• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12456.25
    • RUB158.36
    • EUR14461.71
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +34°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Dunyo

    Dunyoning eng yirik orollari haqida bilasizmi?

    Yer kurrasining atigi 29 foizi quruqlikdan iborat. Qolgan qismi suv bilan qoplangan. Ana shu quruqlik ham yaxlit bir bo‘lak bo‘lmay, bir nechta materik va qit’alardan iborat. Shuningdek, qit’alarga tutashmay, alohida joylashgan ko‘plab katta va kichik quruqlik bo‘laklari borki, ular orol deb yuritiladi.

    Bugungi kunda Yer kurrasida 500 ming atrofida turli o‘lchamdagi orollar bor.

    Ularning bir qismi quruqlik, yana bir qismi esa vulqon natijasida hosil bo‘lgan orollar hisoblanadi.

    Orollarning joylashish o‘rni ham xilma-xil, ba’zi hududlarda umuman bo‘lmasa, boshqa bir hududlarda arxipelag tarzida sochilib ketgan.

    Ko‘plab orollar turli davlatlarga tegishli bo‘lsa, yana bir qancha orollar orol-davlat hisoblanadi, Yaponiya, Kuba kabi. Shuningdek, bir orol hududi ikki davlatga tegishli bo‘lishi mumkin; masalan, Timor orolining yarmi Indoneziyaga qarasa, yarmi Sharqiy Timor davlatiga tegishli. Yangi Gvineya orolining yarmi Indoneziyaga, yarmi Papua–Yangi Gvineya davlatiga qaraydi. Irlandiya orolining bir qismi Buyuk Britaniyaga tegishli bo‘lsa, katta bir qismida Irlandiya davlati joylashgan.

    Quyida dunyodagi eng yirik orollar o‘nligini keltiramiz.

    10. Elsmir oroli, Kanada

    Orol aholisi: 170 kishi

    Orol maydoni: 196 236 kvadrat kilometr

    Foto: Google Photos

    Foto: Google Photos

    Elsmir Kanadagi yirik orollardan biri hisoblanadi.

    Ushbu orol Kanadaning eng shimoliy qismida joylashgan. U Nenavut provinsiyasiga qaraydi. Orol Qirolicha Yelizaveta arxipelagi tarkibiga kiradi.

    Orolning eng baland nuqtasi – dengiz sathidan 2 616 metr.

    Orolda bor-yo‘g‘i 170 kishi yashaydi. Orol tabiati yovvoyi hayvonlarga juda boy.

    9. Viktoriya oroli, Kanada

    Orol aholisi: 1 707 kishi

    Orol maydoni: 217 291 kvadrat kilometr

    Foto: Google Photos

    Foto: Google Photos

    Yer kurrasidagi eng katta orollar reytingining 9-o‘rnida Kanadaning yana bir oroli – Viktoriya joylashgan. Orolning o‘lchami uzunasiga ham, eniga ham teng: 500 kilometr.

    Orolda baland tog‘lar yo‘q, uning dengiz sathidan eng baland joyi 1000 metrni tashkil etadi.

    Ushbu orolning bir qismi Nanavut provinsiyasiga, yana bir qismi Kanada arxipelagining shimoliy-g‘arbiy hududiga qaraydi.

    Orolda ikkita aholi punkti bor: Kembridj-bey va Xolmen.

    8. Xonsyu oroli, Yaponiya

    Orol aholisi: 103 million kishi

    Orol maydoni: 227 962,59 kvadrat kilometr

    Foto: Google Photos

    Foto: Google Photos

    Xonsyu oroli Yapon arxipelagidagi eng yirik orol hisoblanadi. Orol hududi Yaponiya hududining 60 foizini tashkil etadi.

    Xonsyu oroli hududi reytingda o‘zidan bir pog‘ona tepada turgan Buyuk Britaniya orolidan arzimagan o‘lchovda ortda qoladi.

    Ushbu orolda Yaponiyaning eng baland nuqtasi bo‘lish bilan birga yaponlar uchun muqaddas sanaladigan, balandligi 3 776 metr bo‘lgan Fudziyama tog‘i joylashgan. Orolda joylashgan tog‘larda bir qancha vulqonlar ham joylashgan.

    7. Buyuk Britaniya oroli

    Orol aholisi: 60 million kishi

    Orol maydoni: 229 848 kvadrat kilometr

    Foto: Google Photos

    Foto: Google Photos

    Buyuk Britaniya Britan orollari tarkibidagi eng yirik orol hisoblanadi. Bu orolda Angliya, Shotlandiya va Uels joylashgan.

