• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12559.26
    • RUB160.17
    • EUR14413.01
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +36°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Ilm-fan

    Nobel haftaligi oldidan. Mukofot kimga va nimaga beriladi?

    Oktabr yaqinlashgani sari jahon ilmiy jamoatchiligi Nobel haftaligini orziqib kuta boshlaydi. Odatda oktabrning ilk haftasidagi kunlarda ketma-ket ravishda tibbiyot va fiziologiya, fizika, kimyo, adabiyot hamda tinchlik sohalaridagi Nobel mukofotining joriy yilgi egalari e’lon qilinadi. Shuningdek, iqtisodiyot sohasi bo‘yicha ham qo‘shimcha mukofot egasi o‘sha haftalikdan keyin oxirgi bo‘lib e’lon qilinadi.

    Bu yilgi Nobel haftaligiga ham oz qoldi. Mukofot qo‘mitasi joriy yilda mukofot kimlarga berilishini 7–14-oktabr kunlari e’lon qilishini ma’lum qilgan. E’lonlar sanasi yaqinlashib kelgani sari “Daryo” ushbu mukofot haqida turkum maqolalar berishni maqsad qildi. Birinchi maqola Nobel mukofotining tavsifi va tarixi haqida bo‘ladi.

    Eng oliy ilmiy mukofot

    Nobel mukofoti, shubhasizki, davrimizning eng oliy va eng nufuzli ilmiy mukofoti o‘laroq, har qanday olim va tadqiqotchining orzusi sanaladi. Nobelga sazovor bo‘lgan olim tarix zarvaraqlarida o‘z nomini qoldiradi va butun mamlakati-yu ilmiy maktabini olamga ovoza qiladi.

    Foto: Google Photos

    Shu choqqacha o‘z egasini Nobel mukofotiga sazovor qilgan kashfiyotlar orasida rentgen nurlari, penitsillin va adron kollayderi singarilar bor. Tinchlik sohasida Nobel olganlardan esa Nelson Mandela hamda Dalay Lamani e’tirof etish mumkin. Gabriel Garsia Markes, Ernest Xeminguey, Rabindranat Tagor kabilar esa adabiyot sohasida Nobel mukofotiga erishgan buyuk yozuvchilar qatoridadir.

    Mukofot 1901-yildan buyon topshirib kelinmoqda; marosim har yili 10-dekabr sanasida, ya’ni mukofot ta’sischisi Alfred Nobel olamdan ko‘z yumgan sanada Stokgolmda o‘tkaziladi. Shu kuni dastlabki besh yo‘nalish bo‘yicha laureatlar Shvetsiya poytaxtiga yetib keladi va shaxsan qirolning qo‘lidan oltin medal hamda pul mukofotini qabul qilib oladi.

    Tantanali marosim odatda juda serhasham tarzda, ulug‘vor klassik musiqa yangraydigan tanaffuslar bilan, qirollik oilasi va hukumat vakillari ishtirokida o‘tkaziladi. Marosimga, shuningdek, laureatning oila a’zolari, hamkasblari va hukumat vakillari taklif etiladi. Tantanalardan so‘ng shahar ratushasida katta ko‘lamli banket uyushtiriladi.

    Tinchlik sohasidagi Nobel mukofoti esa Stokgolmda emas, balki Osloda, ya’ni Norvergiyada topshiriladi. U ham Stokgolmdagi marosim bilan bir kunda bo‘lib o‘tadi.

    Nobel merosi

    Nobel mukofoti 1833–1896-yillarda yashab o‘tgan shved olimi, ixtirochi va tadbirkor Alfred Nobelning vasiyati asosida ta’sis etilgan bo‘lib, o‘lar chog‘ida u o‘zi yiqqan mol-mulkdan har yili ilm-fanda katta yutuqqa erishgan olimlarga mukofot tariqasida beriladigan jamg‘arma tashkil etilishini vasiyat qilgan. Uning vasiyatiga ko‘ra, mukofot katta ilmiy yutuqlarga erishgan va insoniyat taraqqiyotiga xizmat ko‘rsatgan olim, jamoat faoli va yozuvchilarga berilishi kerak va bunda ularning millati va qaysi mamlakatdanligi ahamiyatsiz bo‘lishi lozim.

