• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12904.51
    • RUB161.99
    • EUR14575.64
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +27°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    O‘zbek ayoli paranjini qanday tashladi? “Hujum” harakati haqida

    O‘tgan asrning 20–30-yillari O‘rta Osiyo mintaqasi ayollari taqdirida tub burilish yasadi. Ularning turmush tarzi, ijtimoiy faolligi, jamiyatdagi o‘rni, ijtimoiy xulq-atvori tubdan o‘zgardi. Gap ayollar emansipatsiyasi, ya’ni paranjisini tashlab, ijtimoiy faollashuvi haqida bormoqda.

    “Daryo” kolumnisti G‘ayrat Yo‘ldosh ana shu voqealar va ularning bugungi kundagi aks sadosi haqida hikoya qiladi.

    Foto: Google Photos

    1917-yilda Rossiyada ro‘y bergan Oktabr to‘ntarishi Yevrosiyoning katta hududini egallagan bu mamlakatda yashayotgan turli xalqlar hayotini tubdan o‘zgartirib yubordi. Rossiya imperatori Nikolay II ni taxtdan ag‘darib, uning o‘rniga hokimiyat tepasiga kelgan va oldiniga “bolsheviklar”, so‘ngra “kommunistlar” deb atalgan siyosiy guruh to‘ntarishdan biroz o‘tib, Rossiyada oyoqqa turib olganidan keyin mamlakat boshqaruv tizimiga, odamlarning kundalik hayotiga, ming yillar davomida e’tiqod qilib kelingan dinlarga, turli millatlarning tarixiga, hududlariga, umuman olganda hammasiga shunchalik ko‘p o‘zgarishlar kiritdiki, o‘shanda o‘zligidan, dinidan, madaniyatidan, tarixidan, hududlaridan ajralayotgan millat vakillari kelajakda “yangicha hayot” ortidan boshlariga nima tushishini anglab ham yetmagan edi. Kommunistlar qo‘l ostiidagi hududlarda yashayotgan turli millatlarni dini, tarixi, madaniyati, urf-odatini o‘zgartirish bilan cheklanib qolmadi. Odamlarning qanday kiyinishi, ko‘cha-ko‘yda qanday yurishigacha aralashdi. Bu siyosatning aks sadosi bugungi kunga qadar yetib kelmoqda.

    * * *

    Albatta, bu ishlarni amalga oshirish oson emas edi. Ammo targ‘ibot va jazo mashinalari shunchalik kuchli ishladiki, natijada odamlar o‘zgardi va biroz muddatda hammasiga ko‘nikdi. Shu jumladan Markaziy Osiyo xalqlari ham.

    Hammamizga ma’lumki, bu hududda azaldan yashagan millat va elatlar islom dini arkonlariga amal qilib yashagan. Bu dinda oilaning ta’minotchisi erkak kishi bo‘lishi shart qilingan. Ayollar esa uyda bolalar tarbiyasi bilan shug‘ullangan. Albatta, aksariyat ayollar bo‘sh paytlarida uyda o‘tirib insonga jismoniy zo‘riqish bermaydigan hunar bilan shug‘ullangan. Masalan, kiyim tikishgan, gilam va matolar to‘qishgan, ip yigirishgan. Ammo og‘ir ishlarni qilishmagan. Dala ishlarida ham asosan erkaklar mehnat qilgan.

    Foto: “Yandeks”

    O‘rta Osiyoda kommunistlar oldida odamlarning ongini, turmush tarzini o‘zgartirish vazifasi turar ekan, ular birinchi navbatda islom diniga zarar berish va ayollarni ko‘chaga chiqarishni maqsad qildi. Bu yo‘lda ular eng avvalo dinni odamlar uchun zararli e’tiqod deb e’lon qildi. Ularning nazdida kommunistik jamiyatda yashaydigan insonlarning e’tiqodi “kommunistcha dahriylik” bo‘lishi lozim edi. Ikkinchi tarafdan, Markaziy Osiyo ayollarining ko‘cha kiyimi bo‘lgan paranjini yo‘q qilish uchun turli harakatlar boshlashdi.

    Ayollarning paranji yopinishiga qarshi harakat nomi “Hujum” deb ataldi.

