maydonga tushdi.
Uchrashuvning 3-daqiqasidayoq mezbon jamoa hujumchisi Nil Mope hisobni ochgan bo‘lsa, 32 hamda 65-daqiqalarda 19 yoshli irlandiyalik Aaron Konnolli dublga erishdi.
Shu tariqa “shporlar” “Brayton”ga qarshi kechgan o‘yinda o‘z darvozasidan javobsiz 3 ta to‘p olib chiqdi va ochko yo‘qotdi.
Qayd etish joiz, o‘yinning 8-daqiqasida London klubi darvozaboni Ugo Lyoris jarohat oldi va uning o‘rniga Paulo Gassaniga zaxiradan maydonga tushdi.
Ma’lumot uchun, “Tottenhem” 11 ochko jamg‘argan holda musobaqa jadvalida 6-o‘rinni egallab turibdi. “Brayton” esa ochkolari sonini 9 taga yetkazib, 12-o‘ringa ko‘tarilib oldi.
APL
8-tur bahsi
5-oktabr, shanba
“Brayton”—“Tottenhem” 3:0
Gollar: 1:0 — 3 Mope, 2:0 — 32 Konnolli, 3:0 — 65 Konnolli“Brayton”:Rayan, Dank, Uebster, Bern, Montoyya, Gross, Elzeyt (Bong, 88), Muy, Stivens (Myurrey, 90), Konnolli (Bissuma, 80), Mope
“Tottenhem”:Lyoris (Gassaniga, 8), Alderveyreld, Devis, Vertongen, Sissoko, Lamela, Eriksen, Ndombele (Uinks, 46), Dayer, Son Hyon Min (Lukas Moura, 73), Keyn
Ogohlantirishlar:Dayer (55), Stivens (57), Dank (89)
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)