O‘zbekistonda sentabr oyida boshqa tovar va xizmatlarga qaraganda tovuq tuxumi sezilarli darajada qimmatlashgan. Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlari shundan dalolat bermoqda.
O‘tgan oyda tuxum narxi 8,2 foizga oshgan, yil boshidan beri esa 28,4 foizga qimmatlagan.
9 oy mobaynida bu mahsulot narxi o‘zgarib turdi. Yanvarda 1,3 foizga oshib, keyin avgustgacha pastlab bordi, keyin esa 3,5 foizga o‘sdi.
Hozirda bitta tuxum o‘rtacha 600 so‘mdan 1200 so‘mgacha sotilmoqda, uy tuxumlari esa 1200—1700 so‘m.
Qolgan mahsulotlar narxi sentabr oyida sezilarli darajada oshmagan. Jumladan, go‘sht, qush va baliq o‘rtacha 2,7, shakar va choy 1,6, yorma va dukkaklilar 1,8 foizga ko‘tarilgan.
Izoh (0)