    “Hujum”ning ilk tashviqot harakatlari 1924-yilda tashkil etildi. Ammo u muvaffaqiyatsizlikka uchradi. Sababi, O‘rta Osiyo mintaqasidagi ayollarning aksariyati diniy e’tiqod ruhida tarbiya topgan va shu ruhda yashar edi. Paranji yopinish esa islom dinida ayollarning ko‘cha-ko‘yda avratini tamomila yopib yurishi lozimligi ortidan joriy bo‘lgan edi. Shuningdek, ko‘pgina erkaklar oilasidagi ayollar ko‘chada ochiq yuz bilan yurishini qabul qila olmagan.

    1925–1926-yillarda “Hujum” harakati sustroq davom etdi. Ammo 1927-yildan bu harakat qattiq avj oldi. Kommunistlar yangi artellar, kechki o‘quv kurslari tashkil etib, unga ayollarni jalb etib yoki uyma-uy targ‘ibot qilib, ayollarni paranjidan ozod eta olmasliklarini tushunib yetdi va endi boshqacha yo‘lga o‘tdi.

    1927-yilda O‘rta Osiyo Markaziy qo‘mitasining birinchi kotibi Isaak Abramovich Zelenskiy g‘oyasi bilan ilk marta Samarqanddagi Registon maydonida mamlakatning turli hududlaridan yig‘ib kelingan va paranjisini tashlashga rozi bo‘lgan ayollar oldinroq harakatga qo‘shilgan faollar ishtirokida ommaviy paranji tashlash tadbirini uyushtirdi. Paranjisini olovga uloqtirayotgan ayollarni olomondan himoya qilish uchun ko‘p sonli militsiya xodimlari to‘plandi; ular paranjisini olovga otgan ayollarni maydonga kirishda ham, chiqib ketishda ham qo‘riqlab turdi.

    Bu voqeadan so‘ng jamiyatda, ayniqsa erkaklar orasida noroziliklar avj oldi, ko‘plab oilalarda nizo chiqdi, odamlar ongida norozilik kayfiyati kuchaydi. Ikki yilda paranjisini tashlagan 2 500 ayol o‘z yaqinlari tomonidan o‘ldirildi. Ilk qurbonlar Surmaxon Shermatova va yosh aktrisa Nurxon Yo‘ldoshxo‘jayevalar bo‘ldi.

    1936-yilda adib Komil Yashin Nurxonning hayotiga bag‘ishlangan “Nurxon” pyesasini yozdi.

    Foto: Google Photos

    Bundan tashqari, paranji tashlagan ayollarning ma’lum qismi ota-onasi tomonidan oq qilindi. Turmush qurganlarining ko‘pchiligini eri taloq qildi. Yaqin qarindoshlar, mahalla ahli yuz o‘girdi. Eng qizig‘i, aksariyat hollarda paranji tashlagan ayollardan paranjisini tashlashni xohlamagan ayollar yuz o‘girgan. Paranji tashlashni xohlamagan ayollar nazdida ham, boshqalar nazdida ham paranjisidan voz kechib, yuz-qo‘lini ochgan ayollar or-nomusidan voz kechganlar sifatida baholangan.

    Paranjiga qarshi “Hujum” harakati boshlangan kezlarda kommunistlar iloji boricha aholi orasida taniqli bo‘lgan ayollardan foydalandi. Masalan, Qirg‘izistonda Chingiz Aytmatovning onasi Naima Aytmatovaning xizmatidan foydalanishgan; bu ayol o‘sha paytda turli yuqori lavozimlarda ishlash bilan birga Qirg‘izistonda paranji tashlash tadbirlarining faol targ‘ibotchisi bo‘lgan.

    O‘zbekiston va Tojikistonda esa Tojixon Shodiyeva degan ayol paranji tashlash tadbirlarining faol targ‘ibotchisi bo‘ldi.

    Paranji tashlash tadbirlari 1924-yilda boshlangan bo‘lsa ham, Markaziy Osiyoning turli hududlarida 1940-yilgacha, hatto markazlardan uzoq hududlarda 1950-yillargacha paranji yopinishdi. SSSRda paranjining ommaviy yo‘q bo‘lishi Ikkinchi jahon urushi boshlangan vaqtga to‘g‘ri kelgan bo‘lsa, uning butunlay yo‘qolishi 1950-yillarga kelib amalga oshdi.

