• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12910.15
    • RUB159.78
    • EUR14660.77
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +19°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Davlat test markazining qator vakolatlari olib qo‘yildi

    Vazirlar Mahkamasining qarori bilan O‘zbekiston Respublikasi hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi.

    Foto: “Kun.uz”

    Foto: “Kun.uz”

    Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 16-oktabrdagi 400-son qarori bilan tasdiqlangan O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi davlat standartining “II. O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari bitiruvchilariga qo‘yiladigan talablar” bo‘limining 2.6-kichik bandi (O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi sifatini nazorat qilish) yettinchi xatboshi (Tashqi nazorat — O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Davlat test markazi tarkibidagi Kadrlar tayyorlash sifatini nazorat qilish, pedagog kadrlar va ta’lim muassasalari attestatsiyasi boshqarmasi tomonidan tayyorlangan “Ta’lim muassasalari va pedagogik kadrlarning davlat attestatsiyasi va akkreditatsiyasi haqidagi Nizom” va amaldagi me’yoriy hujjatlar asosida amalga oshiriladi) quyidagi tahrirda bayon qilindi:

    “Tashqi nazorat — O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi tomonidan amaldagi normativ-huquqiy hujjatlar asosida amalga oshiriladi;”.

    Vazirlar Mahkamasining 2001-yil 16-avgustdagi 343-son qarori bilan tasdiqlangan “Oliy ta’limning davlat ta’lim standarti. Asosiy qoidalar”ning “Kadrlar tayyorlash sifati va oliy ta’lim muassasalari faoliyatini baholash” bo‘limining 8.1-kichik bandi (Kadrlar tayyorlash sifatini nazorat qilish) oltinchi xatboshisidagi (tashqi nazorat belgilangan tartibda Davlat test markazining Kadrlar tayyorlash sifatini nazorat qilish, pedagog kadrlar va ta’lim muassasalari attestatsiyasi boshqarmasi tomonidan amalga oshiriladi) “Davlat test markazining Kadrlar tayyorlash sifatini nazorat qilish, pedagog kadrlar va ta’lim muassasalari attestatsiyasi boshqarmasi” so‘zlari “Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi” so‘zlari bilan almashtirildi.

    Vazirlar Mahkamasining “O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari uchun pedagog kadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2001-yil 4-oktabrdagi 400-son qarorining 3-bandidagi (Davlat test markazi O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi bilan birgalikda 2001/2002-o‘quv yilidan boshlab o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi tizimida kadrlar tayyorlash sifati monitoringini olib borsin va davlat ta’lim standartlari talablariga muvofiq baholasin) “Davlat test markazi O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi bilan birgalikda” so‘zlari “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi bilan birgalikda” so‘zlari bilan almashtirildi.

    Vazirlar Mahkamasining “Umumiy o‘rta va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limiga izchil o‘tishni ta’minlashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2003-yil 29-oktabrdagi 473-son qarorining 6-bandi birinchi xatboshisidagi (Davlat test markazi O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi va O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi bilan birgalikda) “Davlat test markazi O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi va O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi bilan birgalikda” so‘zlari “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi Xalq ta’limi vazirligi hamda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi bilan birgalikda” so‘zlari bilan almashtirildi.

    Vazirlar Mahkamasining “Pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimini yanada takomillashtirish to‘g‘risida” 2006-yil 16-fevraldagi 25-son qarorida:

    2-bandning (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi) to‘rtinchi xatboshisidagi (har yili O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi bilan birgalikda qayta tayyorlash va malaka oshirish ta’lim muassasalari o‘quv-metodik jarayoni sifati va ular pedagoglari kasb malakasi darajasining mazkur qaror bilan tasdiqlangan Davlat talablariga muvofiqligining tezkor diagnostikasini amalga oshirsinlar) “Davlat test markazi” so‘zlari “Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi” so‘zlari bilan almashtirildi;

    1-ilovada:

    “Pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimi tuzilmasi” bo‘limi sakkizinchi xatboshisidagi (Davlat test markazi kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish ta’lim muassasalarida qayta tayyorlash va malaka oshirish sifati monitoringini olib boradi, shuningdek, attestatsiya o‘tkazish yo‘li bilan ushbu muassasalarning pedagog kadrlari malaka darajasini baholaydi) “Davlat test markazi” so‘zlari “Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi” so‘zlari bilan almashtirildi;

