• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12658.19
    • RUB161.44
    • EUR14672.11
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +37°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    UNESCO talabiga mos kelmagani uchun binosi buzib tashlangan samarqandlik tadbirkor ayol tovon puli ham berilmaganidan shikoyat qilmoqda

    “Daryo” tahririyatiga Samarqand shahrida yashovchi Fadiya G‘afurova murojaat qilib, hozirda Jizzax viloyati, Sharof Rashidov tumani hokimi, Samarqand viloyatining sobiq hokimi Zoir Mirzayev shahardagi U.Jo‘raqulov ko‘chasida joylashgan avtoshohbekatidagi savdo do‘konini noqonuniy tarzada buzib tashlaganini bayon qilgan.

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    — Bu yer tashlandiq joy edi. Shu yerda joylashgan korxona ishchilari uyini suv bosgan. Shu sababli hokimlik kimki o‘z mablag‘i hisobidan fuqarolarga joy qilib bersa yer berishini ma’lum qilgandi, — deydi Fadiya G‘afurova. — Biz Anatoliy Lyubimovga O‘zbekiston ko‘chasi, 55-uydan uy olib berdik. Shundan so‘ng evaziga menga shu yerdan 54 kvadrat metr yer ajratib berdi. Bu yerdagi jarliklarni o‘zimizning hisobimizdan to‘ldirdik. Shag‘al sotib olib yerto‘lani ko‘tardik. Birinchi va ikkinchi qavatni quyma blok (shlakablok) bilan ko‘tarib chiqdik. Uchinchi qavatni quramiz deb turganimizda hudud UNESCO’ga tegishli ekanligini, UNESCO prokuraturaga berganligini aytib qolishdi. Bu yerda qurilish bo‘lmaydi deyishdi. Shu bilan ancha yil qoldi.

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    Ma’lum bo‘lishicha, 2009-yilda Fadiya G‘afurovaga savdo do‘konini buzish bo‘yicha qog‘oz kelgan. Tadbirkor agar bino buziladigan bo‘lsa bunga qarshiligi yo‘qligini bildirgan. Qilingan xarajatlar uchun tovon puli berishlarini so‘ragan.

    – Men davlatning yeriga da’vo qilmayman. Ammo bu savdo do‘konini qurishga mablag‘ sarflaganman. Biroq hokimlik vakillari hozir mablag‘ yo‘qligi, shu sababli pul to‘lolmasligini aytdi. Shundan so‘ng men “Pul to‘lanmasa do‘konim ham turaveradi” dedim. Shundan so‘ng meni o‘sha paytda Samarqand viloyat hokimi bo‘lgan Zoir Mirzayev hokimlikka chaqirdi. Keyin prokuraturadan odam qo‘shib yubordi. Ular menga bosim o‘tkazib, joyni bepul tashlab ketishimni istadi, — deydi Fadiya G‘afurova.

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    Fadiya G‘afurovaning qarshiligiga qaramasdan, tadbirkor ishtirokisiz va sud hukmisiz uning xususiy mulki buzib tashlangan.

    — 2017-yilning 23-mart kuni ko‘chadan o‘tib ketayotganda qarasam menga tegishli bino yo‘q. Avtostansiya direktorining oldiga kelib “Do‘konimni kim buzdi?” deganimda Zoir Mirzayev buzganligini aytdi. “Buzilgan binoning qurilish materiallari qani?” deb so‘raganimda olib chiqib ketilganligi, qolganlari maydalab yerto‘laga joylashtirganligini aytdi, — deydi Fadiya G‘afurova.

    Tadbirkor bir necha bor Prezident portaliga murojaat qilgan. Ammo ushbu murojaatlar ham oxirigacha o‘rganilmagan. Aniqrog‘i, portalga yozilgan murojaat prokuraturaga yuborilgan.

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    – Prokuratura murojaatimni yozib olib, 54 kvadrat metr maydonga ega bo‘lgan bino o‘rniga ikki baravar hisobida yer qilib berilishini aytdi. O‘sha vaqtda Samarqand viloyat prokuraturasining 7-bo‘lim boshlig‘i Feruz Alimov o‘n bor uyimga kelib, binoni qurib beramiz deb aytdi. Sababi binoni buzishda aynan o‘sha prokuror bo‘lgan. Biroq u ham aldab ketdi, — deydi tadbirkor. — O‘n marotaba hokimlikka ariza tashladim. 4-5 marotaba arxitekturaga bordim. Unisi bunisiga yuboradi, bunisi unisiga yuboradi. “Qarab turing, xat boradi” deydi. Uch yildan beri qarab turibman xat keladi deb.

