• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12559.26
    • RUB160.17
    • EUR14413.01
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +36°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Samarqandda 15 mlrd so‘mlik mulklaridan ayrilgan tadbirkorning murojaatlari faqat xat bilan “yopilmoqda” (video)

    2018-yil oktabr oyida “Daryo” nashri orqali samarqandlik tadbirkor Jamshid Shomurodov viloyat hokimining tadbirkorlar bilan uchrashuvida muammosi hal etilmayotganligi to‘g‘risida murojaat qilgandi. Oradan bir yil o‘tgan bo‘lsa-da, hamon tadbirkorning muammosi tegishli tashkilotlar tomonidan o‘rganilgani yo‘q. Bu haqda “Daryo” muxbiri Farhod Norbo‘tayev ma’lum qildi.

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    O‘tgan yili haqiqat izlab 8 marotaba shahar prokuraturasi, 20 marotaba viloyat prokuraturasi, 8 bor Bosh prokuratura, 10 marotaba Xalq qabulxonasi, 3 bora viloyat hokimi Erkinjon Turdimovga murojaat qilgan Jamshid Shomurodov 2019-yil davomida ham huquqni muhofaza qiluvchi idoralarga ko‘p qatnagan. Hatto Bosh prokuror qabuliga ham kirgan. Biroq shuncha murojaatlarga qaramasdan tegishli tashkilotlar tomonidan masala paysalga solinib, ko‘rilmay kelinmoqda.

    Samarqand shahar hokimining 2015-yil 27-noyabrdagi “Ko‘p qavatli turar joy binosini qurishga ruxsat berish haqida”gi qarori bilan “Garant quruvchi servis” mas’uliyati cheklangan jamiyatiga Samarqand shahar, Gagarin ko‘chasi, 128-manzilda joylashgan uyni qonun talablari asosida buzgan holda qaytadan yangi bino qurish uchun ruxsat berilgan. Mazkur qarorda tarkibida noturarjoy binolari mavjud bo‘lgan besh qavatli turar joy binosida yashayotgan fuqarolarga tegishli xonadonlarni amaldagi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda ko‘chirish belgilangan. Qurilishi rejalashtirilgan ko‘p qavatli turar joy binosining birinchi qavatidan buzilishga tushgan binosiga mutanosib ravishda o‘z tannarxi qiymatida ajratib berish sharti bilan buzilishdan bo‘shagan jami 2122 kvadrat metr yer maydoni ajratish to‘g‘risidagi dalolatnoma tasdiqlanib, zamonaviy arxitektura loyihalari asosida ko‘p qavatli turar joy binosi qurilishga ruxsat berilgan.

    Samarqand shahar hokimining 2016-yil 19-dekabrdagi qarori bilan 2015-yil 27-noyabrdagi qarorga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilgan. Qarorning 1-bandida “Garant quruvchi servis” MChJga Samarqand shahar, Fitrat ko‘chasi 1-yo‘lak, 1, 3, 5 va 7-xonadonlar hamda Gagarin ko‘chasi, 128 va 130-manzildagi ko‘p qavatli turar joy egalarini amaldagi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda ko‘chirish sharti bilan shahar hokimligi yer komissiyasining 2016-yil 10-sentabrdagi 48-sonli “Qurish uchun tanlangan yer maydoni dalolatnomasi” tasdiqlangan va zamonaviy arxitektura loyiha hujjatlari asosida ko‘p qavatli turar joy binolari qurilishga ruxsat berilgan deb o‘zgartirish kiritilgan.

    — Mulk huquqi asosida menga tegishli bo‘lgan uylar “Garant quruvchi servis” MChJ tomonidan kompensatsiya masalasi hal etilmasdan, meni roziligim olinmasdan buzib tashlangan, — deydi Jamshid Shomurodov. — Xususan, Samarqand shahar, Gagarin ko‘chasi 128-manzildagi ko‘p qavatli turar joy binosining 58, 61, 62 va 64-xonadonlari buzib tashlangan.

    Jamshid Shomurodovning ta’kidlashicha, bundan tashqari, 2007-yilning 31-avgustida imzolangan 2872-sonli oldi-sotdi shartnomasida ko‘rsatilgan 77-xonadon, 2008-yilning 27-may kuni imzolangan oldi-sotdi shartnomasidagi 105-xonadon, 2002-yil, 12- fevral kuni imzolangan 202-sonli oldi-sotdi shartnomasida ko‘rsatilgan 59-xonadon, 2009-yilning 1-aprel kuni imzolangan 31-sonli oldi-sotdi shartnomasida ko‘rsatilgan 33-xonadon, 2004- yilning 20-oktabr kuni 2872-sonli oldi-sotdi shartnomasida ko‘rsatilgan 55-xonadon va fuqaro Nuriya Botirovadan sotib olingan 32-xonadon sudning hal qiluv qarorisiz noqonuniy buzib tashlangan. Qolaversa, mazkur xonadonlar ichidagi jihozlar ham talon-toroj qilingan.