    Alfred Nobelning o‘zi ham Stokgolmda tug‘ilgan. Uning otasi ixtirochi va bir necha sanoat korxonalari egasi Emmanuil Nobel Sankt-Peterburgda jangovar kemalar uchun torpeda va portlovchi moddalar ishlab chiqarish bilan shug‘ullangan. Alfred Nobel otasining tajribalari orqali kimyoni yaxshi o‘zlashtirib, o‘zi ham turli eksperimentlar qila boshlagan. Qizig‘i shundaki, Nobelning o‘zi hech qanday oliygohni tamomlamagan; shunga qaramay, otasi yollagan eng kuchli pedagoglar yordamida kimyo, fizika va matematikadan juda puxta bilim egallagan. Kimyo bo‘yicha eng zamonaviy ilmlarni egallash uchun esa Nobel Parijga hamda AQShga atay borib, yetakchi laboratoriyalarda tajriba orttirgan. Umrining oxirida Nobel 355 ta ixtirosi uchun patentlar egasi edi, uning otasidan qolgan va o‘zi yanada taraqqiy ettirgan yirik zavodlari bor edi. Shvetsiyaning o‘zidan tashqari, Nobel ishtirokida ishga tushirilgan korxonalar Italiyada, Fransiya, Buyuk Britaniya, Rossiya va Germaniyada ham bo‘lgan. Uning o‘zi esa rus, ingliz, nemis, fransuz va shved tillarida bemalol gaplasha olgan va adabiy tilda yozishni ham qoyil qilgan. Boz ustiga, yirik puldor tadbirkor bo‘lishiga qaramay, u doimo yaxshi kitob mutolaasi uchun vaqt ajratardi va adabiyotni juda sevardi. O‘zi ham pyesa va she’rlar yozgan.

    Alfred Nobel.

    Alfred Nobel.
    Foto: Wikipedia

    Alfred Nobel haqida so‘z borganda, uning dinamit ixtirochisi ekanligi ham albatta esga olib o‘tiladi. Dinamit Nobelni boy qilgan eng asosiy ixtirolaridan biridir. U tog‘-kon sanoatida va harbiy sohada o‘sha zamonning o‘zidayoq keng qo‘llanila boshlagan. Biroq paradoksal tarafi shundaki, portlovchi modda ixtiro qilib, uning ortidan mo‘may pul orttirgan Nobelning o‘zi patsifist, ya’ni tinchlikparvar bo‘lgan. Eslatib o‘tamiz, patsifistlar har qanday urushlarga, shu jumladan, milliy ozodlik urushlariga ham qarshi bo‘ladi. Bundaylar jumlasiga, shuningdek, Albert Eynshteyn ham kiradi.

    Nobelning o‘zidan bu borada izoh so‘rashganida, u “dahshatli qurolni ko‘rib odamzot qurollanishdan butunlay voz kechsa kerak deb o‘ylaganini” aytgan. Ko‘pchilik Nobel aynan shuning uchun ham butun mol-davlatini ilm-fanga vasiyat qilib yuborgan deyishadi; ya’ni u o‘limidan keyin o‘zini reabilitatsiya qilinishini va ismi o‘lim keltiradigan portlovchi modda ixtirochisi sifatida emas, balki nufuzli ilmiy mukofot ta’sischisi sifatida yodga olishlarini istagan emish.

    Nimaga Norvegiyada?

    Yuqorida aytilganidek, tinchlik sohasidagi Nobel mukofotini Stokgolmda emas, balki Osloda topshiriladi. Chunki vasiyatda shunday yozilgan. Nimaga bunday qarorga kelganini esa muallif izohlamagan. Ayrimlar Nobel tirikligida norvegiyalik shoir Byornesterne Byornson she’rlariga ishqiboz bo‘lganini va uning hurmatidan tinchlik bo‘yicha mukofotni Osloda berilishini iroda qilganini aytishadi. Biroq bu taxminning biror tayinli asosi yo‘q. Aytgancha, Nobel shu darajada hurmat qilgan o‘sha Byornesterne Byornson keyinchalik adabiyot bo‘yicha Nobel mukofotiga erishgan.

