• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12904.51
    • RUB161.99
    • EUR14575.64
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +28°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Dunyo

    Jahon matbuoti sharhi: Sovetlar britaniyaliklarni qanday qilib josuslikka yollagan? Ekologiya siyosatini o‘zgartirgan qiz

    “Daryo” o‘tayotgan haftada dunyo matbuotida keng yoritilgan, ko‘pchilikning qiziqishiga sabab bo‘lgan maqolalar sharhiga to‘xtalib o‘tadi.

    Fidelning Putinga maslahatlari

    The Daily Express nashri Kubaning marhum sobiq rahbari Fidel Kastro Putinga bergan maslahatlari borasida qiziqarli maqola e’lon qildi. Maqolada Rossiya prezidenti o‘ziga uyushtirilgan suiqasdlardan keyin Fidel Kastroga murojaat qilgani borasida amerikalik rejissor Oliver Stounga intervyu davomida ochiqlagani haqida yoziladi.

    Foto: “TASS”

    Foto: “TASS”

    2016-yil noyabr oyida 90 yoshida vafot etgan Kastroga hayoti davomida 600 martadan ko‘proq suiqasd uyushtirilgan. Shu suiqasdlardan eng mashhuri MRB tomonidan uyushtirilgan “portlovchi sigara” voqeasidir.

    2012-yilda bir guruh chechen jangarilari Putin harakatlanayotgan avtomobil yo‘liga mina qo‘yib, portlatib yuborishga uringan edi. Bu haqda o‘sha paytlar The Times ham xabar qilgan.

    2008-yili Qizil maydonda Putinni o‘ldirmoqchi bo‘lganini aytgan odam hibs etilgan edi.

    Suiqasdlar haqida gapirarkan, Putin o‘z tansoqchilariga ishonishini aytib shunday deydi: “Men o‘z ishimni qilaman, himoya odamlari o‘z ishini bajaradi. Muvaffaqiyat bilan. Men ularga ishonaman”.

    So‘ng Stoun KGBning sobiq agentidan o‘z taqdiri haqida qanday o‘ylashini so‘ragan. Putin muloqot jarayonida “bizning ham, sizning ham taqidiringiz yolg‘iz Xudoga ayon. Barchasi siz va biz bu o‘tkinchi dunyoda nima qilishimizga bog‘liq” degan fikrni aytgan.

    Bu intervyu keskin va sovuqqonlik bilan ish ko‘radigan kuchli va hokimiyatparast Putinning xarakterini ko‘rish imkonini berdi.

    Hozir Rossiyada haqiqiy saylov o‘tkazilishi talabi bilan bog‘liq norozilik tufayli Putin siyosatini diqqat bilan kuzatishmoqda. Aleksey Navalniyning aqlli ovoz taktikasi hududiy saylovlarda “Yedinaya Rossiya” partiyasining obro‘si va natijalariga katta zarba berdi.

    Endi Putin saylovchilarga ma’qul bo‘lish uchun o‘z boshqaruvini yumshatishi mumkin, amalda esa so‘nggi voqealar buning teskarisini ko‘rsatyapti. Saylovdan so‘ng politsiya butun Rossiya bo‘ylab Navalniyning ofislarida tintuv o‘tkazdi.

    Kim Filbi: kembrijlik josuslar kim?

    The Times nashri sovet razvedkasi ingliz millatiga mansub kemrijliklani o‘z josusi sifatida ish ko‘rishga yollagani haqida maqola chop etdi. Maqola 1934-yildagi voqealar qanday rivojlanganiga batafsil to‘xtaladi.

    1934-yil iyun oyida Rijent-parkda sovet razvedkasi yollovchisi Arnold Doych va Kembrij universitetining yosh bitiruvchisi Kim Filbi (Britaniya tarixidagi eng mashhur josus) o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tgan. Bu uchrashuvda Kembrij josuslik yacheykasining tashkil etilishi, Kim Filbining MI6 da uzoq davom etgan faoliyati britan maxsus xizmati uchun haligacha davom etayotgan janjalga aylandi.

    Oradan 29 yil o‘tgach, 1963-yilda Kim Filbi uchrashuv qay tarzda o‘tgani, nimalar haqida kelishilgani haqida esda qolarli va shov-shuvga sabab e’tirof bitilgan asar yozdi. Asarda yozilishicha, Kim Filbining dastlabki uchrashuvini avstriyalik kommunist ayol Litsi Fridman tashkil qilgan. Filbi uchrashuvda “Otto” taxallusli agent bilan josuslik ishlari olib borish tartibi, Kembrijdagi keyinchalik yollash mumkin bo‘lgan boshqa kommunistlar haqida ma’lumot to‘plash haqida topshiriq olgan.