    Buyuk Britaniya orolining uzunligi 966 kilometrgacha cho‘ziladi. Eni esa 483 kilometr. Orolning eng baland nuqtasi – 1 344 metr.

    6. Sumatra oroli, Indoneziya

    Orol aholisi: 51 million kishi

    Orol maydoni: 473 000 kvadrat kilometr

    Foto: Google Photos

    Foto: Google Photos

    Sumatra oroli Indoneziyada joylashgan. Indoneziyan o‘zi orollardan tashkil topgan davlat hisoblanadi.

    Orol Malay arxipelagi va Katta Zond orollari tarkibiga kiradi.

    5. Baffin Yeri oroli, Kanada

    Orol aholisi: 11 ming kishi

    Orol maydoni: 507 451 kvadrat kilometr

    Foto: Google Photos

    Foto: Google Photos

    Baffin Yeri oroli Kanadaning shimoliy qismida joylashgan.

    Orolning asosiy qismida ob-havo noqulayligi bois aholi umuman yashamaydi.

    Oroldagi ozgina aholi Nunavit provinsiyasining markazi Ikaliut shahrida yashaydi.

    Orolda ko‘plab yirik ko‘llar bor. Orol Kanada taygasining bir qismi hisoblanadi.

    4. Madagaskar oroli

    Orol aholisi: 20 million kishi

    Orol maydoni: 587 041 kvadrat kilometr

    Foto: Google Photos

    Foto: Google Photos

    Magadaskar oroli Afrika qit’asining markaziy-sharqiy qismiga yaqin joyda joylashgan. Qit’a bilan orol o‘rtasidagi bo‘g‘oz Mozambik bo‘g‘ozi deb ataladi.

    Bu orolda ham yaxlit bir davlat – Madagaskar davlati joylashgan.

    Madagaskar orolining o‘lchami: Uzunligi 1 600 kilometr, eni esa 600 kilometrni tashkil etadi. Mamlakat poytaxti – Antananarivu shahri.

    3. Kalimantan oroli, Indoneziya, Malayziya, Bruney

    Orol aholisi: 16 million kishi

    Orol maydoni: 743 330 kvadrat kilometr

    Foto: Google Photos

    Foto: Google Photos

    Dunyodagi eng yirik orollar ro‘yxatida 3-o‘rinda Kalimantan oroli turadi. Bu orolning malaycha nomi Borneodir.

    Kalimantan oroli ham Tinch okeani hududida joylashgan.

    Ushbu orol dunyodagi hududi uch davlatga tegishli bo‘lgan yagona orol hisoblanadi. Orolning janubiy-sharqiy qismi Indoneziyaga, g‘arbiy qismi Malayziyaga, shuningdek shimoliy-g‘arbiy qismida ozroq hududi Bruneyga tegishli.

    Orolda Indoneziyaning to‘rtta provinsiyasi, Malayziyaning ikkita shtati va Bruney davlatining bor hududi joylashgan.

    2. Yangi Gvineya oroli, Indoneziya va Papua–Yangi Gvineya

    Orol aholisi: 7,5 million kishi

    Orol maydoni: 786 000 kvadrat kilometr

    Foto: Google Photos

    Foto: Google Photos

    Yangi Gvineya dunyodagi ikkinchi eng yirik orol hisoblanadi. Bu orol Tinch okeanida joylashgan. Orolni Avstraliyadan Torres bo‘g‘ozi ajratib turadi.

    Yangi Gvineya ikkita mamlakatga tegishli oroldir. Uning yarmi Indoneziyaga qaraydi va Osiyoning bir bo‘lagi hisoblanadi. Qolgan yarmi esa Papua–Yangi Gvineya davlatiga qaraydi va Okeaniyani bir qismidir.

    1. Grenlandiya oroli, Daniya

    Orol aholisi: 58 ming kishi

    Orol maydoni: 2 130 800 kvadrat kilometr

    Foto: Google Photos

    Foto: Google Photos

    Grenlandiya – Yer kurrasidagi eng yirik orol. Bu orol Atlantika okeanining shimoliy qismida, Kanada sohillariga yaqin hududda joylashgan. Orolni shimol tomondan Shimoliy Muz okeani suvlari o‘rab turadi. Orol Daniya qirolligi tarkibida muxtor hudud hisoblanadi.

    Oroldagi eng yirik aholi punkti Nuuk deb ataladi; u orolning g‘arbiy qismida joylashgan.

    Orolning eng baland nuqtasi 3 383 metrli Gunbern tog‘i hisoblanadi.

