• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12586.41
    • RUB160.42
    • EUR14758.82
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +22°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Olmazor “zamhokimi” baribir qonunni buzgan. Xushnud Xudoyberdiyev tushuntiradi

    25-sentabr, chorshanba kuni Bosh prokuratura Olmazor tumani hokimi o‘rinbosari Abdurasul Vahobovning jurnalistlarga tashlanishini “kasb etikasiga to‘liq mos” deb topib, unga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atishni rad etgani haqida xabar berilgan edi.

    Keyinroq huquqshunos Xushnudbek Xudoyberdiyev ushbu masalaga munosabat bildirib, “hokimlik xulosasi kulgili, prokuratura tuhmat masalasini ko‘rib chiqishi kerak”, deb yozgandi.

    Foto: “Kun.uz”

    Foto: “Kun.uz”

    Bugun huquqshunos ushbu holatda qonuniy tomondan qo‘shimcha qiladigan yana bir muhim jihat bor ekanligini yozmoqda. Quyida huquqshunosning mulohazalari to‘liqligicha e’tiboringizga havola etiladi.

    Demak, Toshkent shahar hokimligi e’lon qilgan videoda Abdurasul Vahobov aytadiki, 6 oy oldin ‘Kun.uz’ muxbiri Sobir Rahimov haykali ro‘parasidagi 1 gektar bo‘sh turgan yerning yarmiga mehmonxona qurish, yarmini sotish uchun olmoqchi ekanligini aytib, shu joyni olishda yordam bersa, tuman hokimi o‘rinbosarini ham quruq qo‘ymayman, deya juda yuqori summani va’da qilgan.

    Keling, shu joyda ‘zamhokim’ning gapiga ishonamiz. Ya’ni uning gapini haqiqat, deb qabul qilamiz.

    Endi shu joyiga savol: unda nima uchun ‘zamhokim’ ushbu korrupsiya holati haqida darrov o‘z rahbariga yoki tegishli idoralarga xabar bermadi? Axir u qonun bo‘yicha xabar berishga majbur edi-ku!

    Bilmaganlarga eslataman, “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi qonunda shunday modda bor:

    “26-modda. Davlat organlari xodimlarining korrupsiyaga oid huquqbuzarliklar faktlari to‘g‘risida xabar qilish majburiyati

    Davlat organlarining xodimlari ularni korrupsiyaga oid huquqbuzarliklar sodir etishga ko‘ndirish maqsadida biror-bir shaxs o‘zlariga murojaat etganligiga doir barcha hollar to‘g‘risida, shuningdek, davlat organlarining boshqa xodimlari tomonidan sodir etilgan shunga o‘xshash huquqbuzarliklarning o‘zlariga ma’lum bo‘lib qolgan har qanday faktlari haqida o‘z rahbarini yoxud huquqni muhofaza qiluvchi organlarni xabardor etishi shart.

    Ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan majburiyatning davlat organlarining xodimlari tomonidan bajarilmaganligi qonun hujjatlariga muvofiq javobgarlikka sabab bo‘ladi”.

    Bu qonun! Demak, nafaqat ro‘y bergan korrupsiya holatini, balki pora berish haqidagi har qanday taklifni yashirgan har bir davlat organlari xodimi ushbu qonunni buzgan hisoblanadi. Va bu javobgarlikka sabab bo‘lishi belgilangan.

    Xuddi shunday qoida Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 2-martdagi 62-son qarori bilan tasdiqlangan davlat organlari xodimlarining odob-ahloq qoidasi 9-bandida ham bor.

    Agar intervyuda aytilgan gaplar rost bo‘lsa, unda Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha respublika idoralararo komissiyasi zudlikda tuman hokimi o‘rinbosari Abdurasul Vahobov masalasi bilan shug‘ullanishi kerak.

    Nima uchun juda katta summadagi pora haqida berilgan taklifni berkitdi? Nima uchun 6 oy davomida bu haqda hech kimga xabar bermadi? Bundan uning nima manfaati bor edi? Axir respublikada korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha ayovsiz jang ketayotgan bir paytda, uning bunday qonunga qarshi harakatini qanday tushunish mumkin?

    Yoki intervyudagi gaplar yolg‘onmidi? Aslida bunaqa voqea bo‘lmaganmidi? A, labbay?

    Olmazor tumani hokimi o‘rinbosari bo‘yicha qonun nuqtai nazaridan ikkita xulosa bor:

    Birinchisi, uning intervyuda aytgan gaplari rost. Demak, u “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi qonunning 26-moddasini buzgan holda, katta miqdorda pora berishga oid taklifni 6 oy barchadan yashirib yurgan.

    Ikkinchisi, uning intervyuda aytgan gaplari yolg‘on. Demak, u jurnalistni og‘ir jinoyat sodir etishda ayblab, tuhmat qilgan va qonunni buzgan.

    Unisida ham, bunisida ham qonunbuzilish holati bor, menimcha.

    Bu ikki variantdan qaysi biri haqiqatligini belgilash esa mening vakolatimga kirmaydi. Bunisini tegishli idoralar hal qiladi. Men shunchaki huquqiy tomondan izohladim xolos, deb yozadi huquqshunos.