    Filbi The Times nashrining xorijdagi muxbiri sifatida ishlar ekan, MI6 ning josusi sifatida ham ishga joylashgan. Urushdan so‘ng Vashingtondagi bo‘limni boshqargan. U MI6 xizmatini tashkil qilishda faol qatnashgan.

    Filbi boshchiligidagi josuslik tarmog‘i “Kembrij beshligi” nomini olgan. Beshlik deb atalgan bo‘lsa-da, josuslar ancha ko‘p bo‘lgani taxmin qilinadi. 1951-yilda Filbining do‘stlari Moskvaga qochib ketgach, asosiy shubha uning o‘ziga tushgan. Uni MI6 xizmatidan iste’foga chiqishga majbur qilishgan, ammo u javobgarlikka tortilmagan. Bayrutda faoliyat yuritar ekan, bir paytning o‘zida ham KGB, ham MI6 ga ishlashda davom etgan.

    1961-yilda Filbining aybi to‘la isbotga ega bo‘lgach, MI6 Bayrutga uning ortidan kuzatish uchun do‘sti Elliotni yuborgan. Elliot Filbining kvartirasini eshitib borgan, barcha eshitganlarini MI6 ga yetkazgan. Filbi dastlab KGBga ishlaganini rad etgan, keyin ikki enlik xat yozib, tavba qilgan. Uning tavba-tazarrusi yarmi yolg‘on, yarmi chin edi. U Elliotga urushdan so‘ng Rossiyaga ishlamay qo‘yganman deb aytgan. Bu esa yolg‘on edi. Elliot Filbiga bor aybini ochiqchhasiga tan olishi, unga foyda keltirishini aytgan va kuzatuvni to‘xtatib, AQShga uchib ketgan. Shundan so‘ng Filbi Rossiyaga qochib o‘tgan.

    Kashmir sabab urush chiqadimi?

    Pokiston bosh vaziri Imron Xon Hindiston bahsli Jammu va Kashmir shtatida keskin jazo choralari qo‘llayotgani tufayli ikki orada yangi urush chiqishi mumkinligi haqida bayonot berdi, deb yozadi The Time nashri.

    Foto: Google Photos

    Foto: Google Photos

    Bayonot ortidan Donald Tramp uch kun ichida ikki marta tinchlikka erishish maqsadida Narendra Modi bilan uchrashdi. Tramp Modini olqishlar ekan, ikki tarafni murosaga chorladi. BMT sammitida chiqish qilar ekan, Imron Xon Modini irqchilikda aybladi. Hind millatchisi Modi hukumati Kashmirda komendatlik soati joriy qilgan va aholisining katta qismi musulmon bo‘lgan bu hududni tashqi aloqadan uzib qo‘ygan.

    “Kashmir xalqini 50 kundan beri 900 ming askar siquvda ushlab turibdi. Ommaviy qamoqqa olish, yopiq kasalxonalar, yalpi axborot qamali yuz bermoqda”, – dedi Imron Xon.

    Kashmir tufayli Hindiston–Pokiston mojarosi 1940-yillarning oxirlarida boshlangan. Kashmirliklarning aksariyati hind hukumati askarlaridan norozi.

    Modi Kashmirdagi o‘zgarishlarni himoya qilib, uning maqsadi mintaqani islomiy ayirmachilardan himoya qilish ekanini aytmoqda. Modi tarafdorlari uning bu siyosatini olqishlamoqda.

    Xon urush haqida gapirgan bo‘lsa-da, Tramp Modi haqida iliq fikrda. Seshanba kungi muloqot jarayonida Tramp Modini ma’lum va mashhur Elvis Presliga qiyosladi. Yakshanba kuni Xyustonda Tramp Modi uchun dabdabali qabul marosimi uyushtirdi.

    Jurnalistlarga yuzlanar ekan, Tramp Modi bilan uchrashuv va suhbat unga yoqqanini, u bilan suhbatlashish boshqalarga qaraganda o‘zgacha ekanini ta’kidladi.

    O‘z navbatida, Modi ham Trampni maqtovlari bilan siyladi: “U aniq mening do‘stim. U aniq Hindistonning ham do‘sti”.

    Kashmir borasidagi qarama-qarshilik masalasiga kelganda Donald Tramp har ikki tarafni bitimga chaqirdi. Dushanba kuni Xon bilan o‘tkazgan uchrashuvda Tramp “biz hammamiz tinchlik istaymiz” deb aytdi.