    “Pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish sifatini baholash” bo‘limi 11.2-kichik bandi (Ta’lim muassasalarining kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish bo‘yicha faoliyatini baholash tartibi) ikkinchi xatboshisidagi (Ta’lim muassasalarining kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish bo‘yicha faoliyatini baholash tartibi qayta tayyorlash va malaka oshirish bo‘yicha ta’lim muassasalarini davlat attestatsiyasidan o‘tkazish va akkreditatsiya qilish to‘g‘risidagi Nizom bilan tartibga solinadi hamda Davlat test markazining kadrlar tayyorlash sifatini nazorat qilish, pedagog kadrlarni va ta’lim muassasalarini attestatsiyadan o‘tkazish boshqarmasi tomonidan, belgilangan tartibda amalga oshiriladi) “Davlat test markazining kadrlar tayyorlash sifatini nazorat qilish, pedagog kadrlarni va ta’lim muassasalarini attestatsiyadan o‘tkazish boshqarmasi” so‘zlari “Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi” so‘zlari bilan almashtirildi;

    Maktabgacha ta’lim va umumiy o‘rta ta’lim pedagog kadrlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimi tuzilmasidagi “Davlat test markazi” so‘zlari “Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi” so‘zlari bilan almashtirildi;

    O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi pedagog kadrlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimi tuzilmasidagi “Davlat test markazi” so‘zlari “Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi” so‘zlari bilan almashtirildi;

    Oliy ta’lim pedagog kadrlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimi tuzilmasidagi “Davlat test markazi” so‘zlari “Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi” so‘zlari bilan almashtirildi.

    Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 20-fevraldagi 27-son qarori bilan tasdiqlangan Davlat axborot resurslari hamda ularni shakllantirish, ulardan foydalanish va ularni qo‘llab-quvvatlash uchun mas’ul bo‘lgan davlat organlari ro‘yxati 117- (Malaka toifalari to‘g‘risida sertifikat olgan O‘zbekiston Respublikasi umumta’lim maktablari pedagoglari reyestri), 118-pozitsiyalarining (Akkreditatsiya qilingan ta’lim muassasalari to‘g‘risidagi reyestr) “Mas’ul davlat organlari” ustunidagi “Davlat test markazi” so‘zlari “Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi” so‘zlari bilan almashtirildi.

    Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim tizimida magistratura faoliyatini yanada takomillashtirish, uning samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2007-yil 10-sentabrdagi 190-son qarorining 4-bandi birinchi xatboshisidagi (Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi hamda oliy ta’lim muassasalariga ega bo‘lgan boshqa vazirliklar va idoralar bilan birgalikda) “Davlat test markazi” so‘zlari “Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi” so‘zlari bilan almashtirildi.

    Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 7-avgustdagi 173-son qarori bilan tasdiqlangan Ayrim fanlar chuqur o‘rganiladigan davlat umumta’lim muassasalarining ixtisoslashtirilgan sinflari, davlat ixtisoslashtirilgan umumta’lim muassasalari to‘g‘risidagi nizomning 18-bandidagi (Ixtisoslashtirilgan sinflar va ixtisoslashtirilgan umumta’lim muassasalari faoliyatini, shuningdek o‘quv-tarbiya jarayoni sifatini o‘rganish va baholash O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi tomonidan belgilanadigan tartibda amalga oshiriladi) “Davlat test markazi” so‘zlari “Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi” so‘zlari bilan almashtirildi.

    Vazirlar Mahkamasining “Tibbiyot xodimlari malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash tizimini takomillashtirish to‘g‘risida” 2009-yil 18-dekabrdagi 319-son qarorida:

    1-ilovaning 62-bandi (Tibbiyot xodimlari malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlashning sifatini nazorat qilish va baholash quyidagilarni o‘z ichiga oladi) “v” kichik bandi (O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi, kadrlarning boshqa buyurtmachilari, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi tomonidan amalga oshiriladigan tashqi nazorat) va 66-banddagi (Chet elda malaka oshirish va qayta tayyorlash tizimida berilgan hujjatlar (sertifikatlar, guvohnomalar) O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan o‘tkaziladigan ekspertiza asosida tasdiqlanishi kerak.

    O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi ularning haqiqiyligi, dasturlarga va mutaxassis malaka tasnifining u o‘qigan muddatlarga muvofiqligi to‘g‘risida xulosa beradi. Ekspertizani o‘tkazish tartibi va chet elda malaka oshirish va qayta tayyorlash tizimida berilgan hujjatlar (sertifikatlar, guvohnomalar) bo‘yicha xulosalar berish tartibi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi bilan kelishgan holda Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan belgilanadi) “Davlat test markazi” so‘zlari “Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi” so‘zlari bilan almashtirildi;

    2-ilovaning 38-bandi (O‘qitish jarayonida klinik ordinatorlar bilimlari va malakasini baholashda 100 balli baholash tizimi qo‘llanadi. Bunda nazorat qilishning quyidagi turlari nazarda tutiladi) to‘rtinchi xatboshisidagi (O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan amalga oshiriladigan tashqi nazorat (nazorat tadbirlari rejasi bo‘yicha va rejadan tashqari ta’lim faoliyatini monitoring va nazorat qilish) hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi tomonidan amalga oshiriladigan tashqi nazorat (muassasalarni belgilangan tartibda attestatsiyadan o‘tkazish va akkreditatsiya qilish) “Davlat test markazi” so‘zlari “Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi” so‘zlari bilan almashtirildi.

