Futbol bo‘yicha Ispaniya La Ligasining 7-turi doirasida 28-sentabr, shanba kuni 4 ta uchrashuv yakunlandi.
Ernesto Valverde boshchiligidagi Kataloniyaning “Barselona” klubi safarda “Xetafe”ni sinovdan o‘tkazdi.
Bellashuvning 41-daqiqasida “ko‘k-anorranglilar” hujumchisi Luis Suares Mark-Andre ter Shtegen uzatmasini golga aylantirgan bo‘lsa, 49-daqiqaga kelib ispaniyalik Xunior Firpo hisobni 2:0 ko‘rinishiga olib keldi.
Shu tariqa kataloniyaliklar joriy mavsum ilk marotaba mehmonda kechgan bahsda g‘alabaga erishdi va muhim 3 ochkoga ega bo‘ldi.
Qayd etish joiz, “Barselona” 13 ochko jamg‘argan holda musobaqa jadvalida 4-o‘ringa ko‘tarilib oldi. “Xetafe” esa 7 ochko bilan 11-o‘rinni egallab turibdi.
Shu kuni Madrid derbisida Diyego Simeone qo‘l ostidagi “Atletiko” Zinedin Zidan boshliq “Real” bilan bahsga kirishdi.
O‘yin davomida darvozalar daxlsizligi saqlanib qolindi va jamoalar bir ochkodan bo‘lishib oldi.
Ushbu turdan so‘ng “Qirollik klubi” 15 ochko to‘plab, musobaqa jadvalida yetakchilikni o‘z qo‘liga oldi. “Matraschilar” esa 14 ochko bilan kuchli uchtalikka kirdi.
La Liga
7-tur bahslari
28-sentabr, shanba
“Atletik”—“Valensiya” 0:1
Gol: 0:1 — 27 Cherishev“Xetafe”—“Barselona” 0:2
Gollar: 0:1 — 41 Suares, 0:2 — 49 Firpo“Granada”—“Leganes” 1:0
Gol: 1:0 — 28 Puertas“Atletiko”—“Real” 0:0
“Atletiko”: Oblak, Trippyer, Lodi (Lemar, 61), Savich, Ximenes, Vitolo (Korrea, 46), Koke, Saul, Tomas, Joau Feliks (Lyorente, 70), Diyego Kosta“Real”: Kurtua, Ramos, Karvaxal, Varan, Nacho, Kazemiro, Valverde (Modrich, 68), Beyl, Kroos, Azar (Xames, 77), Benzema (Yovich, 88)
Ogohlantirishlar: Nacho (22), Varan (69), Tomas (90)
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)