Britaniyalik ko‘cha musavviri Benksining mahalliy parlament mazax qilingan kartinasi Londondagi Sotheby’s auksionida 9,9 million funt sterlingga (12,2 million dollar) sotildi. Bu haqda Meduza xabar bermoqda.
“Ayanchli parlament” deb nomlangan kartinada Vakillar palatasida majlis qurayotgan shimpanze maymunlari aks etgan. 4,2 ga 2,5 metrli kartina 2009-yilda chizilgan bo‘lib, Benksining eng katta asari hisoblanadi.
Auksiondagi savdolar 3-oktabr, payshanba kuni bo‘lib o‘tdi va 13 daqiqaga cho‘zildi. Yakuniy baho dastlabki narxdan 5 barobar ortiq bo‘ldi va Benksi ishlari qiymati borasida yangi rekordga aylandi.
Oldingi rekord 2008-yili Sotheby’s auksionining Nyu-Yorkdagi savdolari chog‘ida o‘rnatilgan bo‘lib, o‘shanda “Dog‘ tushirmaganlik” kartinasi 1,9 million dollarga sotilgan.
Izoh (0)