O‘zbekiston Qahramoni Ozod Sharafiddinovning rafiqasi Sharofat aya Qo‘shboyeva 90 yoshida olamdan o‘tdi. Bu haqda Yozuvchilar uyushmasi matbuot xizmati “Daryo” muxbiri Feruz Muhammadga ma’lum qildi.

Foto: Yozuvchilar uyushmasi matbuot xizmati

Bugun tongda O‘zbekiston Qahramoni, zahmatkash olim, munaqqid, publitsist, tarjimon, ustoz Ozod Sharafiddinovning umr yo‘ldoshi, “O‘zbekfilm” kinostudiyasining dublyaj bo‘limida muharrir, tarjimonlik vazifalarida ishlagan inson Sharofat aya Qo‘shboyeva 90 yoshida olamdan o‘tdi.

Marhuma Toshkent viloyati, Qibray tumani, Geofizika mahallasi, Beruniy ko‘chasi, 61-xonadondan so‘nggi manzilga kuzatiladi.

Janoza bugun peshin namozidan so‘ng “Yalong‘och ota” qabristonida o‘qiladi.