Shavkat Mirziyoyev farmoni bilan Hisob palatasi raisining birinchi o‘rinbosari lavozimiga Mehriddin Abdullayev tayinlandi. Bu haqda Hisob palatasi matbuot xizmati xabar berdi.
Mehriddin Abdullayev 1969-yil Buxoro viloyati, Jondor tumanida tug‘ilgan, ma’lumoti oliy. 1993-yilda Toshkent Davlat iqtisodiyot universitetini, 2005-yilda Toshkent davlat yuridik institutini tamomlagan. Iqtisodchi, huquqshunos. Tayinlovga qadar Hisob palatasi raisi o‘rinbosari lavozimida ishlab kelgan.
Shuningdek, Bahodir Turobov prezident farmoni bilan Mehriddin Abdullayev o‘rniga Hisob palatasi raisining o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.
Bahodir Turobov 1972-yil Surxondaryo viloyatida tug‘ilgan. 1994-yili Toshkent moliya institutini iqtisodchi mutaxassisligi, 2000-yili Bank-moliya akademiyasini moliya mutaxassisligi bo‘yicha tamomlagan. Iqtisod fanlari nomzodi. Tayinlovga qadar Bahodir Turobov Davlat soliq qo‘mitasi raisi o‘rinbosari lavozimda ishlab kelgan.
Izoh (0)