    Paranji tashlash, bir tarafdan, ayollarning jamiyatga qo‘shilishiga, faolligi va ijtimoiy layoqati, jamiyatdagi o‘rni oshishiga olib kelsa, ikkinchi tarafdan, ularning arzon ishchi kuchi sifatida og‘ir ekspluatatsiya qilinishiga imkoniyat yaratdi. Paranji tashlash natijasida mamlakat millionlab ayollardan iborat ishchi kuchiga ega bo‘ldi.

    Yuqorida aytilganidek, Oktabr to‘ntarishidan avval yoki paranji tashlash targ‘iboti ilk boshlangan kezlarda oilaning asosiy ta’minoti erkaklar zimmasida bo‘lgan. Ayollar esa asosan uy bekasi sifatida bolalar tarbiyasi bilan shug‘ullangan. Paranji tashlash targ‘ibotlari boshlangandan keyin ayollar uchun maxsus artellar, fabrikalar tashkil etila boshlandi. Shahar-qishloqlarda paranji tashlagan ayollar artellarga qamrab olina boshlandi. Ayollarni erkaklar bilan teng huquqli qilishni o‘z oldiga qo‘ygan kommunistik tuzum o‘z niyatiga yetdi va ayollarni turli ishlarda erkaklar bilan baravar ishlata boshladi.

    “Hujum” harakati O‘rta Osiyo respublikalarining har birida keng olib borilib, ayollarni kechki maktablarga, savodxonlik kurslari va hunar o‘rgatish to‘garaklariga, ishlab chiqarish artellariga jalb etish bilan birga yangicha hayot tarziga tashviqot qila boshladi. Bunda “Hujum” harakati xudosizlar jamiyatlari birgalikda ish olib bordi. Zero ayollarning paranji o‘rashi ham diniy qadriyatlarning bir bo‘lagi hisoblangan va undan voz kechishga undash targ‘iboti xudosizlar harakati vakillari bilan birga olib borilgan. Bu yo‘lda “din afyunligi”, “din boylar tomonidan kambag‘allarni, erkaklar tomonidan ayollarni ezish uchun o‘ylab topilgan vosita” ekanligi tinmay uqtirildi.

    Foto: Google Photos

    “Hujum” harakati davom etar ekan, jamiyatdagi bu harakatga qarshi chiqqan har qanday odam “yot unsur” sifatida baholanib, jazolandi.

    Paranjiga qarshi kurashning ma’lum bosqichida milliylikka urg‘u berib, ro‘mol o‘rash ham targ‘ib etildi. Ro‘mol paranjiga nisbatan ancha ochiq bo‘lgani bois dastlab unga qarshilik bo‘lmadi, aksincha, u milliy libos sifatida ancha ijobiy qabul qilindi. keyinchalik ro‘mol ham ayrim siyosatchilarga yoqmay qoldi. Hozir ham O‘rta Osiyo jamiyatlarida bu muammo butunlay hal bo‘lmagan: qayerdadir paranjiga qarshi ro‘mol milliy libos tarzida targ‘ib qilinsa, yana qayerdadir ro‘mol ham salbiy baholanadi.

    Kommunistlar bu harakatni ommalashtirish uchun hamma vositalardan foydalandi. Bu yo‘lda hatto shoir va yozuvchilar, dramaturglar, qo‘shiqchilar xizmatidan ham foydalanildi. Ularning aksariyati ayollarning paranji tashlashdan oldingi hayotini “qora zulmat”, paranji tashlagandan keyingi hayotini esa “baxtli va saodatli hayot” deb asarlar yozdi, she’rlar to‘qidi, qo‘shiqlar kuyladi, pyesalar yozib, teatrda namoyish etdi. Bu asarlar, she’rlar, qo‘shiqlar, pyesalarda “ayollarga baxtni faqat kommunistik partiya bera olishi” targ‘ib qilindi. Hatto bu yo‘lda “ota-onang xatti-harakatingga qarshimi, hech o‘ylamasdan ulardan voz kech. Partiya senga ham otalik, ham onalik qila oladi” degan shiorlar ilgari surildi.

