• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12502.99
    • RUB155.94
    • EUR14484.71
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +38°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Ilm-fan

    Dinozavrlarning so‘nggi kuni. U qanday bo‘lgan?

    Bundan 66 million yil muqaddam Yerda umrguzaronlik qilib kelgan dinozavrlar uchun oxirzamon kuni bo‘lgan edi. O‘shanda taxminan 81 kilometr o‘lchamga ega ulkan asteroid hozirgi Meksika ko‘rfazi hududiga zarb bilan kelib urilgan va tarixda mislsiz ulkan global fojiani keltirib chiqargan. Oqibatda o‘sha paytda Yerda mavjud bo‘lgan tirik mavjudotlarning kamida 75 foiz qismi qirilib bitgan.

    Foto: FunScience

    Foto: FunScience

    O‘sha dahshatli kunda voqealar qanday rivojlanganini Texas universiteti geofizik olimlari tomonidan tartiblab chiqilgan. Buning uchun ular o‘sha asteroid kelib urilgan joy – Meksika ko‘rfazidagi Chiksulub krateriga sho‘ng‘ib, 500 metrdan 1 300 metrgacha bo‘lgan tubliklardan turli jinslardan namunalar olib chiqdi. Bular orasida asteroid zarb bilan kelib urilishi tufayli qattiq qizib erib ketgan toshlar, ko‘mirga aylangan qoldiqlar hamda sezilarli miqdordagi oltingugurt aniqlangan. Bular esa mazkur joyga haqiqatan ham qandaydir o‘ta yirik jism katta zarba bilan kelib urilganiga dalolatdir.

    Asteroid urilishi tufayli balandligi bir necha yuz metrga yetadigan ulkan sunami hosil bo‘lgan. Dastlabki bir necha daqiqa va soatlar mobaynida zarba krateri atrofidagi 130 metrgacha bo‘lgan masofadagi tuproq qatlami ko‘chib, krater hosil qilgan chuqurlikka o‘pirila boshlagan.

    Avvaliga zarba tufayli qattiq qizigan yer biydek cho‘lga aylangan. Keyin esa atigi bir necha oy ichida butun sayyora keskin sovib ketgan. Ushbu o‘ta past harorat tufayli, hozirda fanda bo‘r davri paleogen ommaviy qirilishi deb yuritiladigan hodisa – tirik mavjudotlarning ommaviy yo‘q bo‘lib ketishi sodir bo‘lgan. Qanotli, ya’ni ucha oladigan dinozavrlarning barchasi o‘shanda qirilib bitgan.

    Geologlar ko‘rfaz tubidan olib chiqqan erigan toshlarga qarab xulosa qilishiga ko‘ra, asteroidning kelib urilish zarbi 10 milliard dona atom bombasi portlagandagi kuch bilan teng bo‘lgan. Atrofdagi minglab kilometr masofadagi o‘rmon yonib kulga aylangan. Sunami to‘lqinlari esa 2 ming kilometr radiusdagi yerlargacha borib, katta toshqin hosil qilgan. Sunami to‘lqini orqaga qaytishida esa yo‘lida uchragan hamma narsani, jumladan, minglab metr-kub tuproqni oqizib ketgan. Bunga dalil sifatida olimlar zamonaviy Illinoys shtati hududida uchraydigan tuproq zambrug‘larining qoldiqlari Meksika ko‘rfazi tubida ham aniqlanganini ko‘rsatmoqda. Shuningdek, pistako‘mirga aylangan daraxt qoldiqlari ham krater tubidan olib chiqilgan namunalar tarkibidan topilgan.

    Ro‘y bergan ushbu ofatlarning o‘zi butun G‘arbiy yarimshar ekosistemasini izdan chiqarish uchun yetarli edi. Biroq bu hali hammasi emas ekan. Sayyoradagi tirik mavjudotlar uchun eng yomoni hali oldinda bo‘lgan. Aslida o‘shanda jonzotlarning ommaviy qirilishga eng asosiy sababchi bo‘lgan narsani olimlar ko‘rfazdan olib chiqilgan namunalardan topa olmadi. Qizig‘i shundaki, izlangan narsani aynan topa olishmagani bu boradagi eng katta dalil bo‘lib xizmat qilgan. Gap tarkibida oltingugurt tutadigan minerallar haqida bormoqda. Asteroid zarb bilan kelib urilgach, bunday minerallar kuchli qizigan va katta harorat tufayli ularning ichidagi oltingugurt bug‘lanib ketgan. Natijada juda ko‘p miqdordagi oltingugurt sulfat-aerozollari atmosferaga sochilib chiqib ketgan. Birinchidan, buning o‘zi havoni nafas olish uchun yaroqsiz qilib qo‘ygan, eng yomoni esa, quyuq oltingugurt moddasi butun atmosferani qoplab olib, Yer yuzini Quyoshdan to‘sib qo‘ygan. Oqibatda yetarlicha harorat ola olmayotgan sayyora sathi keskin sovib ketgan.

    Ekspertlarning hisoblashicha, o‘shanda atmosferaga 325 milliard tonna oltingugurt tarqalgan. Bu 1883-yilda otilgan Krakatau vulqonidan atmosferaga sochilgan oltingugurt miqdoridan to‘rt barobar katta raqamdir. Eslatib o‘tamiz, Krakatauning 1883-yilgi otilishidan Yer sayyorasi yaqin besh yilgacha jiddiy sovib ketgan edi (1890-yillardagina harorat odatiy me’yoriga qayta boshlagan).