    Xon shu hafta dunyo rahbarlari oldida Kashmir masalasini ko‘tardi. U Modi bilan uchrashuv o‘tkazishga qiziqmadi. “Afsuski, hozirda Hindistonda irqchi hindlar hukumat tepasida qolmoqda”, deb ta’kidladi Imron Xon.

    Xon, shuningdek, Trampga Eron rahbari Ruhoniy bilan yadroviy keskinlik masalasida muzokara uyushtirishga vositachi bo‘lishini ham aytib o‘tdi. Xon bu borada tafsilotlarga to‘xtalmagan bo‘lsa-da, Tramp keskinlikni to‘xtatishni so‘ragach, dushanba kuni Ruhoniy bilan gaplashib ko‘rishini aytdi.

    “Bu borada qo‘limizdan kelganini qilamiz”, – deb aytdi Pokiston rahbari.

    Tunberg effekti

    The Bloomberg axborot nashri 16 yoshli Greta Tunbergning BMTda chiqishi ortidan katta siyosat sahnasida yosh ekologiya himoyachisi nutqi qanday aks sado bergani haqida maqola chop etdi.

    Sent-Lyusi rahbari “Greta bizni asosli ravishda tanqid qildi, biz shunga arziymiz”, deb fikr bildirdi. Tramp kutilmaganda sammitda paydo bo‘ldi, Rim papasi esa sammit ishtirokchilariga videomurojaat yo‘lladi.

    Foto: Google Photos

    Foto: Google Photos

    Dushanba kuni dunyo rahbarlari va yirik kompaniyalar egalari BMT sammitida to‘planib, ishonchni oqlamasha olmayotganini e’tirof etdi.

    16 yoshli shvetsiyalik Greta Tunberg “Sizlar quruq va’dalaringiz bilan mening bolaligim va orzularimni o‘g‘irladingiz. Qanday jur’at qilyapsiz?!”, deb nutq so‘zladi.

    Hech kim unga qarshi chiqa olmadi. Aksincha, ko‘pchilik uning nutqini olqishladi.

    Dushanba kuni BMT Bosh assambleyasining ikki haftalik sammiti bilan yonma-yon ravishda BMT iqlimiy harakati sammitida bosh kotib Antonio Gutterish dunyo rahbarlarini parnik gazlari chiqarilishini cheklashga va sayyoramizdagi issiqlik darajasi ko‘tarilishining oldini olishga jiddiyroq yondashib, majburiyatlar olishga chaqirdi. Sammitda vaqti-vaqti bilan Germaniya kansleri Angela Merkel, Fransiya prezidenti Emmanuel Makron, Hindiston bosh vaziri Narendra Modilarning aybdorlik ohangidagi irodlari yangradi. Kutilmaganda bu yerga Tramp ham keldi, ammo so‘zga chiqmadi.

    Davlatlar va kompaniyalar dunyo iqlimi isishiga qarshi milliardlab dollar sarflashga tayyor ekanini bildirdi, ammo hech kim amalga oshirayotgan ishidan tashqari majburiyat olishni istamadi.

    Dunyo iqlimi isishiga eng katta ta’sir o‘tkazayotgan AQSh va Xitoy rahbarlarining bu sammitda chiqish qilmagani yaqqol ko‘zga tashlandi.

    Sobiq davlat kotibi Jon Kerri “Biror-bir mamlakat o‘z ishini qilmayapti. Farzandlarimiz ko‘chaga chiqib, bizga tanbeh berishga urinayotgani bejiz emas” dedi.

    Dushanbadagi iqlim sammiti asosiy jihatlari.

    Optimizm hissi

    Sammit arafasida Antonio Gutterish davlat boshliqlarida muammoni kechiktirib bo‘lmaslik hissini uyg‘otishga  urindi. Davlat boshliqlarini asr oxiriga borib sayyora 3 daraja haroratga isishi borasida ogohlantirdi. Qayg‘uli ma’lumotlarga qaramay, davlat rahbarlari hali kech emasligini, muamoning oldini olish mumkinligini ta’kidladi.

    Trampning kutilmagan tashrifi

    Kutilmaganda Donald Tramp Maykl Pens va Mayk Pompeo hamda ma’muriyat boshlig‘i vazifasini bajarayotgan M. Malvayni bilan sammitga tashrif buyurdi. U Gretaning chiqishini tingladi.