    —Prezident Shavkat Mirziyoyev 2019-yil 3-avgust kuni “Fuqarolar va tadbirkorlik subyektlarining mulk huquqi kafolatlanishini so‘zsiz ta’minlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi farmoyishini imzoladi. Samarqand viloyatida mazkur qaror ijrosini ta’minlashni nazorat qilish bosh prokuror o‘rinbosari S.Saidkarimov zimmasiga yuklatilgan,— deydi Jamshid Shomurodov. – Biroq Prezident farmoyishida aynan ushbu masalalar bo‘yicha prokuratura shug‘ullanishini ko‘rsatib o‘tilgan bo‘lsa-da, Samarqand shahar prokuraturasi farmoyishga zid ravishda mening arizamni ko‘rib chiqmasdan Samarqand shahar IIO FMB TB bo‘limiga yuborgan.

    Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 29-maydagi 97-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Yer uchastkalari davlat va jamiyat ehtiyojlari uchun olib qo‘yilgan fuqarolarga va jismoniy shaxslarga yetkazilgan zararni qoplash tartibi to‘g‘risida”gi nizomning 9-bandi talabiga ko‘ra, muammo Samarqand shahar hokimligi huzuridagi tovon berish, yetkazilgan zararlar miqdori va kompensatsiya turini belgilash bo‘yicha komissiya tomonidan ko‘rib chiqilmagan. Jamshid Shomurodovga tegishli bo‘lgan buzilgan xonadonlar uchun bugungi kunga qadar kompensatsiya masalasi hal etilmagan.

    Kompensatsiya masalasi hal etilmaganligining sabablaridan biri “Samarqand shahar hokimligi huzuridagi buzilishga tushgan turar va noturar joy hamda ko‘chiriladigan daraxtlar uchun to‘lov miqdori masalasini ko‘rib chiqishda to‘lov miqdorini va kompensatsiya turini belgilash bo‘yicha komissiya tarkibini tasdiqlash to‘g‘risida”gi shahar hokimining 2019-yil 18-apreldagi qarori kech qabul qilingan.

    Masalaning yana bir tomoni shundaki, “Garant quruvchi servis” mas’uliyati cheklangan jamiyati 2018-yilning 27-aprel kuni 893858-sonli reyestr raqam bilan qayta davlat ro‘yxatidan o‘tkazilib, boshqa jamiyat bilan birlashgan va “Next City” mas’uliyati cheklangan jamiyati nomini olgan. Ya’ni “Garant quruvchi servis” MChJ Jamshid Shomurodov bilan bog‘liq muammolarni bartaraf etmasdan turib masalaga uchinchi tashkilotni ham aralashtirgan.

    — Samarqand shahar va viloyat prokuraturasi, ichki ishlar boshqarmalariga ikki yildan buyon qayta-qayta murojaat qilib kelaman. Ammo buzilgan 15 milliard so‘mlik mulklarim uchun hali ham bir tiyin ololganim yo‘q. Buning o‘rniga huquq-tartibot idoralari Jinoyat kodeksining 228-moddasi (“Hujjatlar, shtamplar, muhrlar, blankalar tayyorlash, ularni qalbakilashtirish, sotish yoki ulardan foydalanish”) tegishli bandlari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atib, keyinchalik jinoyat ishi to‘xtatildi. Bugungacha murojaat qilmagan joyim qolmadi hisob. Barchasiga bir xil javob olaman: “mulk egalarining rozilik xatlari olingan, Vazirlar Mahkamasining tegishli qarorlariga asoslanib, uy buzilgan” degan mazmunda. Aniqroq aytadigan bo‘lsam, men mulklarimdan ajralib murojaat qilyapman, men murojaat qilgan idoralar esa ustimdan kulgandek “zarar qoplangan” demoqda. Shu yolg‘on ma’lumot respublika idoralariga ham taqdim etilmoqda, — deydi tadbirkor Jamshid Shomurodov.

