• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12692.42
    • RUB158.44
    • EUR14511.24
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +30°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Qarshida mevali daraxtlar kesilib, bog‘ payhon qilinmoqda. Tirikchiligi bog‘dan o‘tayotgan 150 ta xonadon vakillari tashvishda

    Qarshi xalqaro aeroporti yonida joylashgan bog‘ daraxtlari ayovsiz kesilib, bog‘ payhon qilinmoqda. Hududda istiqomat qiluvchi 150 ta xonadon vakillari esa tirikchiligining asosiy manbasi bo‘lgan mevali daraxtlarning yo‘q qilinishidan tashvishda.

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    Aholi murojaatiga asosan voqea joyida bo‘lgan “Daryo” muxbiri Otabek Qo‘ldoshevning yozishicha, aholi mazkur bog‘dagi mevali daraxtlarni 1986—87-yillardan eka boshlagan. Bu yerga “Qulmamat bobo” bog‘i nomi ham berilgan.

    — Ushbu bog‘ hududidan 12 sotix yerim bor edi, — deydi Nargiza Jumayeva. — Olma, qaroli, zardoli, gilos kabi mevali daraxtlar yetishtirgandik. Oilamizning tirikchiligi mana shu bog‘dan edi.

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    Nargiza Jumayevaning aytishicha, turmush o‘rtog‘i Rossiyada bo‘lsa-da, tayinli ish topolmayotgani bois oilaning asosiy daromadi shu bog‘ orqasidan bo‘lgan.

    — 16 yoshli o‘g‘lim bilan shu bog‘da ishlardik, — deydi Nargiza Jumeva. — Tirikchiligimiz shu bog‘dan olinayotgan ho‘l mevalardan edi. Endi nima qilamiz?

    Ushbu hududdagi bog‘ egalaridan yana biri Dilshod Musayevning ma’lum qilishicha, bog‘dagi mevali daraxtlarning kesilishi haqida aholi ogohlantirilmagan.

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    — Hech kimni ogohlantirmay mevali daraxtlarni kesib tashlashmoqda, — deydi Dilshod Musayev. — Bunga ruxsat olishdimikin?

    Qarshi shahar hokimi o‘rinbosari Ulug‘bek Avazovning topshirig‘iga ko‘ra, “Daryo” muxbiriga mevali daraxtlar kesilishini asoslovchi hujjatlar taqdim etildi. Mazkur hujjatlardan anglashilishicha, shahar hokimligi “Indorama Agro” XK MChJ ga davlat o‘rmon fondiga kirmaydigan daraxt va butalarni kesish uchun ruxsatnoma bergan.

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    Qarshi shahar hokimi o‘rinbosari Ulug‘bek Avazov tomonidan 2019-yil 18-sentabr kuni berilgan ruxsatnomada “Indorama Agro” XK MChJ tomonidan qurilayotgan ofis va mehmonxona kompleksi qurilishi tufayli 417 ta mevali hamda manzarali daraxt kesilishi yoziladi. Biroq ruxsatnoma muddati ko‘rsatilmagan.

    Ruxsatnomada yozilishicha, u joylardagi o‘simlik va hayvonot dunyosini muhofaza qilish davlat nazoratining ro‘yxatidan o‘tkazilgandagina haqiqiy.

    Mazkur hujjat bog‘dagi mevali daraxtlarni kesishga ruxsat beradimi yoki yo‘qmi, ushbu savolga javob olish maqsadida viloyat ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasi boshlig‘i G‘anisher Ibragimov bilan bog‘landik.

    “Daryo” muxbiri bilan telefon orqali muloqotga kirishgan G‘anisher Ibragimovning aytishicha, “Indorama Agro” XK MChJning mazkur bog‘dagi 417 ta mevali hamda manzarali daraxtlarni kesib tashlashi qonuniy. Bu harakati uchun korxona davlatga hech qanday jarima to‘lamaydi. Boisi mazkur tashkilot xorijiy korxona hisoblanadi.