    Mavzuga doir: Davlat test markazi Farg‘onadagi maktabda 1-sinf o‘quvchilarining polda dars o‘tayotgani bo‘yicha munosabatini bildirdi

    02.10.2019, 19:59   Izoh (0)   38463
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Huquqshunos: “Ular Nodira Qodirovani fohishalikda ayblash orqali o‘zlarini oqlab olishmoqchi”

    02.10.2019, 19:44

    Namanganda aliment to‘lashni istamagan ota 1 yoshli o‘g‘lini kanalga cho‘ktirib yubordi (video)

    02.10.2019, 19:14

    O‘zbekistondagi g‘alla yetishtiruvchi fermer xo‘jaliklari g‘allaga xarid narxini belgilash amaliyotini bekor qilishni so‘radi

    02.10.2019, 18:43

    Zafar Hoshimov soliq stavkasining kamaytirilishi bozor narxlariga qanday ta’sir qilishi mumkinligi haqida fikr bildirdi

    02.10.2019, 18:13

    Qashqadaryoda tez tibbiy yordam haydovchilari e’tiroziga sababchi bo‘lgan boshliq ishdan olindi

    02.10.2019, 17:57

    Toshkentdagi Mont Blanc plastik jarrohlik klinikasidagi o‘lim holatlari yuzasidan tekshiruv boshlangan — Bosh prokuratura

    02.10.2019, 17:44
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Siberian Wellness — O‘zbekistonda 15 yil


    Coca-Cola 139 yillik ilhom, ajoyib kashfiyotlar, mashhur kampaniyalar va butun dunyo sevib qolgan ta’mni taqdim etmoqda 


    Silk Avia Shahrisabzga ko‘proq parvoz qiladi


    Ziffler‘dan katta taqdimot: yangi qiyofa, zamonaviy dizayn va aqlli maishiy texnikalar


    UZCARD SHERDOR premium kartasi endi MKBANKda mavjud


    Moliyaviy firibgarlik: murakkab sxemalar bo‘yicha sodda tushunchalar 


    OKMK 2,3 milliard dollar kredit mablag‘larini jalb qildi va 125 million dollar moliyaviy xarajatlarni iqtisod qildi


    CHERY bilan o‘z orzungizni amalga oshiring: barcha modellar uchun boshlang‘ich to‘lov pasaytirildi! 


    HONOR kompaniyasi HONOR 400 Lite smartfonini taqdim etdi. Qiziq, u nimasi bilan lol qoldira oladi?


    Kapitalbank 2024-yilgi Brand Awards International mukofotiga sazovor bo‘ldi


    Parvoz — katta shahar xarakteriga ega qulay biznes-klass turar joy


    Moliyaviy savodxonlik maktab ostonasidan boshlanadi


    InfinBANK Global Money Week 2025 da ishtirok etdi


    Mobiuz “MazzaFest”da yangi “Mazza” va “Mazza 2.0” tarif rejalarini taqdim etadi


    Uklonda taksi haydovchilari uchun katta tadbir o‘tkazildi!

     

    Tavsiya etamiz

    “Ular o‘z vatani mustaqil bo‘lishi uchun kurashgan edi” — Turkiston legionining ayanchli tarixi

    8 may, 15:09

    Rashidov, gazli ichimliklar zavodi, Qizil maydon. 9-may — Toshkent tarixidan fotolavhalar

    7 may, 14:40

    Fazoviy poyganing boshlanishi — Gagarinning parvozi yolg‘on bo‘lganmi?

    6 may, 18:00
    Audio Icon

    “Qurolli qushchalar”. O‘zbekistonda ishlab chiqarilayotgan dronlar haqida

    5 may, 21:10
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Anchelotti “Real” boshqaruvini qachon tark etishi ma’lum bo‘ldi

    Sport | 9 may, 23:38

    Superliga. “Dinamo” “Surxon”ni mag‘lub etib, turnir jadvalida kuchli uchlikka kirib oldi

    Sport | 9 may, 22:35

    AQSH byudjeti taqchilligi yil boshidan beri 196 mlrd dollarga ko‘paydi

    Dunyo | 9 may, 22:05

    Fransiyada ikki general hokimiyatni tanqid qilgani uchun ishdan olindi

    Dunyo | 9 may, 21:35

    “Liverpul” “Real”ning qaroridan norozi bo‘ldi

    Sport | 9 may, 21:12

    NATO Kiyevga tinchlik shartnomasining bir qismi sifatida a’zolikni va’da qilmaganini bildirdi

    Dunyo | 9 may, 20:35

    Superliga. Vodiy derbisida “Neftchi” ustun keldi

    Sport | 9 may, 20:21
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.