    “Hujum” harakati ortidan O‘rta Osiyoda o‘qimishli ayollar ko‘paydi. Ammo ko‘pchilik dinni qoralamasdan, “Hujum” harakatini bunchalik ayovsiz tarzda o‘tkazmasdan ham ayollarni o‘qimishli qilish mumkin edi deb hisoblaydi. Shu jumladan men ham. Ammo nachoraki, kommunistlar hukmron bo‘lgan Sovet Ittifoqi ayovsiz kurash yo‘lini tanladi va bu yo‘l ko‘pchilikda og‘ir asoratlar qoldirdi.

    * * *

    Bugungi kunda o‘sha mashhur paranji tashlash hodisalariga jamiyatimizdagi turli odamlar turlicha baho beradi. Ayrimlarning fikricha, “agar o‘shanda ‘Hujum’ harakati o‘tkazilmasa va ayollar paranji tashlamasa, bugun ham O‘zbekiston ayollari paranji ostida, zulmatda qolib ketar edi”.

    Boshqalarning fikricha esa, “‘Hujum’ harakati o‘tkazilmasa va davlat miqyosida paranji tashlash harakatlari majburiy o‘tkazilmasa ham ma’lum bir davr o‘tib ayollar paranji emas, balki musulmon dunyosidagi, aksariyat ayollar kabi oddiy ro‘mol bilan o‘ranishga o‘tar edi”. Shu toifaga yana bir guruh “har qanday holatda ham jamiyatda odamlarning qanday kiyinishiga davlat tomonidan aralashuv, bosim va majburlash bo‘lmasligi lozim” deb hisoblovchilar qo‘shiladi.

    Bugungi kun.

    Bugungi kun.
    Foto: Wikipedia

    “Hujum” kampaniyasi, hech shubhasiz, O‘rta Osiyo tarixida muhim ahamiyatga ega bo‘ldi. Va, bolsheviklarning juda ko‘p islohot va siyosatlari qatorida, unga ham bir taraflama baho berish ancha qiyin. Bir tomondan, rostdan ham ayollarning jamiyatdagi o‘rni, turmush tarzi yaxshilanishi taraqqiyotga xizmat qildi. Boshqa tarafdan, bu jamiyatda ko‘plab ziddiyatlarni keltirib chiqardi. Oilalarning buzilishi, ayollarning o‘ldirilishi singari shaxsiy muammolarni qo‘ya turaylik. Butun jamiyatga ta’sir o‘tkazgan va hatto bugungi kunimizga ta’sir o‘tkazayotgan jihatlari ham yo‘q emas.

    Bugungi kunga qadar o‘zbek, tojik yoki qozoq jamiyatida ayollarning libosi, bosh kiyimi bilan bog‘liq bahslar kelib chiqmoqda. Kimdir milliy va diniy qadriyatlarni saqlash kerak desa, yana kimdir ularni eskilik sarqiti deb bilmoqda. Shusiz ham juda ko‘p ijtimoiy va iqtisodiy muammolari bo‘lgan O‘rta Osiyo jamiyatlari hozircha bu masalada murosaga kelib, oltin o‘rtaliqni topa olmayapti: bir taraf butunlay qarshi, boshqa taraf butunlay xayrixoh, har kim bilganicha kiyinsin deydigan ovozlar kam eshitilmoqda. Kiyim esa odamlarning kundalik va ijtimoiy hayotiga ta’sir ko‘rsatmoqda: bugun paranji o‘rash qolmagan, lekin ro‘molni tomoq tagidan bog‘lashni tanlagan ayollar ham diskriminatsiyaga uchramoqda; boshqa tarafdan, dunyoviy libos tanlagan ayrim ayollar oilasidagi erkaklar bilan nizoga bormoqda.

    Shunday qilib, sovetlarning “Hujum” kampaniyasi O‘rta Osiyo ayollariga dunyoviy hayotni, ijtimoiy layoqatni o‘rgatib, taraqqiyotga ma’lum hissa qo‘shgani bilan, bugunga qadar hal bo‘lmay kelayotgan ijtimoiy muammolarni ham keltirib chiqargan.

    Muallif fikri tahririyat nuqtai nazaridan farq qilishi mumkin.