    Iqlim o‘zgarishi borasida o‘z hissasini qo‘shayotganini ko‘rsatish maqsadida yakshanba kuni iqlim to‘g‘risidagi tadbirni boykot qilmoqchi emasligini bildirib, Xyustondagi toshqin borasidagi brifingda o‘zining iqlim borasidagi muammolardan xavotirda ekanini bildirishga harakat qildi. Tramp unda kibr yo‘qligi, juda bandligini, toshqinlar va iqlimiy o‘zgarishlardan xavotirda ekanini ta’kidladi.

    Trampga hujumlar

    Ammo bu Tramp tanqidchilarini to‘xtata olmadi. Trampni bundan oldin ham 2017-yilda Parij bitimidan chiqqani uchun tanqid qilishgan.

    Kaliforniya gubernatori Gevin Nyusom “iqlim masalasida prezidentimizning mensimaslik munosabati bizga kelajakda qanday ta’sir qilishini bilmayman. Mening qanotlarim sindi”, degandi.

    Xitoy tashqi ishlari vaziri Van I “dunyo AQShsiz ham iqlim o‘zgarishiga qarshi kurashishi mumkin”ligini aytdi.

    Vashington gubernatori Jey Insli “hech bir mamlakat iqlim o‘zgarishlarini rad etayotgan Tramp ortidan qoyadan sakramaydi”, deb ta’kidladi.

    Rossiyaning sovg‘asi

    3,5 yilga orqaga qadam tashlashdan keyin Rossiya prezidenti Parij bitimini tasdiqlashga qaror qildi. Bu qaror ko‘proq iqlimiy o‘zgarishlarga qo‘shilishdan ko‘ra geosiyosiy diplomatiya va iqtisodiy manfaatdorlikday ko‘rindi. Fransiya rahbari bu qarorni “kutilmagan sovg‘a” deb atadi.

    Yangi noroziliklar

    BMT sammiti ishtirokchilari iqlimiy o‘zgarishlarni muhokama qilayotgan bir paytda Vashington ko‘chalarida iqlimiy siyosat tarafdorlarining namoyishlari davom etdi. Ekotadbir faollari “Hayot uchun qo‘zg‘al!”, “Haqiqatni so‘zla!” shiorlari bilan ko‘cha harakatini to‘sib qo‘ydi.

    Germaniya va Britaniya harakatni kuchaytiradi

    Germaniya iqlimiy o‘zgarishlarga qarshi kurashda rivojlanayotgan mamlakatlarga 4,4 milliard dollar ajratishga va’da berdi. Bu avvalgi va’da qilingan mablag‘dan ikki barobar ko‘pdir. Merkel bu muammoni birgalikda hali qilish kerakligini va maummoni sanoati rivojlangan mamlakatlar keltirib chiqarganini alohida qayd etdi.

    Buyuk Britaniya bosh vaziri Boris Jonson iqlimiy o‘zgarishlarga qarshi kurashish uchun rivojlanayotgan mamlakatlarga moliyaviy yordam dasturini besh yil mobaynida 14,4 milliard dollarga yetkazishga va’da berdi. Oldingi majburiyat 7,2 milliard dollarga teng edi.

    Korporatsiyalar majburiyati

    Korporatsiyalar qayta tiklanadigan energiya vositalarini sotib olish va uglerod chiqarishni kamaytirishga ko‘plab va’dalar berdi. Amazon kompaniyasi 2040-yilgacha mahsulotlarni yetkazish uchun 100 ming elektromobilga buyurtma berishni va’da qildi.

    Google kompaniyasi qayta tiklanadigan energiya vositalarini katta hajmda sotib olishini ta’kidladi.

    Elektr jihozlar ishlab chiqaruvchi eng yirik Schneider Electrics kompaniyasi 2025-yilgacha ugleroddan foydalanishni 0 foizgacha tushirishni bayon qildi.

    13 ta eng yirik neft-gaz sohasida faoliyat yuritadigan kompaniyalar issiqlik gazini ushlab qoluvchi texnologiyalar uchun eng yirik sarmoya kiritishlarini ma’lum qildi.

    BMT bosh kotibi 77 davlat shunday ulkan va’dalar bilan tashabbus ko‘rsatgani iqlimiy o‘zgarishlarga qarshi kurashda taraqqiyot ekanligini aytdi. U barchani yashil iqtisodiyotga o‘tishga da’vat etdi.

    Jahongir Ergashev tayyorladi.