    Ma’lum bo‘lishicha, bino buzilishidan avval Samarqand viloyat hokimligidan Ulug‘bek (familiyasini eslolmadi) degan yigit Fadiya G‘afurovani o‘sha vaqtdagi viloyat hokimi Zoir Mirzayev chaqirayapti deb olib ketgan. Zoir Mirzayevning xonasida bino masalasi muhokama qilingan. Uzoq muhokamadan so‘ng tadbirkor ayol bino buzilishidan norozi ekanligini bildirib, chiqib ketgan.

    Shundan so‘ng uni hech kim bezovta qilmagan. Tadbirkorning aytishicha, Zoir Mirzayevga bino buzilmasligini aytgani uchun o‘ch olish maqsadida garchi Toshkentga ketgan bo‘lsada uning savdo do‘konini buzdirib tashlagan.

    Bugungi kunda buzilgan binosini qayta tiklash va o‘rniga zamonaviy usulda bino qurish maqsadida Fadiya G‘afurova ko‘plab mutasaddi tashkilotlarga murojaat qilgan. Biroq, negadir yuqori turuvchi tashkilotlar tadbirkor ayolga bino qurish uchun ruxsat bermayapti.

    Samarqand shahar hokimining qurilish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari Rustam Olimovning 2019-yil 3-aprelda yo‘llagan xatida “Shohi Zinda” ko‘chasida joylashgan maishiy xizmat ko‘rsatish do‘konini qayta qurishga ruxsat berish to‘g‘risida qilingan murojaat shahar arxitektura va qurilish bo‘limi tomonidan o‘rganib chiqilganligi bildirilgan. Xususan, mazkur hudud Samarqand shahar tarixiy yodgorliklarni saqlash va ulardan foydalanish Davlat nazorat inspeksiyasi tomonidan tarixiy yodgorliklarning qo‘riqxona kiritilganligi sababli Samarqand viloyati tarixiy yodgorliklarni saqlash va ulardan foydalanish Davlat nazorat inspeksiyasining texnik shartlari asosida, Samarqand viloyat qurilish bosh boshqarmasi qoshidagi shharsozlik kengashiga taqdim etilishi ma’lum qilingan.

    — Men buzilgan binoni o‘zim zamonaviy qilib qurmoqchiman. Ammo menga hech kim ruxsat bermayapti. Hokimlik qilmaysan deydi. Viloyat bosh arxitektoriga murojaat qildim. Ammo birortasi javob bergani yo‘q, — deydi Fadiya G‘afurova.

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    Tadbirkor ayolning aytishicha, U.Jo‘raqulov ko‘chasida joylashgan avtoshohbekatdagi binoni buzilishi bo‘yicha viloyat hokimi Erkinjon Turdimovga murojaat qilmagan. Faqat Samarqand viloyat arxitektura boshqarmasiga murojaat qilgan.

    — 2009-yilda hokimlik meni savdo do‘konim bilan bir qatorda bekatda baland qurilgan boshqa binolarni buzish bo‘yicha 3 kun muhlat bergandi. Ammo ular kecha-kunduz ishlab, binosini bitqazib oldi. Ularga hech kim indamadi. Xo‘sh, nega? Axir ikkala bino ham UNESCO hududda joylashgan-ku? Nima uchun ularning qurilishiga ruxsat boru, bizning qurilishga ruxsat yo‘q, — deydi tadbirkor. — Men bu savolni kerakli joyga bermoqchiman. Ammo meni kalta-kulta qilib yuboradi-da. Quloq ham solmaydi. Tirik ekanman, joyimni hech kimga bermayman, binoni qayta tiklayman.

    Tadbirkor ayolning aytishicha, yangi bino qurish uchun Toshkentdan ruxsat berilgan. Ammo negadir Samarqandda qurilishga ruxsat berilmayapti. Shuningdek, Madaniy meros ob’ektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish ilmiy-ishlab chiqarish bosh boshqarmasining Samarqand va Jizzax viloyatlari bo‘yicha davlat inspeksiyasi boshlig‘i Maysara Nabirayeva ham Fadiya G‘afurova bino qurishiga ruxsat bermayapti.

    – Shu yil bahor oylarida Davlat inspeksiyasi boshlig‘i Maysara Nabirayevaning oldiga borib, o‘zi bilan uchrashgandim. Undan avval “snos” vaqtida bir necha bor borganman. Yaqin kunlarda ham bordim. U kishi yo‘q. Yo mehmon kutadi yoki kasal bo‘ladi. Shu sababli oldiga kira olmayman, — deydi Fadiya G‘ofurova.

    “Daryo” tadbirkorning mazkur shikoyati yuzasidan mutasaddilardan javob kutadi.

