Toshkent rossiyalik turistlar orasida kuzgi sayohatlar uchun ommalashgan MDH shaharlari ro‘yxatiga kirdi. Bu haqda “TurStat” agentligi ma’lum qildi, deya xabar beradi “RIA Novosti”.
Ro‘yxat shaharlarning turistlar o‘rtasida mashhurligi tahlili natijalariga ko‘ra tuzildi.
Unga Minsk, Nur-Sulton, Yerevan, Boku, Kishinyov, Bishkek va Dushanbe shaharlari ham kirdi.
Agentlikka ko‘ra, turistlar MDHdagi mamlakat va shaharlarga kuzgi sayohat davomida yotoq hamda ovqatlanish uchun sutkasiga 40 dollardan 100 dollargacha sarflaydi.
Izoh (0)