    1905-yilda tinchlik sohasidagi Nobel mukofotiga sazovor bo‘lgan ilk ayol avstriyalik baronessa Berta fon Suttner, Germaniya va Avstriya mamlakatlaridagi tinchlikparvarlik harakatidagi faoliyati e’tirofi uchun ushbu nufuzli mukofotga loyiq ko‘rilgan. Aytish joizki, Berta Nobel bilan yaxshi tanish bo‘lgan va tirikligida u bilan pinhona yozishmalar olib borgan. Alfred Nobelni tinchlik sohasida ham mukofot ta’sis etishga undagan shaxs aynan Berta fon Suttner ekani hozirda ma’lum.

    Tinchlik sohasida Nobel olgan taniqli shaxslar ichida Teodor Ruzvelt, Martin Lyuter King, ona Tereza hamda Nelson Mandela va Frederik Villemlarni yodga olish mumkin. Oxirgi ikki laureat Janubiy Afrikada aparteid rejimini ag‘dargani bilan tarixga kirgan va mukofotni aynan shu uchun qo‘lga kiritgan.

    Nomzodlar qanday tanlanadi?

    Mukofotga nomzodlarni bir necha ilmiy muassasalar tanlab oladi va mukofot qo‘mitasiga ko‘rib chiqish uchun tavsiya etadi. Xususan, Shvetsiya qirollik fanlar akademiyasi fizika va kimyo bo‘yicha laureatlarni aniqlaydi va, shuningdek, iqtisodiyot bo‘yicha Nobel xotirasi uchun mukofot egasini ham tanlaydi. Shved fanlar akademiyasi 1739-yilda ta’sis etilgan bo‘lib, hozirda 450 nafar mahalliy va 175 nafar xorijiy olim ushbu akademiya a’zosidir.

    Adabiyot sohasidagi mukofotga nomzod va laureatlarni Shvetsiya akademiyasi ko‘rib chiqadi va tanlaydi. Bu Qirollik fanlar akademiyasidan alohida boshqa akademiya bo‘lib, ko‘proq ilmiy emas, balki badiiy akademiya maqomiga ega. Bu akademiya 1786-yilda tashkil topgan va uning 18 ta a’zosi bor.

    Foto: Google Photos

    Fiziologiya va tibbiyot sohasidagi mukofotga nomzodlarni Karolin instituti qoshidagi Nobel mukofoti qo‘mitasi tanlaydi. Ushbu dargoh Shvetsiyadagi eng nufuzli va oliymaqom tibbiyot instituti bo‘lib, butun dunyo bo‘yicha ham o‘z yuksak obro‘siga ega. Tibbiyot va fiziologiya sohasidagi mukofotga nomzodlarni institutning 50 nafar professoridan iborat maxsus qo‘mita ko‘rib chiqadi.

    Norvegiya Nobel qo‘mitasi esa tinchlik sohasidagi Nobel mukofoti nomzodlarini saralaydi va tanlaydi. Bu qo‘mita mamlakat parlamenti tomonidan saylanadigan besh nafar hay’at a’zosidan iborat bo‘lib, 1897-yildan buyon faoliyat yuritmoqda.

    Yuqoridagi hay’at va qo‘mitalari o‘zlari javobgar bo‘lgan yo‘nalishlar bo‘yicha joriy yilgi mukofotga nomzodlar ro‘yxatini har yili 31-yanvardan kechiktirmay shakllantiradi. Odatda ularga kelib tushadigan nomzodlarning umumiy soni o‘rtacha 250–300 nafar bo‘ladi. Aynan kimlarning ismi mukofotga tavsiya qilingani-yu, lekin mukofot ololmay qolgani esa sir saqlanadi. Muayyan yildagi mukofotlarga nomzodlar ro‘yxati faqat 50 yildan keyingina ochiqlanishi mumkin.