    04.10.2019, 09:35   Izoh (0)   30303
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Toshkentda ilk marta Turkiy kengashning biznes forumi o‘tkaziladi

    04.10.2019, 09:19

    Saudiya Arabistoni ishbilarmonlari ilk bor Namangandagi xalqaro biznes-forumga keldi

    04.10.2019, 08:28

    Deputat Rasul Kusherboyev Tashqi ishlar vazirligi o‘zbekistonliklarni himoya qila olmayotganini ma’lum qildi

    04.10.2019, 07:14

    Namangan viloyati hokimligi viloyatdagi barcha attraksionlar texnik ko‘rikdan o‘tkazilishini ma’lum qildi

    04.10.2019, 05:38

    Toshkentda “Tez yordam” shifokorini do‘pposlagan erkakka nisbatan jinoiy ish qo‘zg‘atildi

    03.10.2019, 23:58

    DXX Qirg‘izistondan olib kirilgan giyohvand moddalarni musodara qildi

    03.10.2019, 23:42
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Investitsiya nima va u insonlarga nima uchun kerak?


    TBC Bank va Bahodir Jalolov firibgarlarga qarshi jangga chiqdi 


    AKFA Group “AKFA Medline Social” nomli tibbiy startap qurilishini boshlanganini e’lon qildi 


    “Moody’s Ratings” xalqaro reyting agentligi “O‘zbekinvest” kompaniyasi reytingi prognozini “Ba2”- “ijobiy” darajagacha ko‘tardi


    Uzbekistan Airways Seulga kunlik aviaqatnovlarni taklif qiladi


    InfinBank pul o‘tkazmalari geografiyasini kengaytirmoqda


    “O‘zbekinvest” EISK AJ va Slovakiyaning EXIMBANKA SR o‘rtasida hamkorlik to‘g‘risida bitim imzolandi


    InfinBANK tomonidan XISMK liniyasi bo‘yicha taqdim etilayotgan islomiy moliyalashtirish – biznesni rivojlantirish uchun ishonchli yechim 


    Paynet xizmatlari endi Kapitalbank bankomatlarida mavjud


    “Mikrokreditbank” ATB IX Germaniya-O‘zbekiston biznes forumi doirasida ODDO BHF bank bilan 50 million dollarlik shartnoma imzoladi


    "Eco Expo Central Asia 2025" doirasida xalqaro ekologik tashabbuslar birlashmoqda


    Moody’s “Biznesni rivojlantirish banki” reytinglarini “salbiy”dan “barqaror”ga o‘zgartirdi


    O‘zbekiston terma jamoasining dunyodagi eng yirik sport tadbiriga chiqishi Kia brendining mavqeini yanada mustahkamlashga xizmat qiladi 


    Texnologiyaning yangi bosqichi — HUAWEI Mate XT va HUAWEI Mate 70 Pro bilan tanishing


    Buxoro, G‘ijduvon, zindon, misvok va madrasa – 100 savolga 1 javob

     

    Tavsiya etamiz

    Vashington Tehronga qarshi harbiy kampaniyadan Xitoy va Rossiyani jilovlashda foydalanmoqchimi? Mintaqamizni nimalar kutadi?

    19 iyun, 22:05

    Chelyabinskka qulagan meteorit — 540 kiloli osmon jismi qanday topilgan edi?

    19 iyun, 13:31

    Qariyb yarim asrlik mehnat yoxud Eron qanday qilib raketa derjavasiga aylandi?

    18 iyun, 20:05

    Raddiyaga raddiya: “Yuksalish” harakati va “O‘zsuvtaʼminot” AJ bir-birini yolg‘on maʼlumot tarqatishda ayblamoqda

    17 iyun, 00:10
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Medvedev bir qator davlatlar Eronga “yadroviy o‘q-dorilar” berishga tayyorligini aytdi

    Dunyo | 22 iyun, 18:19

    “Qo‘shnilar” bahsi, braziliyaliklar hissasi va yirik hisobdagi g‘alaba: “Navbahor” va “OKMK” o‘yinidan fotogalereya

    Sport | 22 iyun, 18:00

    Suriyada Bashar Asadning amakivachchasi qo‘lga olindi

    Dunyo | 22 iyun, 17:31

    Husiylar AQSHning Eronga hujumi sabab urushga qo‘shilganini e’lon qildi

    Dunyo | 22 iyun, 16:55

    Eron yadroviy obyektlariga zarba: yetakchilar qanday fikrda?

    Dunyo | 22 iyun, 16:24

    Xosep Gvardiola: “Ayrim futbolchilar ketadi”

    Sport | 22 iyun, 15:25

    Isroil va Erondagi o‘zbekistonliklardan imkon qadar xavfsiz hududlarga chiqib ketish so‘raldi

    O‘zbekiston | 22 iyun, 15:09

    Misrdan O‘zbekistonga gepatit C ga qarshi dori vositalari to‘rtinchi partiyasi yetkazildi

    O‘zbekiston | 22 iyun, 13:40
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.