O‘zbekiston Vazirlar Mahkamasi 21-sentabr kuni arxeologik tadqiqotlarni tubdan takomillashtirish to‘g‘risidagi qarorni qabul qildi, deya xabar bermoqda Adliya vazirligining “Huquqiy axborot” Telegram-kanali.
Hukumatning ushbu qarori bilan Fanlar akademiyasi tizimida davlat muassasasi shaklidagi Milliy arxeologiya markazi va Arxeologik tadqiqotlar instituti negizida Yahyo G‘ulomov nomidagi Samarqand arxeologiya instituti tashkil etildi.
Markazning asosiy vazifalaridan biri arxeologik tadqiqotlarni ilmiy-uslubiy jihatdan yo‘naltirish va arxeologik izlanishlarda zamonaviy tadqiqot uslublarini keng qo‘llashdan iborat.
Izoh (0)