    01.10.2019, 20:02   Izoh (0)   196290
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Huawei Cloud TechWave Summit 2025: Yaqin Sharq va Markaziy Osiyoda muvaffaqiyatni oshirish uchun intellektuallikni tezlashtirish 


    Yangi Note 50: metal hoshiyali, super tezkor 90W zaryadlash, MagCharge simsiz zaryad qurilmasi sovg‘a sifatida


    Mobiuz IQAir havo sifati datchigini o‘rnatdi


    BASHKENT turar joy majmuasida 1 iyun – Bolalarni himoya qilish kuniga bag‘ishlangan mental arifmetika bo‘yicha Chempionat bo‘lib o‘tadi!


    ZTE korxonasi GSMA M360 Yevrosiyo forumida suniy intellekt raqamli iqtisodiyot rivojiga qo'shayotgan hissasi haqida ma’lumot berdi


    Jamg‘armalarni qanday ishlatish kerak: ko‘chmas mulk va investitsiya paketlarini solishtiramiz


    Centrum Air Istanbul va O‘zbekistonning uch shahri o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslarni yo‘lga qo‘ymoqda


    Jamg‘armalar bilan qanday ishlash zarur: bank omonatlari, aksiyalar yoki investitsion paketlar? (davomi)


    Ishonchli tanlov: Haval M6 va 0 % dan boshlanadigan kredit


    Huawei O‘zbekistondagi “Tech Carnival”da Intellektual dunyo rivojini jadallashtirmoqda


    AKFA Medline University Hospital AHA rasmiy o‘quv markazi maqomini qo‘lga kiritdi


    ANORBANK Xususiy sektorni rivojlantirish bo‘yicha Islom korporatsiyasi bilan 10 million AQSH dollariga teng kelishuv imzoladi


    “Markaziy Osiyo – Uzbekistan Airways qanotlarida”: Moskvada ilk yillik biznes forum bo‘lib o‘tdi


    APEX BANK Toshkentda Bosh ofis va Markaziy sotuv ofisini ochdi


    TBC Uzbekistan o‘zining sun’iy intellektga asoslangan yechimlari orqali samaradorlikni oshirib, o‘sish sur’atlarini tezlashtirmoqda 

     

    Tavsiya etamiz

    Ayol ovchilardan ilg‘or samolyotlarga qadar — Ukraina rus Shahed’larini qanday ovlaydi?

    19 may, 20:10

    “Lend-Liz” yordami sovg‘a bo‘lmagan — Britaniya ikkinchi jahon urushida berilgan yordamni qanday qaytargan edi?

    19 may, 15:00

    “Yovuzlik imperiyasi zaminimizga hech qachon qaytmasligi uchun” — jamoatchilik o‘roq-bolg‘ali qizil bayroq va qora-olovrang lentani taqiqlashni so‘ramoqda

    13 may, 22:22

    Ular doim dunyoda eng yaxshilaridan bo‘lgan — pokistonlik harbiy uchuvchilar haqida

    12 may, 21:30
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Temur Kapadze: “Kengaytirilgan ro‘yxatimizda 50 nafarga yaqin futbolchi bor”

    Sport | 23 may, 11:00

    Jamg‘armalar bilan qanday ishlash zarur: bank omonatlari, aksiyalar yoki investitsion paketlar? (davomi)

    Reklama | 23 may, 10:30

    Yozgi ta’til boshlanishidan avval bolalarda o‘tkazish kerak bo‘lgan 5 ta muhim tekshiruv

    Farzand | 23 may, 10:56

    AQSH Janubiy Koreyadan minglab harbiylarini olib ketmoqchi — WSJ

    Dunyo | 23 may, 10:55

    O‘zbekistonda 24-may kuni qanday ob-havo bo‘lishi ma’lum qilindi

    O‘zbekiston | 23 may, 10:42

    Hindistonda 227 nafar yo‘lovchisi bo‘lgan samolyot halokatga uchrashiga sal qoldi (video)

    Dunyo | 23 may, 10:24

    O‘zbekistonda shaxsga doir ma’lumotlarning xavfsizligi: bugungi holati va kelajak istiqbollari

    O‘zbekiston | 23 may, 09:00

    Angrenda 4 nafar o‘quvchi bitiruv kechasi uchun o‘g‘rilik qildi

    O‘zbekiston | 23 may, 10:14
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.