Peru prezidenti Martin Viskarra vazirlar mahkamasining yangi tarkibini belgilab berdi. 30-sentabrda davlat rahbari Kongress tarqatib yuborilishi va saylovlar muddatidan avval o‘tkazilishini ma’lum qilgandi. Bu haqda “Kommersant” xabar berdi.
Ushbu voqealarga qadar tarkibida muholifat vakillari ko‘pchilikni tashkil qilgan Kongress bir necha marta prezidentning tashabbuslarining amalga oshirilishiga to‘sqinlik qilgan.
Vazirliklarning barcha yangi rahbarlari prezidentga qasamyod qildi. Hukumat boshqaruvi sobiq Adliya vaziri Visente Sebalyosga topshirildi. Peruning yangi tashqi ishlar vaziri etib mamlakatning BMTdagi vakili Gonsalo Mesa Kuadra, mudofaa vaziri etib iste’fodagi general Valter Ruis tayinlandi. Iqtisodiyot va moliya vazirligiga iqtisodchi Maria Antonina Alva, Energetika va tog‘ ishlari sohasi boshqaruvi Xuan Karlos Liuga topshirildi. Vazirlar mahkamasining avvalgi tarkibidagi 10 nafar vazir o‘z o‘rnini saqlab qoldi.
Mavzuga doir:Peru prezidenti parlamentini tarqatib yuborishni buyurdi. Parlament davlat rahbarining o‘zini bir yilga chetlatdi
Izoh (0)