Hukumat qarori bilan Baholovchilarga toifalar berish bo‘yicha davlat xizmatlarini ko‘rsatishning ma’muriy reglamenti tasdiqlandi. Bu haqda “Huquqiy axborot” kanali xabar berdi.
O‘zbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi baholash faoliyatini tartibga soluvchi vakolatli organ etib belgilandi.
Qarorga ko‘ra, sertifikatlangan baholovchilarga quyidagi toifalar beriladi:
- ikkinchi toifali baholovchi;
- irinchi toifali baholovchi;
- oliy toifali baholovchi.
Ushbu murojaat komissiya tomonidan ko‘rib chiqiladi va toifa berish yoki berishni rad etish haqida qaror qabul qilinadi.
Izoh (0)