    Har yili 1-fevraldan boshlab mukofot qo‘mitasi maxfiy tarzda nomzodlarning ilmiy yutuqlari va ularning ahamiyatini o‘rganib chiqishga kirishadi. Keyingi sakkiz oy muddatda qo‘mita mukofotga loyiq ko‘rilgan eng munosib nomzodlarni tanlab oladi va sentabrning so‘nggi haftasida yakuniy qarorga keladi. Oktabr oyining dastlabki haftasidagi kunlarda esa har kuni bittadan mukofot egasi (yoki egalari) e’lon qilib boriladi. Buning uchun Stokgolmda maxsus press-konferensiya tashkil qilinadi va joriy yilgi mukofot kimga va nima xizmatlari uchun berilgani jurnalistlar ishtirokida ommaga batafsil tushuntiriladi. Mukofotni qo‘lga kiritgan shaxs ham bu haqida o‘shanda bilib oladi xolos. Odatda unga mukofot qo‘mitasi raisining o‘zi to‘g‘ridan to‘g‘ri efirda qo‘ng‘iroq qilib tabriklaydi va dastlabki taassurotlarini so‘raydi hamda jurnalistlardan bir-ikkita savol yo‘llashga ijozat beradi.

    Qiziqarli faktlar

    Iqtisodiyot sohasidagi mukofot – Nobel mukofoti emas! U faqat Nobel xotirasi uchun ta’sis etilgan va uning familiyasi bilan ataladigan maxsus mukofot xolos. Nobel mukofoti faqat ta’sischining vasiyatida keltirilgan sohalari bo‘yicha beriladi va Nobel iqtisodiyot sohasida mukofot berish haqida hech nima demagan. Bu mukofotni ancha yillar keyin, aniqrog‘i, 1968-yilda Shvetsiya markaziy banki ta’sis etgan.

    Matematika sohasida Nobel mukofoti yo‘q! Nima uchun? Ehtimol, bu maktab o‘quvchilari ham yaxshi biladigan fakt bo‘lsa kerak. Ha, haqiqatan ham Nobel nimagadir o‘z vasiyatida matematiklarni tilga olmagan. Ko‘p tarqalgan va tayini bo‘lmagan gap-so‘zlarga qaraganda, emishki, Nobelning sevgan qizini qandaydir bir matematik “ilib” ketgani uchun olim alamidan matematiklarga mukofot ta’sis etmagan emish. Lekin bu g‘irt absurd va yanglish gap. Sababi, Nobel hayotida hech qachon uylanmagan va ayollar bilan unchalik ishi bo‘lmagan. Vasiyatdan esa uning maqsadi “amaliy” foyda keltirgan olimlarni rag‘batlantirish bo‘lgani ayonlashadi. Shu bois Nobel matematika abstrakt fan bo‘lgani sababli bu sohada mukofot ta’sis etishni istamagani aniqroq.

    Mukofot qiymati qancha? Har bir laureatga sirtiga Nobel silueti tushirilgan oltin medal taqdim etiladi. Shuningdek, diplom va pul mukofoti topshiriladi. Odatda mukofotning pul mablag‘i o‘rtacha 1 million AQSh dollari atrofida bo‘ladi (pul shved kronasi hisobida topshiriladi va mukofot berilgan kundagi kurs bunda ahamiyat kasb etadi albatta). Biroq, agar mukofot bir necha kishiga berilsa, pul mukofoti ularning har biriga taqsimlab beriladi. Bitta mukofotni uch kishigacha bo‘lgan olimlar guruhiga berilishi mumkin. Shunga qarab, pulni ham ularga uchga bo‘lib beriladi.

    Banketmisan banket! Har yili 10-dekabr sanasida Stokgolm ratushasi banket zali misli ko‘rilmagan ziyofat tantanalarini qabul qiladi. Banketda 1 300 nafar nufuzli mehmon ishtirok etadi. Bu banketga shvedlar puxta tayyorgarlik ko‘radi deyish hech narsa demaslikka tengdir. Banketda qirol o‘z oilasi bilan qatnashishini inobatga olib aytish mumkinki, unga butun dunyodan eng yaxshi oshpazlar olib kelinadi va pazandalik san’atining eng yuksak namunalari ko‘rsatiladi. Hatto xizmatchi va ofitsiantlar ham maxsus o‘qitiladi. Har bir laureat oila a’zolaridan tashqari o‘zi bilan yana 14 nafar odamni banketga taklif qilishi mumkin. Shuningdek, banketda albatta Alfred Nobel avlodlari ham ishtirok etadi.