    04.10.2019, 09:41   Izoh (0)   103097
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Qosim-Jo‘mart To‘qayev Eron atrofidagi vaziyatga izoh berdi

    04.10.2019, 09:03

    BAA ayollar ham fazoga parvoz qilishi mumkinligini ma’lum qildi

    04.10.2019, 08:46

    Jahon bozorida oltin narxi bir unsiya uchun 2 ming dollargacha oshishi mumkin

    04.10.2019, 08:02

    Putin Eronning Saudiya neftni qayta ishlash zavodlariga hujum qilgani haqidagi ayblovga qarshi chiqdi

    04.10.2019, 07:46

    “Transneft” kompaniyasi vitse-prezidenti Rossiya neftining ifloslanishini yoqimsiz istisno deb atadi

    04.10.2019, 06:40

    Gonkong hukumati namoyishlar vaqtida niqob taqishni taqiqlashi mumkin

    04.10.2019, 04:36
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Click & Smart Business (sobiq UZKASSA): biznes muvaffaqiyati va mijozlar qulayligi uchun hamkorlik


    Toshkent shahar hokimligi ko‘magida 2025-yil 2-4-oktyabr kunlari CAEx HoReCa & UzFPT ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tadi


    “S&P” O‘zbekiston Milliy Bankining rеyting prognozini “ijobiy”ga ko‘tardi 


    BYD Astana Motors rasmiy dilerlik tarmog‘i Toshkentdagi barcha beshta dilerlik markazida "Best Buy Day" tadbirini o‘tkazadi


    Market Yandex Go Samarqandda ishga tushdi


    Oqtepa Lavash “Kalmar o‘yini” asosida Dalgona Boksini chiqardi


    American University of Technology (AUT) 28-iyun - Ochiq eshiklar kuniga taklif etadi


    Anorbank va Beelab O‘zbekiston raqamli banking bozorida hamkorlik o‘rnatdi


    O‘zbekiston terma jamoasining dunyodagi eng yirik sport tadbiriga chiqishi Kia brendining mavqeini yanada mustahkamlashga xizmat qiladi 


    Savdo, fintex va “yashil” loyihalar: Octobank Xitoy bilan hamkorlikni qanday yo‘lga qo‘ymoqda


    "Eco Expo Central Asia 2025" doirasida xalqaro ekologik tashabbuslar birlashmoqda


    “Mikrokreditbank” ATB IX Germaniya-O‘zbekiston biznes forumi doirasida ODDO BHF bank bilan 50 million dollarlik shartnoma imzoladi


    “Wyndham Garden Charvak” kurort majmuasi qurilishi qanday kechayotganini ko‘rsatdi


    AKFA Group “AKFA Medline Social” nomli tibbiy startap qurilishini boshlanganini e’lon qildi 


    Paynet xizmatlari endi Kapitalbank bankomatlarida mavjud

     

    Tavsiya etamiz

    Vashington Tehronga qarshi harbiy kampaniyadan Xitoy va Rossiyani jilovlashda foydalanmoqchimi? Mintaqamizni nimalar kutadi?

    19 iyun, 22:05

    Chelyabinskka qulagan meteorit — 540 kiloli osmon jismi qanday topilgan edi?

    19 iyun, 13:31

    Qariyb yarim asrlik mehnat yoxud Eron qanday qilib raketa derjavasiga aylandi?

    18 iyun, 20:05

    Raddiyaga raddiya: “Yuksalish” harakati va “O‘zsuvtaʼminot” AJ bir-birini yolg‘on maʼlumot tarqatishda ayblamoqda

    17 iyun, 00:10
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Isroil hujumida 80 dan ortiq g‘azolik halok bo‘ldi (video)

    Dunyo | 25 iyun, 08:40

    O‘zbekistonliklar qurilish, logistika, tibbiy xizmatlar bo‘yicha Shvetsiyaga ishga yuboriladi

    O‘zbekiston | 25 iyun, 08:38

    Klublar o‘rtasidagi JCH. “Chelsi” 3-turda yirik hisobda g‘alaba qozondi, yana bir uchrashuvda durang qayd etildi (video)

    Sport | 25 iyun, 08:38

    Klublar o‘rtasidagi JCH. “Benfika” so‘nggi turda “Bavariya”dan ustun keldi, “Boka Xuniros” turnir bilan xayrlashdi (video)

    Sport | 25 iyun, 08:10

    “Daryo” dayjesti: 24-iyunning eng muhim xabarlari

    O‘zbekiston | 24 iyun, 23:15

    Chinozdagi dehqon bozorida o‘g‘rilik sodir etgan shaxslar ushlandi

    O‘zbekiston | 24 iyun, 23:00

    NASA’ning “o‘lik” sun’iy yo‘ldoshi 60 yildan so‘ng birinchi marta signal yubordi

    Dunyo | 24 iyun, 22:38
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.