Ijtimoiy tarmoqlarda o‘nlab ichki ishlar organlari xodimlarining majburiy paxta terimiga qarshi chiqayotgani aks etgan video tarqalmoqda.
Videoda aks etgan holat qachon va qay tarzda yuz bergani noma’lum.
Videoda ichki ishlar organlari xodimlaridan biri hamkasblariga qarata “paxtaga chiqmanglar” deya murojaat qilganini ko‘rish mumkin.
“Biz bir oylik o‘qishga kelgandik. Bizni noyabrgacha ikki oyga paxta terishga majburan olib ketishmoqchi. Oyligimizdan oziq-ovqatga deb 800 ming so‘mdan olib qolishdi. Bizni malaka oshirish deb aldov yo‘li bilan bu yerga olib kelishdi va endi paxtaga olib ketishmoqchi. Hammamiz oilalimiz, ayrimlarning uyida kasal ota-onasi bor”, — deydi video muallifi.
Izoh (0)