    26.09.2019, 20:59   Izoh (0)   28686
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Samarqanddagi mebel ishlab chiqarish sexida yong‘in sodir bo‘ldi

    26.09.2019, 20:43

    Afg‘oniston AQSh va Markaziy Osiyo o‘rtasidagi savdo kelishuvi a’zosiga aylanadi. O‘zbekiston buni qo‘llab-quvvatladi

    26.09.2019, 20:28

    O‘zbekistonda barcha daraxtlarni kesishga moratoriy joriy etilishi mumkin

    26.09.2019, 20:15

    AQSh Oliy Majlis tomonidan din to‘g‘risidagi qonunning yangi tahriri ko‘rib chiqilayotganini olqishladi

    26.09.2019, 19:59

    Orolbo‘yida qishloq rivojlanishiga ko‘maklashish loyihasi ishga tushirildi

    26.09.2019, 19:44

    “Sud qarorini olqishlaymiz”. O‘zbekiston Ombudsmani Andrey Kubatin ishi bo‘yicha bayonot berdi

    26.09.2019, 19:13
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Savdo, fintex va “yashil” loyihalar: Octobank Xitoy bilan hamkorlikni qanday yo‘lga qo‘ymoqda


    Toshkent va Bangkok o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri aviaqatnov: Centrum Air yangi xalqaro yo‘nalishni ishga tushiradi 


     Navoiy innovatsiyalar universiteti: zamonaviy bilim sari ishonchli qadam 


    American University of Technology (AUT) 28-iyun - Ochiq eshiklar kuniga taklif etadi


    Yoz osmonning o‘zidayoq boshlanadi: Silk Avia Toshkentdan Issiqko‘lga kunlik aviaqatnovlarni yo‘lga qo‘ymoqda


    “Wyndham Garden Charvak” kurort majmuasi qurilishi qanday kechayotganini ko‘rsatdi


    Qashqadaryoning Chimyoni – Miraki haqida siz bilmagan faktlar


    “S&P” O‘zbekiston Milliy Bankining rеyting prognozini “ijobiy”ga ko‘tardi 


    Oqtepa Lavash “Kalmar o‘yini” asosida Dalgona Boksini chiqardi


    “Kia Go!”: Kia Sonet egalarining uchrashuvi – yil davomida birga


    Market Yandex Go Samarqandda ishga tushdi


    BYD Astana Motors rasmiy dilerlik tarmog‘i Toshkentdagi barcha beshta dilerlik markazida "Best Buy Day" tadbirini o‘tkazadi


    Qayerga investitsiya kiritish mumkin? Qanday aktiv turlari mavjud? 


    BI Group va Asakabank O‘zbekistonda tijorat ko‘chmas mulki uchun biznes ipotekasini ishga tushirdi


    Toshkentda Sting brendi homiyligida "Formula-1" filmining premyerasi bo‘lib o‘tdi

     

    Tavsiya etamiz

    NATO tarixi – dunyodagi eng qudratli harbiy tashkilotning obro‘si pasaymoqdami?

    26 iyun, 20:31
    Audio Icon

    Joy hammaga yetardi: Jeyms Kemeronga ko‘ra, “Titanik” yo‘lovchilarining omon qolish imkoniyati bo‘lgan

    25 iyun, 23:50

    “Trampning Titanigi to‘xtaydi” — Eron elchisi

    25 iyun, 13:39

    AQSHning Yaqin Sharqdagi harbiy bazalari soni nechta va qayerda joylashgan?

    24 iyun, 19:05
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Tramp Xomanaiyni sharmandali o‘limdan qutqarganini aytdi

    Dunyo | 27 iyun, 23:20

    “Daryo” dayjesti: 27-iyunning eng muhim xabarlari

    O‘zbekiston | 27 iyun, 23:05

    “Paxtakor” metro bekatida 3 yoshli qizaloqning oyog‘i vagon eshigiga qisilib qoldi

    O‘zbekiston | 27 iyun, 22:46

    Sherzod Asadov “Oltin qalam” g‘oliblarini taqdirlash marosimida prezidentning OAV xodimlariga yo‘llagan tabrigini o‘qib eshittirdi

    O‘zbekiston | 27 iyun, 22:25

    Superliga. Qo‘qondagi gollar shousida “Dinamo” “Qo‘qon-1912”ni mag‘lubiyatga uchratdi

    Sport | 27 iyun, 22:09

    Toshkent viloyatida 1,9 mlrd so‘mlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalangan tadbirkorlar aniqlandi

    O‘zbekiston | 27 iyun, 21:40

    Shavkat Mirziyoyevning Belarusga amaliy tashrifi yakunlandi

    O‘zbekiston | 27 iyun, 21:10

    Toshkentda onlayn narkodo‘konning 5 nafar aʼzosi qo‘lga olindi (video)

    O‘zbekiston | 27 iyun, 20:55

    O‘zbekistonda qamoqqa olinganlarni qiynoqqa solish hollarining oldini oluvchi qonun imzolandi

    O‘zbekiston | 27 iyun, 20:40
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.