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    — Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 17-yanvardagi “Davlat o‘rmon fondiga kirmaydigan yerlarda daraxtlar va butalardan foydalanishni tartibga solish va ulardan foydalanish sohasida ruxsat berish tartibini yanada takomillashtirish to‘g‘risida”gi qarorining 43-bandiga ko‘ra, davlat budjeti, xorijiy va xalqaro tashkilotlar kreditlari va grantlari yoki xalqaro moliya institutlarining investitsiyalari hisobiga moliyalashtirilayotgan qurilish va rekonstruksiya ishlari, shuningdek, Prezident va hukumat qarorlari, farmoyishlarida belgilangan tadbirlarni amalga oshirish uchun kesiladigan daraxtlar va butalar, istisno tariqasida, belgilangan to‘lovlardan ozod etilgan. Davlat ekologiya qo‘mitasi organlarining xulosalari hamda mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan beriladigan ruxsatnomalar asosida kesiladi, — deydi viloyat ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasi xodimi Aziz Qurbonov.

    Viloyat ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasi mas’ullarining gapiga quloq tutadigan bo‘lsak, “Qulmamat bobo” bog‘idagi 417 ta mevali hamda manzarali daraxtlar uchun hech qanday jarima undirilmaydi.

    Qarshi shahar hokimligidan ma’lum qilishlaricha, shahar hokimining 2019-yil 30-apreldagi qaroriga muvofiq hozirda mevali daraxtlari kesilayotgan ushbu bog‘ joylashgan 2,25 gektar yer maydoni “Indorama Agro” XK MChJga ofis va mehmonxona qurish uchun ajratib berilgan.

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    Oilaning asosiy boquvchisi bo‘lgan va nogiron farzandi bilan yashayotgan Norgul Hamidovaning shikoyat qilishicha, 1986—1987-yillarda o‘z qo‘llari bilan ekilgan mevali daraxtlar bugun oila daromadiga aylanganda ayovsiz kesilmoqda.

    Qarshi shahar hokimi o‘rinbosari Ulug‘bek Avazovning aytishicha, aholi mazkur bog‘dan o‘tgan yillar davomida noqonuniy foydalanib kelgan. Umuman soliq to‘lamagan.Aholi vakillarining ma’lumot berishicha, 1990-yil 29-avgust kuni shahar ijroqo‘mining o‘sha paytdagi raisi Anvar Shukurov tomonidan qaror chiqarilib, ushbu bog‘ “Qulmamat bobo” bog‘i deb atalgan.

    Ulug‘bek Avazov esa o‘sha qarorga ko‘ra mazkur “Qulmamat bobo” bog‘i o‘sha paytning o‘zidayoq “gorxomkoz” — shahar obodonlashtirish boshqarmasi tarkibiga kiritilganligi, demak, bog‘ hududi shahar hokimligi ixtiyorida bo‘lganini aytyapti. Hokim o‘rinbosariga ko‘ra, mazkur “Qulmamat bobo” bog‘i deya atalayotgan yer ayni kungacha shahar hokimligi zaxira fondidagi yer hisoblangan.

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    Mevali hamda manzarali daraxtlarga egalik qilib kelgan murojaatchilar bilan muloqot qilganimizda ular 2019-yil 19-avgust kuni nafaqat Qarshi shahar hokimligi, balki viloyat hokimligi, Prezident Xalq qabulxonasiga ham murojaat yo‘llashganini, ammo hech qaysi mutasaddi aholiga to‘g‘ri va aniq ma’lumot bermaganidan nolimoqda. Shahar hokimligi mazkur masalada ming haq bo‘lsa-da, murojaatchilarga vaziyatni to‘g‘ri tushuntirmaguncha anglashilmovchiliklar va takroriy murojaatlar bo‘lishi tayin.