    26.09.2019, 08:36   Izoh (0)   20745
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    O‘zbekistonda advokatlik guvohnomasini berish tartibi tasdiqlandi

    26.09.2019, 08:20

    Rossiya Uzoq Sharqida uch kun ichida uch o‘zbekistonlik halok bo‘ldi

    26.09.2019, 08:03

    Karmanadagi qabristonda mayitlarni musulmonchasiga dafn qilib bo‘lmayapti (video)

    26.09.2019, 07:48

    Video: Chang-to‘zon ichida qolgan Uchquduq. Sabab — portlashlarmi?

    26.09.2019, 07:27

    Video: Sergelida mebel sexi yonib ketdi

    26.09.2019, 07:06

    Qoraqalpog‘istonda yangi tashkil etilgan Bo‘zatov tumaniga IIB boshlig‘i tayinlandi

    26.09.2019, 02:33
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Mirzo Ulug‘bek tumanida joylashgan yirik ko‘chmas mulk auksionga qo‘yildi


    Ipoteka Bank OTP Group: “Quyosh” — parkentliklar uchun yangi mahalla markazi ishga tushirildi


    Mikrokreditbankda omonat karta joriy qilindi


    SQB dan “TEZKOR+” krediti —  biznesingizni rivojlantirish uchun qulay yechim 


    President Tech Award tanlovida ishtirok etish uchun arizalar qabuli uzaytirildi 


    Katta o‘zgarishlar kichik qadamlar bilan boshlanadi


    Kia Sonet va ADM Global: O‘zbekiston avtomobil klasterini mahalliylashtirilishiga qariyb 260 mln AQSH dollari miqdorida sarmoya


    “InfinBANK” AJ Toshkentda yangi Bank xizmatlari markazini ochdi  


    Qulay shartlar bilan yangi ipoteka mahsuloti va xonadon yutib olish imkoniyati


    Sun’iy intellekt bo‘yicha ikki diplomli ta’lim — UMFT & FAR EAST University hamkorligida


    “Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi” ISO 9001 va ISO 37001 xalqaro sertifikatlarini qo‘lga kiritdi 


    Osteosarkoma: tashxislash, davolash va fanlararo yondashuv


    Mobiuz — 8 milliondan ortiq abonentlar tanlovi 


    GETWORK — Yevropada ishlash orzusini amalga oshiradigan ishonchli agentlik


    Navoiy innovatsiyalar universiteti 2 milliard so‘mlik grant dasturini e’lon qildi 

     

    Tavsiya etamiz

    Kobulda transafg‘on temiryo‘li bo‘yicha uch tomonlama bitim imzolandi

    18 iyul, 09:12

    Toshkentda kichik halqa avtomobil yo‘lining bir qismi 4 kunga yopiladi

    18 iyul, 08:47

    O‘rtoqlik uchrashuvi. “Bashakshehir” Germaniya klubidan ustun keldi. Shomurodovdan assist (video)

    17 iyul, 23:16

    Matriarxat davri qaytadimi: nima uchun qiz farzand tarbiyalash trendga aylanmoqda?

    14 iyul, 13:07
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Uzoq tanaffusdan keyin ringga qaytgan Pakyao chempionlik kamariga ega chiqa olmadi

    Boks | 20 iyul, 09:45

    O‘zbekistonda soliq huquqbuzarliklari haqida xabar berganlarga qancha pul to‘langani ma’lum qilindi

    O‘zbekiston | 20 iyul, 09:30

    Xitoy dunyodagi eng yirik GESni qurishga kirishdi

    Dunyo | 20 iyul, 08:30

    AQSHda migrantlarni joylashtirish uchun chodir shaharlar quriladi

    Dunyo | 20 iyul, 08:10

    Vyetnamda sayyohlik kemasi ag‘darilishi oqibatida 34 kishi halok bo‘ldi (foto, video)

    Dunyo | 20 iyul, 00:00

    “Kiyev Moskvaga kelasi hafta muzokaralar o‘tkazishni taklif qildi” — Zelenskiy

    Dunyo | 19 iyul, 23:40

    “Ozarbayjon AZAL samolyoti halokati tufayli Rossiyaga qarshi xalqaro da’vo tayyorlamoqda” — Ilhom Aliyev

    Dunyo | 19 iyul, 23:19

    O‘zbekistonda akademik litseylarga kirish test sinovlari qachon o‘tkazilishi e’lon qilindi

    O‘zbekiston | 19 iyul, 23:00

    Xabi Alonso “Chelsi” yetakchisi Koul Palmerni “Real”ga olib kelmoqchi

    Sport | 19 iyul, 22:57
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.