MIB Mirzo Ulug‘bek tuman bo‘limi Toshkentdagi “Salom” savdo markazini sotuvga qo‘ydi. Bu haqda E-ijro auksion xabar bermoqda.
Ko‘p yo‘nalishli ushbu markazda savdo va maishiy xizmat, umumiy ovqatlanish xizmatlari ko‘rsatib kelingan.
2016-yili qurilgan va umumiy maydoni 716 kvadrat metr bo‘lgan 5 qavatli bino 88 ta xonaga ega. Markaz gaz, suv, elektr tarmoqlari va kanalizatsiyaga ega.
Mazkur lot iqtisodiy ishlar bo‘yicha sud qaroriga ko‘ra sotuvga qo‘yilgan. Uning boshlang‘ich narxi 19,2 milliard so‘m bo‘lib, savdolar 15-oktabrda bo‘lib o‘tadi.
Izoh (0)