    Olimlarning xulosa qilishicha, o‘sha 66 million yil muqaddam sodir bo‘lgan kosmik masshtabli ofatdan keyin dinozavrlarning butunlay yo‘q bo‘lib ketishiga eng asosiy sababchi aynan atmosferaga bug‘lanib ketgan oltingugurt bo‘lgan ekan. Ehtimol, to‘qnashuv sayyoramizda vulqonlar faolligini yanada oshirib yuborgan va buning natijasida oltingugurtning havoga tarqalishi yanada kuchaygan bo‘lsa kerak.

    23.09.2019, 10:47   Izoh (0)   97861
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    O‘zbekistonda yuqori sinf o‘quvchilarining ta’lim dasturini ixtiyoriy tanlashiga ruxsat berilishi mumkin

    20.09.2019, 15:25

    O‘zbekiston OTMlariga 1000 ta eng yaxshi universitet reytingidan joy topilmadi

    19.09.2019, 20:43

    O‘rta Osiyoning o‘n ming yillik tarixiga oid yangi faktlar aniqlandi. Kashfiyotga o‘zbek olimlari ham hissa qo‘shdi

    10.09.2019, 18:45

    Odam immun tanqisligi virusidan (OIV) himoyalanishning yangi usuli topildi

    09.09.2019, 10:12

    Rossiyalik biolog genomni tahrirlash tajribasida ishtirok etadigan ko‘ngillilarni topdi

    06.09.2019, 09:28

    Olimlar qadimgi odamning yuz ko‘rinishini tikladi

    29.08.2019, 10:50
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Aqlli diversifikatsiya: nima uchun kerak va kapitalni qanday taqsimlash lozim?


    BYD rasmiy dileri Beni Motors Samarqandda BYD Sealion 7 flagman krossoverini taqdim qildi


    BI Group biznes-toifa xonadon yutuqli o‘yini:Toshkentdagi mavsumning asosiy tadbiri qanday o‘tdi


    STEM va biznes yo‘nalishidagi qizlar uchun TBC Bank’dan ta’lim grantlari — O‘zbekistonda gender tafovutini kamaytirish yo‘lida yangi qadam


    Ellipse International School – farzandingiz kelajagi boshlanadigan joy!


    Avgust sovg‘alari: Centrum Air 155 ta aviachiptani tortiq qiladi!


    Oliy ta’lim yetakchilari Toshkentda birinchi QS Eurasia Forum’da birlashadi


    30-iyul kuni Toshkentda BYD innovatsion mobil moduli o‘z faoliyatini boshladi


    AVO bank aloqa markazi: innovatsiyalar va yangi xizmat darajasi 


    Chery O‘zbekistonda sotuvlar bo‘yicha mutlaq rekord o‘rnatmoqda


    BYD SEALION 7: Flagman elektr SUV — shahar ko‘chalarida yangi yetakchi 


    “Yandex Uzbekistan” informatika o‘qituvchilari uchun ta’limda sun’iy intellekt etikasiga oid intensiv kurslar tashkil etdi


    Toshkent Farmatsevtika Instituti — Farmatsiya sohasida xalqaro darajadagi sifatli ta’lim


    ZARMED Universiteti: 200 ta grant sizni kutmoqda


    Hayot Bank “Yashil yurak” nomli keng ko‘lamli ekologik tashabbusni e’lon qildi. Avgust oyidan boshlab O‘zbekiston bo‘ylab Hayot Bankning har bir yangi omonatchisi uchun bitta daraxt ekiladi

     

    Tavsiya etamiz

    Nega atom bombasi portlaganidan keyin yerda insonlar izi qolib ketgan? Olimlar izohi

    7 avgust, 15:57

    O‘zbekistonda “tonirovka” uchun yozda arzonlashtirilgan narx joriy etilishi mumkin

    7 avgust, 15:45

    Pora, neft va terrorchilik: nega Qatar amiri shov-shuvlar markazidan tushmayapti?

    5 avgust, 11:20

    Trampning Falastinga nisbatan noxolis siyosati: AQSH YUNESKO a’zoligidan nega chiqyapti?

    2 avgust, 18:35
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Isroil Misrga 35 milliard dollarlik tabiiy gaz sotadi

    Dunyo | 7 avgust, 16:22

    “Yandex Uzbekistan” informatika o‘qituvchilari uchun ta’limda sun’iy intellekt etikasiga oid intensiv kurslar tashkil etdi

    Reklama | 7 avgust, 15:00

    O‘zbekistonda dollar kursi uch kunlik pastlashdan so‘ng ko‘tarildi

    O‘zbekiston | 7 avgust, 16:18

    “Liverpul” “PSJ” futbolchisi uchun 100 mln yevro to‘lashga tayyor

    Sport | 7 avgust, 16:07

    Fransiya memorial yodgorlik yonida sigaret tutatgan erkakning fuqaroligini bekor qildi

    Dunyo | 7 avgust, 16:05

    Nega atom bombasi portlaganidan keyin yerda insonlar izi qolib ketgan? Olimlar izohi

    Layfstayl | 7 avgust, 15:57

    O‘zbekistonda “tonirovka” uchun yozda arzonlashtirilgan narx joriy etilishi mumkin

    O‘zbekiston | 7 avgust, 15:45

    O‘zbekistonda yil boshidan buyon 1,8 ming haydovchi 100 mln so‘mdan ortiq daromad oldi

    O‘zbekiston | 7 avgust, 15:13

    Xitoy chivinlar tarqatayotgan virusga qarshi dronlarni ishga soldi

    Dunyo | 7 avgust, 14:45
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.