    02.10.2019, 10:38   Izoh (0)   27716
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    O‘zbekistonning 4 ta xalqaro aeroportida “Ochiq osmon” tartibi ishga tushdi

    02.10.2019, 09:50

    Nodira Qodirova ishi. Turkiya parlamentining muxolif deputati adliya vaziridan oltita savolga javob talab qildi

    02.10.2019, 09:36

    Farg‘onada sodir bo‘lgan YTH oqibatida ikki maktab direktori o‘rinbosari halok bo‘ldi

    02.10.2019, 09:05

    O‘zbekistonda ilk “Talabalar uyushmasi” tashkil etildi

    02.10.2019, 08:24

    Toshkent metrosining yangi vagonlari yo‘lovchilarni tetiklashtirish va tinchlantirish imkoniyatiga ega bo‘ladi

    02.10.2019, 07:09

    Farg‘ona viloyatida uchta tuman paxta rejasini bajardi

    02.10.2019, 00:29
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    SonetUzStyle tanlovida ishtirok etish uchun arizalar qabuli 15-avgustgacha uzaytirildi


    ZARMED Universiteti: 200 ta grant sizni kutmoqda


    Toshkent Farmatsevtika Instituti — Farmatsiya sohasida xalqaro darajadagi sifatli ta’lim


    Toshkentda CRYPTO O₂ forumi bo‘lib o‘tdi: Texnologiya, fintech va tartib‑qoidalar muhokama qilindi 


    Aqlli diversifikatsiya: nima uchun kerak va kapitalni qanday taqsimlash lozim?


    American University of Technologyʼda bakalavrlar uchun ochiq eshiklar kuni


    Qo‘ng‘iroqlardan mobil internetga: Toshkent mobil aloqadan foydalanish modelini qanday o‘zgartirmoqda


    OKMKda mahalliy dumpkarlardan foydalaniladi 


    AVO bank aloqa markazi: innovatsiyalar va yangi xizmat darajasi 


    InfinBANK va Kwikpay: uyingizga komissiyasiz va mehr bilan xalqaro pul o‘tkazmalari


    Avvallari xufiyona iqtisodiyotda faoliyat yuritgan eshitish va gapirishda muammosi bor insonlar endi rasmiy sektorga qo’shilib, Poytaxt Parking jamoasining bir qismiga aylandi


    Endi Ucell ilovasida Yandex Music’ni tinglash mumkin 


    BYD SEALION 7: Flagman elektr SUV — shahar ko‘chalarida yangi yetakchi 


    AKFA energiya tejovchi romlari: iqlimga moslashtirilgan, qulaylikni ko‘zlagan 


    STEM va biznes yo‘nalishidagi qizlar uchun TBC Bank’dan ta’lim grantlari — O‘zbekistonda gender tafovutini kamaytirish yo‘lida yangi qadam

     

    Tavsiya etamiz

    Trampning Falastinga nisbatan noxolis siyosati: AQSH YUNESKO a’zoligidan nega chiqyapti?

    2 avgust, 18:35

    Kamchatkadagi hodisa yagona emas: so‘nggi 120 yilda ro‘y bergan eng kuchli megazilzilalar

    1 avgust, 18:20

    Tramp uchun xavotirlar: AQSH prezidenti taniqli shaxslarga yosh qizlarni sotgan Jeffri Epshteynning mijozi bo‘lganmi?

    29 iyul, 17:19

    Bir kechada oddiy ofitsiantdan millionerga aylangan ayol: lotereyadan yutilgan 10 mln dollar mashmashasi

    27 iyul, 09:25
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Yevropada xavfli virus tarqalmoqda: o‘lim holatlari qayd etildi

    Dunyo | 3 avgust, 21:15

    Trampga qarshi ish olib borgan prokurorga nisbatan tergov boshlandi

    Dunyo | 3 avgust, 20:24

    Saudiya Arabistoni klublari Vinisius transferidan voz kechdi

    Sport | 3 avgust, 19:34

    Shavkat Mirziyoyev amaliy tashrif bilan Turkmanistonga boradi

    O‘zbekiston | 3 avgust, 19:29

    Rossiyada 14 yoshli ozarbayjonlik teraktda ayblandi (video)

    Dunyo | 3 avgust, 19:15

    Sea Breeze loyihasining egasi qanday majburiyatlarni o‘ziga olmoqda?

    O‘zbekiston | 3 avgust, 18:56

    Isroil mudofaa vaziri butun G‘azoni bosib olishga chaqirdi (video)

    Dunyo | 3 avgust, 18:10

    Andijonda sobiq kuyov qaynukasining mashinasini yoqib yubordi (video)

    O‘zbekiston | 3 avgust, 17:47
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.