    29.09.2019, 08:32   Izoh (0)   49324
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Afg‘onistondagi prezidentlik saylovida ovoz berish yakunlanadi

    28.09.2019, 23:35

    Ramzan Qodirov Grozniydagi savdo markazida yuz bergan yong‘inni xursand bo‘lib videoga olgan shaxslarni topishni buyurdi

    28.09.2019, 20:49

    Janubiy Koreyada yuk tashuvchi kema portladi (video)

    28.09.2019, 19:04

    Amerikaliklarning 47 foizi Trampga qarshi impichment boshlash qarorini qo‘llab-quvvatladi

    28.09.2019, 18:43

    Vladimir Putinning 2024-yilga kelib Sovet Ittifoqini qayta tiklash rejalari yo‘qligi ma’lum qilindi

    28.09.2019, 17:41

    Qozog‘istonda erkak 17 yoshli qizni 2 yashar jiyani guvohligida zo‘rladi. Jinoyatchi sobiq huquq-tartibot xodimi deb taxmin qilinmoqda

    28.09.2019, 16:42
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    TBC Uzbekistan o‘zining sun’iy intellektga asoslangan yechimlari orqali samaradorlikni oshirib, o‘sish sur’atlarini tezlashtirmoqda 


    ZTE korxonasi GSMA M360 Yevrosiyo forumida suniy intellekt raqamli iqtisodiyot rivojiga qo'shayotgan hissasi haqida ma’lumot berdi


    Oqtepa Lavashdan “Kulgili narxlar”: sevimli taomlar — har bir pozitsiya 10 mingdan 20 ming so‘mgacha bo‘lgan maxsus narxlarda


    APEX BANK Toshkentda Bosh ofis va Markaziy sotuv ofisini ochdi


    Ilg‘or qurilish texnologiyalari asosida qad rostlayotgan Quyi Chotqol GES


    Centrum Air Istanbul va O‘zbekistonning uch shahri o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslarni yo‘lga qo‘ymoqda


    Huawei O‘zbekistondagi “Tech Carnival”da Intellektual dunyo rivojini jadallashtirmoqda


    ANORBANK Xususiy sektorni rivojlantirish bo‘yicha Islom korporatsiyasi bilan 10 million AQSH dollariga teng kelishuv imzoladi


    Jamg‘armalar bilan qanday ishlash zarur: bank omonatlari, aksiyalar yoki investitsion paketlar? (davomi)


    Kapitalbank xodimlarining raqamli ko‘nikmalarini rivojlantirmoqda 


    AKFA Medline University Hospital AHA rasmiy o‘quv markazi maqomini qo‘lga kiritdi


    Tarmoqda bolalar xavfsizligi : Octobankdan maslahatlar


    Huawei Cloud TechWave Summit 2025: Yaqin Sharq va Markaziy Osiyoda muvaffaqiyatni oshirish uchun intellektuallikni tezlashtirish 


    Eng chuqur g‘or, eng baland ko‘prik va eng sirli maskan – Namanganga boramiz


    Mobiuz IQAir havo sifati datchigini o‘rnatdi

     

    Tavsiya etamiz

    Ayol ovchilardan ilg‘or samolyotlarga qadar — Ukraina rus Shahed’larini qanday ovlaydi?

    19 may, 20:10

    “Lend-Liz” yordami sovg‘a bo‘lmagan — Britaniya ikkinchi jahon urushida berilgan yordamni qanday qaytargan edi?

    19 may, 15:00

    “Yovuzlik imperiyasi zaminimizga hech qachon qaytmasligi uchun” — jamoatchilik o‘roq-bolg‘ali qizil bayroq va qora-olovrang lentani taqiqlashni so‘ramoqda

    13 may, 22:22

    Ular doim dunyoda eng yaxshilaridan bo‘lgan — pokistonlik harbiy uchuvchilar haqida

    12 may, 21:30
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    O‘zbekistonda yangi avtomobillar uchun bojxona to‘lovlarini hisoblash tartibi o‘zgartirildi

    O‘zbekiston | 25 may, 09:09

    Garnacho o‘z xizmatlarini “Real”ga taklif qildi

    Sport | 25 may, 08:12

    Toshkentda daraxt bosib qolgan fuqaro vafot etdi

    O‘zbekiston | 24 may, 23:21

    Superliga. “Buxoro” mehmonda “So‘g‘diyona” bilan durang o‘ynadi

    Sport | 24 may, 23:08

    Toshkent va Andijondagi oshxona hamda xonadonda yong‘in sodir bo‘ldi (video)

    O‘zbekiston | 24 may, 22:40

    Namangan hokimi 100 yilligi nishonlanayotgan maktabdagi “So‘nggi qo‘ng‘iroq” tadbirida ishtirok etdi

    O‘zbekiston | 24 may, 22:00

    Quyoshdan himoyalovchi kremlardan foydalanishda tez-tez uchraydigan xatolik aniqlandi

    Layfstayl | 24 may, 21:40
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.