Toshkentning Uchtepa tumanidagi Lutfiy ko‘chasida 22-sentabr, yakshanba kuni erta tongdan “Avtomobilsiz kun” doirasida piyoda sayrlar boshlandi. “Daryo” muxbiri tadbirlar joyida bo‘lib, fotolavhalar tayyorladi.

Foto: Madina Nurman / “Daryo”

“Avtomobilsiz kun” — Toshkentda ilk bor qatnashayotgan Yevropa mobil (harakatlanish) haftaligi doirasida tashkil etilgan tadbirlardan biridir. Bir necha avval aynan shu haftalik doirasida Bepul metro kuni o‘tkazilgan edi.

Avval ma’lum qilingdanidek, Uchtepa tumanida soat 9:00 dan 23:00 gacha Lutfiy (Farhod ko‘chasidan Shirin ko‘chasiga qadar) va Shirin (Lutfiy ko‘chasidan Katta Xirmontepa ko‘chasiga qadar) ko‘chalarining bir qismi shaxsiy avtotransport vositalari uchun (avtobuslar uchun emas) yopilgan.

Foto: Madina Nurman / “Daryo”

Ayni damda “Lutfiy” saylgohida professional velosipedchilarning, ko‘zboylog’ichlarning chiqishlari, animatorlarning tomoshalarini ko‘rish mumkin. Ko‘ngilochar dasturdan, shuningdek, velosipedlarni ta’mirlash bo‘yicha mahorat mashg’ulotlari, asfaltga rasm chizish tanlovi, raqs fleshmoblari ham kun davomida o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

Avtomobilsiz kun tadbiri bugun “Seul” parkida soat 18:00 dan 20:00 gacha bo‘lib o‘tadigan bayramona konsert bilan yakunlanadi.

Foto: Madina Nurman / “Daryo”

Foto: Madina Nurman / “Daryo”

Foto: Madina Nurman / “Daryo”

Foto: Madina Nurman / “Daryo”

Foto: Madina Nurman / “Daryo”

Foto: Madina Nurman / “Daryo”

Foto: Madina Nurman / “Daryo”

Foto: Madina Nurman / “Daryo”

Foto: Madina Nurman / “Daryo”

Foto: Madina Nurman / “Daryo”

Foto: Madina Nurman / “Daryo”

Foto: Madina Nurman / “Daryo”

Foto: Madina Nurman / “Daryo”

Foto: Madina Nurman / “Daryo”

Foto: Madina Nurman / “Daryo”

Foto: Madina Nurman / “Daryo”

Foto: Madina Nurman / “Daryo”

Foto: Madina Nurman / “Daryo”

Foto: Madina Nurman / “Daryo”

Foto: Madina Nurman / “Daryo”

Foto: Madina Nurman / “Daryo”

Foto: Madina Nurman / “Daryo”