Gaiti bosh vaziri Frits Uilyam Mishel nomzodiga ovoz berish marosimida sodir bo‘lgan otishma oqibatida ikki kishi jarohat oldi. Otishmani senatorlardan biri — Jan-Mari Ralf Fetye amalga oshirdi, deb xabar beradi “Kommersant”.
HaitiLibre nashrining yozishicha, jarohat olganlardan biri Associated Press agentligining fotomuxbiri. U hozirda shifoxonada. Jarohat olganlarning ikkinchisi — Senat apparati xodimi.
Fetye o‘zining ushbu harakatini parlament binosiga kirishga uringan jinoyatchilardan himoyalanish maqsadida amalga oshirganini ma’lum qildi.
“Men o‘zimni himoya qildim. Himoya — bu muqaddas huquq”, — deya ta’kidlagan senator.
Izoh (0)