Urganch shahar Yong‘in xavfsizligi boshqarmasiga shahar bolalar shifoxonasiga kuyish tan jarohati bilan, hushsiz holda 2017-yilda tug‘ilgan qizcha olib kelinganligi haqida ma’lum qilingan, deb xabar beradi YoXBB.
Ma‘lum bo‘lishicha, Urganch shahrida yashovchi D.G‘. qiz nabirasi bilan Nexia rusumli avtomobilida shu kuni taxminan soat 10:30 larda tumani Chakkasholikor qishlog‘i “Beshayvon” mahallasida yashovchi tanishinikiga borib, avtomobilda nabirasini qoldirib, o‘zi tanishining uyiga kirib ketgan.
D.G‘. taxminan 10 daqiqadan keyin qaytganida avtomobil salonidan quyuq tutun chiqayotganligini ko‘rgan. Atrofdagi odamlar yordami bilan yong‘inni bartaraf etib, orqa o‘rindig‘idan qizchani qutqargan. So‘ng bolani Urganch shahridagi shifoxonaga olib borgan. Shifoxonada qizcha vafot etganligi ma’lum bo‘lgan.
Avtomobilning orqa o‘rindig‘ining yarim kvadrat metr maydoni yongan. Hodisa yuzasidan surishtiruv ishlari tuman prokuraturasi tomonidan olib borilmoqda. Yong‘in sababi aniqlanmoqda.
Izoh (0)