    Muzaffar Qosimov tayyorladi.

    01.10.2019, 10:50   Izoh (0)   58558
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    “O‘zbekinvest” EISK AJ va Slovakiyaning EXIMBANKA SR o‘rtasida hamkorlik to‘g‘risida bitim imzolandi


    Paynet xizmatlari endi Kapitalbank bankomatlarida mavjud


    “Moody’s Ratings” xalqaro reyting agentligi “O‘zbekinvest” kompaniyasi reytingi prognozini “Ba2”- “ijobiy” darajagacha ko‘tardi


    "Eco Expo Central Asia 2025" doirasida xalqaro ekologik tashabbuslar birlashmoqda


    InfinBANK tomonidan XISMK liniyasi bo‘yicha taqdim etilayotgan islomiy moliyalashtirish – biznesni rivojlantirish uchun ishonchli yechim 


    Buxoro, G‘ijduvon, zindon, misvok va madrasa – 100 savolga 1 javob


    Texnologiyaning yangi bosqichi — HUAWEI Mate XT va HUAWEI Mate 70 Pro bilan tanishing


    TBC Bank va Bahodir Jalolov firibgarlarga qarshi jangga chiqdi 


    Moody’s “Biznesni rivojlantirish banki” reytinglarini “salbiy”dan “barqaror”ga o‘zgartirdi


    Investitsiya nima va u insonlarga nima uchun kerak?


    “Mikrokreditbank” ATB IX Germaniya-O‘zbekiston biznes forumi doirasida ODDO BHF bank bilan 50 million dollarlik shartnoma imzoladi


    O‘zbekiston terma jamoasining dunyodagi eng yirik sport tadbiriga chiqishi Kia brendining mavqeini yanada mustahkamlashga xizmat qiladi 


    InfinBank pul o‘tkazmalari geografiyasini kengaytirmoqda


    AKFA Group “AKFA Medline Social” nomli tibbiy startap qurilishini boshlanganini e’lon qildi 


    Uzbekistan Airways Seulga kunlik aviaqatnovlarni taklif qiladi

     

    Tavsiya etamiz

    Vashington Tehronga qarshi harbiy kampaniyadan Xitoy va Rossiyani jilovlashda foydalanmoqchimi? Mintaqamizni nimalar kutadi?

    19 iyun, 22:05

    Chelyabinskka qulagan meteorit — 540 kiloli osmon jismi qanday topilgan edi?

    19 iyun, 13:31

    Qariyb yarim asrlik mehnat yoxud Eron qanday qilib raketa derjavasiga aylandi?

    18 iyun, 20:05

    Raddiyaga raddiya: “Yuksalish” harakati va “O‘zsuvtaʼminot” AJ bir-birini yolg‘on maʼlumot tarqatishda ayblamoqda

    17 iyun, 00:10
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Medvedev bir qator davlatlar Eronga “yadroviy o‘q-dorilar” berishga tayyorligini aytdi

    Dunyo | 22 iyun, 18:19

    “Qo‘shnilar” bahsi, braziliyaliklar hissasi va yirik hisobdagi g‘alaba: “Navbahor” va “OKMK” o‘yinidan fotogalereya

    Sport | 22 iyun, 18:00

    Suriyada Bashar Asadning amakivachchasi qo‘lga olindi

    Dunyo | 22 iyun, 17:31

    Husiylar AQSHning Eronga hujumi sabab urushga qo‘shilganini e’lon qildi

    Dunyo | 22 iyun, 16:55

    Eron yadroviy obyektlariga zarba: yetakchilar qanday fikrda?

    Dunyo | 22 iyun, 16:24

    Xosep Gvardiola: “Ayrim futbolchilar ketadi”

    Sport | 22 iyun, 15:25

    Isroil va Erondagi o‘zbekistonliklardan imkon qadar xavfsiz hududlarga chiqib ketish so‘raldi

    O‘zbekiston | 22 iyun, 15:09

    Misrdan O‘zbekistonga gepatit C ga qarshi dori vositalari to‘rtinchi partiyasi yetkazildi

    O‘zbekiston | 22 iyun, 13:40
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.