Suriya barcha mamlakatlardan arab respublikasi hududida noqonuniy joylashtirilgan qo‘shinlarini olib chiqib ketishni talab qilmoqda. Bu haqda Suriya tashqi ishlar vaziri Valid Muallimning so‘zlariga asoslanib “RIA Novosti” xabar berdi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, aks holda Damashq ularga qarshi chora ko‘rish huquqiga ega bo‘ladi.
Muallim AQSh va Turkiya Suriyaning shimolida noqonuniy ravishda paydo bo‘lganini va hatto “muzokaralar o‘tkazish va go‘yoki xavfsiz hududni yaratishgacha haddidan oshganini” ta’kidladi.
“Bu xalqaro huquq va xartiyani buzadi”, — deya qo‘shimcha qildi diplomat.
Izoh (0)